O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida imzolangan hujjatlar orasida «yashil» taraqqiyot sohasida sarmoyaviy hamkorlik, foydali qazilmalarni o‘zlashtirish va korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum ham bor. Savdo va sarmoyaviy bitimlar hajmi $15 mlrdni tashkil etadi.
Samarqandda XXR raisini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar chog‘ida davlatlar rahbarlari o‘zaro hamkorlik hamda Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashdi. Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi. O‘zbekiston yetakchisi javob tashrifi bilan Xitoyga taklif qilindi.
O‘zbekiston Xitoy bilan telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha 506,8 mln dollarlik loyihalarni amalga oshirish borasida kelishuvga erishdi.
O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan Samarqandda o‘tkaziladigan SHHT sammiti kun tartibini, shuningdek, kambag‘allikka qarshi kurashish, innovatsiyalar, muqobil energetika, bulutli texnologiyalar va IT sohasida Xitoy bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
Qozog‘iston Rossiya bilan munosabatlarini qayta ko‘rib chiqishga qaror qildi hamda AQSh, Turkiya va Xitoy timsolida ittifoqchi qidira boshladi, deb yozadi WSJ. Mamlakat savdo yo‘llarini diversifikatsiya qilishga tushdi, mudofaa budjetini oshirdi va Turkiya bilan jangovar dronlarni ishlab chiqarishga kelishib oldi.
2022-yilda Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan yozgi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari yana bir yilga qoldirildi.
Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Chjao Litszyan Nukus voqealariga munosabat bildirib, «O‘zbekiston tinchlik va birlikni saqlab qolishga qodirligiga» ishonishini ma’lum qildi. Turkiya TIV rahbari esa xavfsizlik va jamoat osoyishtaligini ta’minlashdagi chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston Xitoyga 132,8 mln dollarlik tabiiy gaz yetkazib berdi. Natijada mamlakat Xitoyning gaz importyorlari orasida kuchli beshlikka kirdi. Avvalroq, rasmiylar yoqilg‘i eksportin ichki bozor va qayta ishlash foydasiga qisqartirilishi haqida ma’lum qilgan edi.
O‘zbekiston Xitoydan mamlakatda qo‘shma ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish uchun 37,5 mln dollar beg‘araz moliyaviy yordam oladi.
Xitoyning Toshkentdagi elchisi Szyan Yan Xitoy kreditlari mamlakatlarni «qarz tuzog‘iga» tushishiga sabab bo‘layotgani haqidagi xabarlarni asossiz deb atadi. «G‘arb banklari yoki xalqaro moliya muassasalari qarz bersa — pishloq, Xitoy qarz yoki kredit bersa — tuzoq. Odamlar ba’zida farqiga bormaydilar», — dedi u.
Bortida 132 kishi bo‘lgan Boeing-737−800 Xitoy janubida qulab tushdi. Qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.
2018-yildan boshlab so‘mning real almashuv kursi asosiy savdo hamkorlari valyutalariga nisbatan o‘rtacha 31,5 foizga mustahkamlandi. Ushbu holat tashqi va ichki bozorlarda raqobatbardoshlikning pasayishiga hamda ko‘pincha savdo balansining manfiy saldosi oshishiga olib keladi, deyiladi Moliya vazirligi hisobotida. Rubl kursi so‘mning real kursiga nisbatan qadrsizlanishi natijasida Rossiya bilan savdoning manfiy saldosi 2,4 barobarga oshib, 3,4 mlrd dollarni tashkil etdi.
Putin va Makron Kremlda muzokaralarni boshlagani, Ukrainaning G‘arbdan 1,5 mlrd dollar yordam olayotgani, Ottavada namoyishlar tufayli favqulodda holat e’lon qilingani, Xitoyning Bayse shahrida COVID-19 tufayli lokdaun joriy qilingani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz» ning jahon yangiliklari dayjestida.
Hafta yakunida Shavkat Mirziyoyev XXR raisi Si Szinpinning taklifiga binoan Pekin shahridagi qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Xitoyga boradi.
O‘zbekiston prezidenti Markaziy Osiyo va Xitoy davlat rahbarlari ishtirokidagi videoanjumanda ishtirok etdi. Shavkat Mirziyoyev tadbirda yangi iqtisodiy muloqot strategiyasini ishlab chiqishni, «Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston» temir yo‘lini qurishni joriy yildanoq boshlash g‘oyasini ilgari surdi. Davlat rahbari 2023 yilni «Markaziy Osiyo va Xitoy xalqlari madaniyati va san’ati yili» deb e’lon qilishni taklif qildi.
Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmining 2021 yilda 146,8 mlrd dollargacha o‘sgani, Yevroparlamentning Ukraina bo‘yicha favqulodda yig‘ilish o‘tkazishi, Yaponiya sobiq bosh vaziri Tosiki Kayfuning vafot etgani, BMTning 11 milliondan ortiq afg‘on xotin-qizlari insonparvarlik yordamiga muhtoj ekanini bildirgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Yevropa Ittifoqi yetakchilarining Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirishga qaror qilgani, Yaponiyadagi kasalxonada chiqqan yong‘inda 24 kishining halok bo‘lgani, Xitoy AQShni savdo qoidalarini buzganlikda ayblagani, Janubiy Koreya koronavirus tufayli cheklovlarini kuchaytirishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Yanvar-oktabr oylarida qiymati 12 mln dollariga teng bo‘lgan jami 613 dona elektromobil import qilingan. Ushbu turdagi avtomobillar asosan Xitoydan (551 ta) olib kelingan.
O‘zbekiston yanvar-oktabr oylarida Xitoyga umumiy qiymati 601,3 mln dollarga teng 2,6 mln tonna gaz eksport qilgan. Bu O‘zbekiston 10 oy davomida eksport qilgan jami gaz narxi bilan deyarli teng.
O‘zbekiston prezidenti va XXR raisi Si Szinpin telefon orqali muloqotda Afg‘onistondagi vaziyat, vaksina ishlab chiqarish bo‘yicha mintaqaviy markaz qurish va boshqa masalalarni muhokama qildi. Shavkat Mirziyoyev koronavirusning kelib chiqishi haqidagi masalani siyosiylashtirishga qarshi chiqdi, deya xabar qildi «Sinxua».
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting