«urganch» tegli maqolalar


Xorazmda 3,3 mlrd so‘mlik gazni yashirin ravishda o‘g‘irlagan fermer xo‘jaligi aniqlandi
Kecha, 12:06

Xorazmda 3,3 mlrd so‘mlik gazni yashirin ravishda o‘g‘irlagan fermer xo‘jaligi aniqlandi

Urganch tumanida gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 3,3 mlrd so‘mlik 2 mln 249 ming metr kub gazni yashirin ravishda o‘g‘irlagan parrandachilik fermasi aniqlandi.

Urganchdan 11 ta mahalliy va xorijiy shaharlarga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
1 mart 2024, 14:41

Urganchdan 11 ta mahalliy va xorijiy shaharlarga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Shavkat Mirziyoyev Urganchdan Termiz, vodiy viloyatlari, Samarqand, Buxoro hamda Sankt-Peterburg, Madrid, Frankfurt, Pekin va Urumchiga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi. Shuningdek, Urganchdan Xiva va Xonqaga elektrobus qatnovi tashkil etiladi.

Xorazmda ota 14 yoshli o‘g‘lini ayovsiz kaltakladi
9 yanvar 2024, 11:17

Xorazmda ota 14 yoshli o‘g‘lini ayovsiz kaltakladi

Ijtimoiy tarmoqlarda otasi urgan bolaning yuzi va boshida ko‘karish hamda chandiqlar borligi aks etgan video tarqaldi. IIV voqea Urganch shahrida bo‘lganini va holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruvlar boshlanganini ma’lum qildi.

“Go‘yo shaharni bulut qoplagandek”. Urganchdagi tuman — Azamat Matkarimov obyektivida
5 dekabr 2023, 10:22

“Go‘yo shaharni bulut qoplagandek”. Urganchdagi tuman — Azamat Matkarimov obyektivida

4-dekabr kuni ertalab Urganchni qalin tuman qopladi. Bunday ob-havo tufayli ikkita aviareys kechiktirildi. Soat 10 ga kelib, tuman tarqadi. Fotograf Azamat Matkarimov tongda tumanli shaharni aylandi.

Xorazmda aholi voyaga yetmagan qizga tegajog‘lik qilishda gumonlangan erkakni ushladi
15 avgust 2023, 14:52

Xorazmda aholi voyaga yetmagan qizga tegajog‘lik qilishda gumonlangan erkakni ushladi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh aholi noma’lum shaxsni voyaga yetmagan qizga tegajog‘lik qilish va uni o‘g‘irlashda uringanlikda ayblayotgan video tarqaldi. Xorazm viloyati IIB xabariga ko‘ra, gumonlanuvchi 43 yoshli erkak bo‘lib, u ruhiy-asab kasalliklar dispanserida ro‘yxatga olingan.

Urganch shahri IIO FMB boshligʻi YTH oqibatida vafot etdi
7 avgust 2023, 15:08

Urganch shahri IIO FMB boshligʻi YTH oqibatida vafot etdi

Urganch shahri IIO FMB boshligʻi YTH oqibatida vafot etdi. Mashina yoʻlning qatnov qismidan chiqib ketib, beton ustunga urilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Termiz hamda Urganch davlat pedagogika institutlariga rektorlar tayinlandi
2 avgust 2023, 16:34

Termiz hamda Urganch davlat pedagogika institutlariga rektorlar tayinlandi

Hukumat qarori bilan Termiz davlat pedagogika institutiga Azizbek Xasanov rektor bo‘ldi. Urganch davlat pedagogika institutini esa Feruza Madraximova boshqaradi.

Urganch shahrining sobiq hokimi 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
6 iyul 2023, 09:49

Urganch shahrining sobiq hokimi 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Urganch shahrining sobiq hokimi Shuhrat Abdullayev mansab soxtakorligi va yer berish tartibini buzish bilan aybdor deb topilib, 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Xorazmda kuchli shamol kuzatildi
14 aprel 2023, 08:12

Xorazmda kuchli shamol kuzatildi

Xorazm viloyatining Urganch shahri va tumanlarida erta tongda chang aralash kuchli shamol kuzatildi. Ayrim tumanlarning elektr ta’minotida uzilishlar yuzaga keldi.

YUNISEF vakolatxonasi rahbari bolalarni jinsiy zo‘ravonlikdan himoya qilish uchun choralarni kuchaytirishga chaqirdi
2 aprel 2023, 15:52

YUNISEF vakolatxonasi rahbari bolalarni jinsiy zo‘ravonlikdan himoya qilish uchun choralarni kuchaytirishga chaqirdi

YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade Xorazmdagi mehribonlik uyi qizlarining jinsiy ekspluatatsiya qilingani haqidagi xabarlardan xavotirini bildirdi. U bolalarni jinsiy zo‘ravonlikdan himoyalash va muqobil parvarish standartlarini yaxshilash uchun harakat qilishga chaqirdi.

Toshkent-Termiz va Toshkent-Urganch yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
18 yanvar 2023, 11:54

Toshkent-Termiz va Toshkent-Urganch yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Qishki ta’til kunlari uzaytirilishi munosabati bilan Toshkent-Termiz va Toshkent-Urgancha yo‘nalishida 21−22 yanvar kunlari qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.

DXX Urganch tumani hokim o‘rinbosari va «Chorvanasl» markazining mutaxassisini hibsga oldi
25 oktabr 2022, 17:41

DXX Urganch tumani hokim o‘rinbosari va «Chorvanasl» markazining mutaxassisini hibsga oldi

Urganchda «Chorvanasl» markazi mutaxassisi fuqaroning 50 gektar yerini yangi fermer xo‘jaligi tarkibida qayta rasmiylashtirib berish evaziga $60 ming olganida ushlandi. Voqeaga aloqador tuman hokimi o‘rinbosari ham $43 ming pora bilan qo‘lga olindi. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Foto: Prezident Urganchda Jaloliddin Manguberdining yangi haykalini ochib berdi
29 avgust 2022, 15:39

Foto: Prezident Urganchda Jaloliddin Manguberdining yangi haykalini ochib berdi

Urganchda Jaloliddin Manguberdi yodgorlik majmuasi ochildi. 25 mertrlik haykalda sarkarda «tulpor jilovini mahkam tutib, yurt himoyasiga otlanib turgani tasvirlangan». Uning oldida Qur’oni karim oyatlari, sarkardaning shajarasi yozilgan, og‘irligi 32 kg, balandligi 30 sm bo‘lgan bitiktosh nusxasi o‘rnatilgan.

Samarqandda «Muzeylar kvadrati» tashkil etiladi
14 iyul 2022, 11:31

Samarqandda «Muzeylar kvadrati» tashkil etiladi

O‘zbekistonda 9 ta yangi muzey tashkil etiladi, ulardan 7 tasi Samarqanddagi «Muzeylar kvadrati»da joylashadi. Qo‘qonda Zamonaviy san’at muzeyi, Urganchda Lazgi muzeyi tashkil etiladi.

Urganchda haydovchi odamlar ko‘z o‘ngida o‘ldirib ketildi
8 iyun 2022, 11:13

Urganchda haydovchi odamlar ko‘z o‘ngida o‘ldirib ketildi

Urganchda kunduzi gavjum ko‘chada avtomobil haydovchisi shafqatsizlarcha o‘ldirib ketildi. Bir kishi qasddan odam o‘ldirishda, yana biri bezorilikda ayblanib hibsga olindi, bezorilikda ayblangan yana olti nafar shaxs tilxat asosida ozod qilindi.

Urganchda reklama monitorida pornografik mazmundagi videolavha namoyish etildi
1 aprel 2022, 11:15

Urganchda reklama monitorida pornografik mazmundagi videolavha namoyish etildi

Urganchda chorrahaga o‘rnatilgan reklama monitorida pornografik mazmundagi videolavha namoyish qilindi. Dastlabki tezkor-surishtiruv ishlarida uni monitorga egalik qiluvchi xususiy firma ishchisi «ehtiyotsizlik oqibatida» monitor xotirasiga yuklagani ma’lum bo‘ldi.

Urganchda Al-Xorazmiy shaharchasi quriladi
31 mart 2022, 09:45

Urganchda Al-Xorazmiy shaharchasi quriladi

Prezident tashabbusi bilan Urganchda Al-Xorazmiy shaharchasi barpo etilishi rejalashtirilmoqda. Unda universitet, IT-park, turar-joy binolari, maktab, bolalar bog‘chasi va sport majmuasi bo‘ladi.

Urganchdan Oqtovga parvozlar bekor qilindi
5 yanvar 2022, 11:32

Urganchdan Oqtovga parvozlar bekor qilindi

«Uzbekistan Airways» kompaniyasi Oqtovga parvozlar bekor qilinganini ma’lum qildi. Bu Oqtov xalqaro aeroportining xalqaro parvozlarni qabul qilishni va amalga oshirishni yopganligi bilan bog‘liq.

Quyuq tuman tufayli Urganch va Nukusga parvozlar kechikmoqda
3 yanvar 2022, 13:37

Quyuq tuman tufayli Urganch va Nukusga parvozlar kechikmoqda

Quyuq tuman sababli Urganch va Nukus aeroportlari yakshanba kunidan buyon parvozlarni qabul qilmayapti. Yo‘lovchilarga parvoz vaqtini aloqa markazidan yoki onlayn jadval orqali aniqlashtirish tavsiya etildi.

Urganchda qurilish obyektini foydalanishga qabul qilish komissiyasi raisi o‘zgartirildi
27 dekabr 2021, 11:42

Urganchda qurilish obyektini foydalanishga qabul qilish komissiyasi raisi o‘zgartirildi

Urganch shahridagi «Perinatal markazini qayta ta’mirlash» obyektini foydalanishga qabul qilish komissiyasi raisi almashtirildi. Bunga sabab qilib viloyat hokim o‘rinbosari, komissiyasi raisi B.Qurbanov va bosh pudratchi tashkilot rahbari o‘zaro affillanganligi aytilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, jamiyat rahbari hokim o‘rinbosarining ukasi hisoblanadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting