Urganchdan Oqtovga aviaparvozlar bekor qilindi, deya xabar bermoqda «Uzbekistan Airways» AJ.

Ma’lum qilinishicha, Qozog‘istonning Oqtov xalqaro aeroporti xalqaro parvozlarni qabul qilishni va amalga oshirishni yopgan.

Shu munosabat bilan, 5 yanvar kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan HY-9725/9726 Urganch — Oqtov — Urganch yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlar bekor qilindi.

Ushbu yo‘nalish bo‘yicha parvozlarni amalga oshirish kunlari haqidagi qo‘shimcha ma’lumot keyinroq taqdim etiladi.

Yo‘lovchilar bekor qilingan parvozlar aviachiptalarining to‘liq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga ega.