Qishki ta’til kunlari uzaytirilishi munosabati bilan Toshkent-Urganch-Toshkent, Toshkent-Termiz-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha qatnovlar qo‘yiladi, deya xabar bermoqda «O‘ztemiryo‘lovchi» AJ matbuot xizmati.
Poyezdlarning harakat jadvali quyidagicha amalga oshiriladi:
21 yanvar kuni 156-sonli Toshkent-Urganch yo‘nalishi: Toshkent 00:05 — Urganch 14:23;
155-sonli Urganch-Toshkent yo‘nalishi: Urganch 17:35 — Toshkent 06:54.
21 yanvar kuni 158-sonli Toshkent-Termiz yo‘nalishi: Toshkent 21:42 — Termiz 11:41;
22 yanvar kuni 157-sonli Termiz-Toshkent yo‘nalishi: Termiz 15:10 — Toshkent 05:42.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Qolaversa, qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin. Chiptalarni elektron tarzda chipta.railway.uz sayti orqali ham xarid qilish mumkin.