Xorazm viloyatida katta miqdorda gazdan noqonuniq ravishda foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi, deya xabar qildi Bosh prokuratura.

Qayd etilishicha, Urganch tumanidagi “M” fermer xo‘jaligi rahbari A.E. fermer xo‘jaligiga qarashli parrandachilik fermasida tijorat maqsadlarida tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangan.

Oqibatda 3,3 mlrd so‘mlik 2 mln 249 ming metr kub gazni yashirin ravishda ishlatgan.

Holat yuzasidan A.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (Juda katta miqdorda o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.