«urganch» tegli maqolalar


Urganch markazida yangi tunnel foydalanishga topshirildi
16 dekabr 2021, 12:59

Urganch markazida yangi tunnel foydalanishga topshirildi

Urganch shahri markazida Al-Xorazmiy va Islom Karimov ko‘chalari hududida 500 metrlik yangi tunnel foydalanishga topshirildi. Yerosti yo‘li soatiga 3200 ta avtomobil o‘tkazish imkoniyatiga ega. Viloyat hokimi Farhod Ermanov bu kabi tunnel viloyatlar orasida yagona ekanligini ta’kidladi.

Tuman sababli O‘zbekiston aeroportlarida bir necha reyslar kechiktirildi
8 dekabr 2021, 13:57

Tuman sababli O‘zbekiston aeroportlarida bir necha reyslar kechiktirildi

Quyuq tuman tushgani sababli Urganch, Nukus va Navoiy aeroportlari faoliyatiga o‘zgarishlar kiritildi. Jumladan, Toshkentdan Urganch va Nukusga amalga oshirilgan parvozlar kechiktirildi.

Yana bir sayyohlik kompaniyasining mijozlari parvoz kechikishiga duch kelishdi
5 noyabr 2021, 15:28

Yana bir sayyohlik kompaniyasining mijozlari parvoz kechikishiga duch kelishdi

Payshanba kuni Moskvaga parvoz kechikishi sababli Urganch aeroportida 300 ga yaqin odam yig‘ildi. Uzbekistan Airports sayyohlik kompaniyasi kerakli hujjatlarni o‘z vaqtida tayyorlamagani haqida xabar berdi. iFly Airlines samolyoti kechki payt yetib keldi.

Urganchda 3 nafar erkak kanalizatsiyaga tushib vafot etdi
6 sentabr 2021, 17:09

Urganchda 3 nafar erkak kanalizatsiyaga tushib vafot etdi

Xorazmning Urganch tumanida 3 nafar erkak uylardan chiqqan kanalizatsiya suvlarini haydab chiqarish uchun mo‘ljallangan kanalizatsiya kamerasiga tushib, zaharlanish oqibatida vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Al-Xorazmiyning yangi haykali Urganchda o‘rnatiladi
15 iyun 2021, 13:22

Al-Xorazmiyning yangi haykali Urganchda o‘rnatiladi

Urganch shahrida al-Xorazmiyning yangi haykalini o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Prezident yodgorlikning variantlari va uni o‘rnatish rejalashtirilgan joyga oid taqdimot bilan tanishdi. Ulardan biri Jaloliddin Manguberdi haykali joylashgan hudud hisoblanadi.

«Turkish Airlines» Istanbuldan Urganchga ilk parvozini amalga oshirdi
11 iyun 2021, 09:50

«Turkish Airlines» Istanbuldan Urganchga ilk parvozini amalga oshirdi

Istanbul — Urganch — Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha «Turkish Airlines» aviakompaniyasining ilk parvozi amalga oshirildi. Endilikda parvozlar haftada bir marotaba, juma kuni bo‘lishini rejalashtirilgan.

Qozog‘istonning SCAT aviakompaniyasi O‘zbekistonda muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi
5 mart 2021, 12:00

Qozog‘istonning SCAT aviakompaniyasi O‘zbekistonda muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi

Qozog‘istonning SCAT aviakompaniyasi 8 martdan boshlab Aktaudan Urganchgacha muntazam aviaqatnovlar amalga oshirishni boshlaydi.

Urganchda ohaq ishlab chiqarish sexi 1,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
17 fevral 2021, 14:38

Urganchda ohaq ishlab chiqarish sexi 1,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Urganchda tabiiy gaz hisoblagichisiz, yuqori bosimli gaz tarmog‘iga polietilen quvur yordamida noqonuniy ulangani aniqlandi. Iste’molchi tabiiy gaz tarmog‘idan ajratilib, gaz ta’minoti tashkilotiga yetkazilgan zarar miqdori 1,4 mlrd so‘m etib belgilandi.

Urganchdan Qarshi va Termizga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
9 fevral 2021, 23:10

Urganchdan Qarshi va Termizga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Urganchdan Qarshi va Termizga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Oldinroq, Farg‘onaga ham reys ochilgan edi. Qolaversa, endi Termiz-Qarshi-Xiva, Xiva-Urganch-Nukus va Termiz-Qarshi-Samarqand yo‘nalishlari bo‘yicha doimiy temir yo‘l qatnovi ham amalga oshiriladi.

Urganch shahri markazida tunnel quriladi
6 yanvar 2021, 19:37

Urganch shahri markazida tunnel quriladi

Urganch shahrining markaziy maydoni yangidan qurilishi rejalashtirilmoqda. Maydon markazida 25 metrlik kattalikdagi Jaloliddin Manguberdi haykali o‘rnatiladi. Maydon ostidan esa avtomobil tunneli o‘tkaziladi.

Xorazmda «samosud»: Bir guruh ayollar boshqa bir ayolni yechintirib, jarayonni videoga olishdi
23 noyabr 2020, 19:04

Xorazmda «samosud»: Bir guruh ayollar boshqa bir ayolni yechintirib, jarayonni videoga olishdi

Xorazmda bir guruh ayollar boshqa bir ayolning qizligini tekshirish maqsadida yechintirib, jarayonni videoga olishdi. «Samosud» ishtirokchilarining shaxsi aniqlanib, hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Urganchda xalqaro universitet filiali tashkil etildi
17 sentabr 2020, 20:54

Urganchda xalqaro universitet filiali tashkil etildi

Urganchda xalqaro Binary (Malayziya) universiteti filiali tashkil etildi. Filialda tadbirkorlik va boshqaruv, ijtimoiy-iqtisodiy hamda iqtisodiyotning ehtiyoj yuqori bo‘lgan boshqa sohalari bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlanadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting