«turkmaniston» tegli maqolalar


Turkmanistonda xotin-qizlarga bayram sovg‘asi sifatida 17 dollardan tarqatilmoqda
4 mart 2023, 12:45

Turkmanistonda xotin-qizlarga bayram sovg‘asi sifatida 17 dollardan tarqatilmoqda

Turkmanistonda prezident nomidan 8 mart sovg‘asi sifatida xotin-qizlarga 60 manatdan pul beriladi. Bu davlat kursi bo‘yicha 17 dollar, «qora bozor»da esa 3 dollar degani. Bog‘cha tarbiyalanuvchilariga birinchilardan bo‘lib prezident sovg‘asini topshirish boshlangan.

Turkmaniston yuborgan bepul gaz Qoraqalpog‘iston va Xorazm aholisiga tarqatilmoqda
20 fevral 2023, 10:58

Turkmaniston yuborgan bepul gaz Qoraqalpog‘iston va Xorazm aholisiga tarqatilmoqda

Turkmanistondan O‘zbekistonga yordam sifatida yuborilgan 2 ming tonna bepul suyultirilgan gazning yarmi Qoraqalpog‘iston aholisiga tarqatilmoqda. Qolgan ming tonna gaz Xorazm viloyatiga yuboriladi.

O‘zbekistonga gaz yetkazishda kuzatilgan uzilishlar sabab «Turkmangaz»da bir necha kishi hibsga olingani aytilmoqda
8 fevral 2023, 12:29

O‘zbekistonga gaz yetkazishda kuzatilgan uzilishlar sabab «Turkmangaz»da bir necha kishi hibsga olingani aytilmoqda

Turkmanistondagi «Galkinish» konida yuz bergan avariya va O‘zbekistonga gaz yetkazib berishda kuzatilgan uzilishlar sabab «Turkmangaz» konsernida bir necha kishi hibsga olingani xabar qilindi. O‘zbekiston Energetika vazirligi uzilish uchun Turkmanistondan kompensatsiya talab qilingani haqidagi xabarni rad etdi.

O‘zbekiston Turkmanistondan suyultirilgan gaz partiyasini bepul oladi
4 fevral 2023, 14:27

O‘zbekiston Turkmanistondan suyultirilgan gaz partiyasini bepul oladi

Turkmaniston O‘zbekistonga «birodarlik yordami» sifatida suyultirilgan gazni «tegishli hajmda» bepul yetkazib beradi.

O‘zbekiston Turkmanistondan neft sotib oladi
25 yanvar 2023, 15:27

O‘zbekiston Turkmanistondan neft sotib oladi

«O‘zbekneftgaz» Turkmanistonning Petronas Çarigali kompaniyasidan neft sotib olishni rejalashtirmoqda.

Turkmaniston O‘zbekistonga gaz eksportini qayta tikladi
23 yanvar 2023, 12:18

Turkmaniston O‘zbekistonga gaz eksportini qayta tikladi

21 yanvardan boshlab O‘zbekiston Turkmanistondan gaz importini qayta tikladi, biroq hozircha gaz sovuq kunlargacha bo‘lgan bosimdan pastroq. Gaz yetkazib berish 12 yanvar kuni to‘xtatilgandi.

Turkmaniston O‘zbekistonga gaz eksportini vaqtincha to‘xtatdi, yetkazib berish qayta tiklanishi kerak
14 yanvar 2023, 19:22

Turkmaniston O‘zbekistonga gaz eksportini vaqtincha to‘xtatdi, yetkazib berish qayta tiklanishi kerak

Turkmaniston sovuq ob-havo tufayli yuzaga kelgan texnik sabablarga ko‘ra 12 yanvardan boshlab O‘zbekistonga gaz eksportini to‘xtatdi. Yaqin vaqt ichida gaz yetkazib berish qayta tiklanishi kutilmoqda. «Gazeta.uz» shuningdek, Rossiya bilan gaz bo‘yicha muzokaralar olib borilishini aniqladi.

Turkmaniston O‘zbekistonga energiya taqchilligining bir qismini qoplashga yordam beradi
16 dekabr 2022, 18:14

Turkmaniston O‘zbekistonga energiya taqchilligining bir qismini qoplashga yordam beradi

O‘zbekiston Turkmanistondan tabiiy gaz importini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Uch oy ichida 1,5 mlrd kub metrga yaqin gaz import qilinishi rejalashtirilgan, bu esa qish mavsumida taqchillikni qoplashga yordam beradi.

Shavkat Mirziyoyevga Turkmaniston davlat universitetining faxriy professori unvoni berildi
21 oktabr 2022, 17:53

Shavkat Mirziyoyevga Turkmaniston davlat universitetining faxriy professori unvoni berildi

Shavkat Mirziyoyevga Maxtamquli nomidagi Turkmaniston davlat universitetining faxriy professori unvoni berildi. «O‘zbekistonda, Turkmanistonda bo‘lgani kabi, ta’lim-tarbiya tizimida tub islohotlar amalga oshirilmoqda», — deya ta’kidladi prezident oliygohga tashrifi davomidagi nutqida.

Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevga alabay kuchugini sovg‘a qildi
21 oktabr 2022, 16:02

Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevga alabay kuchugini sovg‘a qildi

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Parlamentining yuqori palatasi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi. Unda Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekiston rahbariga turkman xalqi alohida qadrlaydigan alabay zotli kuchuk sovg‘a qildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti bilan muzokaralar o‘tkazdi
21 oktabr 2022, 11:47

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti bilan muzokaralar o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev 21 oktabr kuni Turkmanistonga tashrif buyurdi. Dastlab «O‘g‘uzxon» saroyida rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Prezidentlar tor va kengaytirilgan doirada muzokaralar o‘tkazdi.

Prezident Turkmanistonga jo‘nab ketdi
20 oktabr 2022, 19:26

Prezident Turkmanistonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev prezident Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Turkmanistonga jo‘nab ketdi. Tashrif davomida, jumladan, Ashxobodda «Toshkent» bog‘ini ochish va Chegaraoldi savdo markazini qurish bo‘yicha loyihani birgalikda boshlab berish rejalashtirilgan.

Turkiya Turkmaniston fuqarolari uchun vizasiz kirishni bekor qildi
14 sentabr 2022, 19:12

Turkiya Turkmaniston fuqarolari uchun vizasiz kirishni bekor qildi

Turkiya hukumati Turkmanistonning iltimosiga ko‘ra, turkmanistonliklar uchun vizasiz rejimni bekor qildi. Avvallari mazkur davlat fuqarolari Turkiyada turizm maqsadida 30 kungacha vizasiz qolishi mumkin edi.

Turkmaniston o‘z fuqarolari uchun Turkiyadan viza joriy etishni so‘radi
5 sentabr 2022, 12:40

Turkmaniston o‘z fuqarolari uchun Turkiyadan viza joriy etishni so‘radi

Turkmaniston o‘zining fuqarolari uchun Turkiyadan vaqtinchalik viza rejimini joriy etishni so‘radi.

Kamilov va Norov Turkmanistonning «Galkinish» ordeni bilan taqdirlandi
27 avgust 2022, 08:42

Kamilov va Norov Turkmanistonning «Galkinish» ordeni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili Abdulaziz Kamilov va tashqi ishlar vaziri v. b. Vladimir Norov Turkmanistonning «Galkinish» («Tiklanish») ordeni bilan taqdirlandi. Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov esa O‘zbekistonning «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi. Marosim Ashxobodda bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Eron va Turkmaniston bilan yuk tashishni soddalashtirish bo‘yicha kelishib oldi
17 avgust 2022, 20:54

O‘zbekiston Eron va Turkmaniston bilan yuk tashishni soddalashtirish bo‘yicha kelishib oldi

O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov turkmanistonlik hamkasbi bilan Van ko‘li orqali Turkiyaga yuklarni intermodal tashishlarni, Eron vaziri bilan esa Chobahor portidan O‘zbekistonga pilot yuk tashishni tashkil etish bo‘yicha kelishib oldi.

Serdar Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevni Turkmanistonga taklif qildi
14 iyul 2022, 17:09

Serdar Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevni Turkmanistonga taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidentini «Ko‘ksaroy» qarorgohida kutib oldi. Shundan so‘ng, ikki davlat yetakchilari tor doiradagi muzokaralarda o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Serdar Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevni javob tashrifi bilan Turkmanistonga kelishga taklif qildi.

Birinchi o‘zbek-turkman hududlararo forumida $451 mlnlik bitimlar imzolandi
14 iyul 2022, 16:19

Birinchi o‘zbek-turkman hududlararo forumida $451 mlnlik bitimlar imzolandi

Buxoroda bo‘lib o‘tgan birinchi o‘zbek-turkman hududlararo forumida 451 mln dollarlik investitsiya va savdo bitimlari imzolandi. Qolaversa, O‘zbekiston va Turkmaniston hududlari o‘rtasida istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish va muvofiqlashtirish bo‘yicha doimiy ishchi guruhlar tuzilishi ma’lum qilindi.

Turkmaniston prezidenti Toshkentga keldi
14 iyul 2022, 13:51

Turkmaniston prezidenti Toshkentga keldi

Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovni Toshkent xalqaro aeroportida bosh vazir Abdulla Aripov, tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev kutib oldi.

Mirziyoyev Berdimuhamedovni 65 yoshi bilan tabrikladi
29 iyun 2022, 15:50

Mirziyoyev Berdimuhamedovni 65 yoshi bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovni 65 yoshga to‘lgani bilan tabrikladi. Suhbat chog‘ida prezident Serdar Berdimuhamedovning O‘zbekistonga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting