«O‘zbekneftgaz» kompaniyasi joriy yilda Turkmanistonning Petronas Çarigali kompaniyasidan neft sotib olishni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi xolding matbuot xizmati.

Toshkentda «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati rahbariyati va Petronas Çarigali delegatsiyasi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda shu masala muhokama qilindi. Tomonlar birgalikda yetkazib berish dasturini tayyorlashga kelishib oldi.

Petronas Çarigali Kaspiy dengizining Turkmaniston shelfida neft va gaz qazib olish operatorlaridan biri hisoblanadi. U Malayziyaning Petronas neft va gaz kompaniyasining sho‘ba korxonasi hisoblanadi.