Turkmaniston o‘z fuqarolari uchun Turkiyaga turli toifadagi vizalar rejimini vaqtinchalik joriy etish iltimosi bilan murojaat qildi. Bu haqda Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi saytidagi xabarda qayd etilgan.

Bunga asos qilib, «Turkmaniston fuqarolarining Turkiya Respublikasida bo‘lish qoidalarini tizimli asosda takomillashtirish va qo‘llab-quvvatlash» ko‘rsatilmoqda.

Ma’lumot uchun, Turkmaniston fuqarolari Turkiyada turistik maqsadlarda 30 kungacha vizasiz bo‘lishlariga ruxsat etilgan.