Turkmaniston O‘zbekistonga gaz yeksportini bosqichma-bosqich qayta tiklamoqda. Bu haqda «Gazeta.uz»ga «O‘ztransgaz» kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Avvalroq yozganimizdek, Turkmaniston sovuq ob-havo tufayli yuzaga kelgan texnik sabablarga ko‘ra 12 yanvardan boshlab O‘zbekistonga gaz eksportini to‘xtatgandi. Turli manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, gaz ta’minoti to‘xtatilishiga «Galkanish» gaz kondensati koni ichidagi kommunikatsiyalarida gidrat hosil bo‘lishi sabab bo‘lgan. Bu kuchli sovuqlarda sodir bo‘ladi va fors-major hodisadir, deb tushuntirdi mutaxassislar.

21 yanvardan esa gaz yetkazib berish tiklanmoqda. «O‘ztransgaz» ma’lumotlariga ko‘ra, Turkmaniston kuniga 4,8 mln kub metr hajmi bilan qayta tikladi, bugungi kunga kelib ushbu ko‘rsatkich 12,6 mln kub metrgacha oshirildi.

«Gaz yetkazib berishning kunlik hajmi bosqichma-bosqich 16 mln kub metrga yetkaziladi. Sovuq kunlar boshlanguncha aynan shuncha miqdorda gaz yetkazib berilardi», — deya qayd etdi kompaniya.

19 yanvar kuni Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuxamedov eng yirik gaz qazib olish koni «Galkynyş» (Galkinish)ga borib, uning ishlab chiqarish rivoji bilan tanishdi, deb xabar berdi TDH.

2022 yilning dekabr oyida O‘zbekiston Turkmanistondan uchinchi tomonlarning ishtirokisiz tabiiy gaz importini oshirish bo‘yicha qisqa muddatli kelishuvga erishgandi.