O‘zbekiston Turkmaniston bilan yiliga 2 mlrd kub metrgacha turkman gazini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Tomonlar, shuningdek, uzoq muddatli shartnomalar ustida ishlamoqda, — dedi O‘zbekiston Energetika vazirligi rahbari Jo‘rabek Mirzamahmudov.
Turkmanistonning yangi elchisi Shadurdi Meredov O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.
Turkmaniston Rossiyaning O‘zbekiston va Qozog‘iston bilan “gaz ittifoqi” bo‘yicha bayonotlardan xavotirda. Ularda ittifoq kengayishi mumkinligi aytilgan, ammo kimlar hisobiga ekani tushunarsiz, Turkmaniston quvurlari orqali esa boshqa davlat gazi tranziti rejalashtirilmagan, dedi “Turkmangaz” rasmiysi.
O‘zbekiston prezidenti 4-avgust kuni amaliy tashrif bilan Ashxobod shahrida bo‘ladi. U yerda oliy darajada uchrashuvlar o‘tkazish hamda O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlarining uch tomonlama sammitida ishtirok etish rejalashtirilgan.
Moskvaga dronlar hujumidan so‘ng “Turkmaniston” aviakompaniyasi Rossiya poytaxtiga parvozlarni to‘xtatdi. Qaror “parvoz xavfsizligini ta’minlash maqsadida xavfni baholash” asosida qabul qilingan.
Avgust oyida Ashxobod shahrida O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlarining sammiti o‘tkaziladi. Bu haqda uch mamlakat tashqi ishlar vazirlarining onlayn yig‘ilishida ma’lum qilindi.
O‘zbekistonga Xitoyning Siyamen portidan Eronning Bandar-Abbos porti orqali tovarlar yetkazib berish boshlandi. Birinchi konteyner poyezdida mamlakatga maishiy texnika olib kelindi. Konteynerlar Eron portida temiryo‘l platformalariga ortilib, Turkmaniston orqali O‘zbekistonga kirib keldi.
Xalqaro arbitraj besh yillik jarayondan keyin Rossiyaning MTS kompaniyasining Turkmaniston ustidan kiritgan da’vosini rad etdi. Mobil operator mamlakat hukumati 2017-yilda kompaniya litsenziyasini uzaytirishdan bosh tortib, uning investorlik huquqlarini buzganini da’vo qilgan.
Shuhrat G‘aniyev Turkmaniston VM raisi o‘rinbosari bilan Turkmanistonda joylashgan O‘zbekiston suv xo‘jaligi obyektlarida ishlovchilar uchun “vaxta” rejimini bekor qilish, 2 ta chegara posti faoliyatini qayta tiklash, Amudaryo suv resurslarini birga boshqarishni avtomatlashtirish kabi masalalarni muhokama qildi.
Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali gaplashdi. Savdo-iqtisodiy (Shovot-Toshovuz chegaraoldi savdo sonasini tashkil etish), energetika va suv xo‘jaligi sohalaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovning onasi vafoti munosabati bilan Turkmaniston Xalq Maslahati raisi va Turkmaniston prezidentiga hamdardlik bildirdi.
Turkmanistonda prezident nomidan 8 mart sovg‘asi sifatida xotin-qizlarga 60 manatdan pul beriladi. Bu davlat kursi bo‘yicha 17 dollar, «qora bozor»da esa 3 dollar degani. Bog‘cha tarbiyalanuvchilariga birinchilardan bo‘lib prezident sovg‘asini topshirish boshlangan.
Turkmanistondan O‘zbekistonga yordam sifatida yuborilgan 2 ming tonna bepul suyultirilgan gazning yarmi Qoraqalpog‘iston aholisiga tarqatilmoqda. Qolgan ming tonna gaz Xorazm viloyatiga yuboriladi.
Turkmanistondagi «Galkinish» konida yuz bergan avariya va O‘zbekistonga gaz yetkazib berishda kuzatilgan uzilishlar sabab «Turkmangaz» konsernida bir necha kishi hibsga olingani xabar qilindi. O‘zbekiston Energetika vazirligi uzilish uchun Turkmanistondan kompensatsiya talab qilingani haqidagi xabarni rad etdi.
Turkmaniston O‘zbekistonga «birodarlik yordami» sifatida suyultirilgan gazni «tegishli hajmda» bepul yetkazib beradi.
«O‘zbekneftgaz» Turkmanistonning Petronas Çarigali kompaniyasidan neft sotib olishni rejalashtirmoqda.
21 yanvardan boshlab O‘zbekiston Turkmanistondan gaz importini qayta tikladi, biroq hozircha gaz sovuq kunlargacha bo‘lgan bosimdan pastroq. Gaz yetkazib berish 12 yanvar kuni to‘xtatilgandi.
Turkmaniston sovuq ob-havo tufayli yuzaga kelgan texnik sabablarga ko‘ra 12 yanvardan boshlab O‘zbekistonga gaz eksportini to‘xtatdi. Yaqin vaqt ichida gaz yetkazib berish qayta tiklanishi kutilmoqda. «Gazeta.uz» shuningdek, Rossiya bilan gaz bo‘yicha muzokaralar olib borilishini aniqladi.
O‘zbekiston Turkmanistondan tabiiy gaz importini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Uch oy ichida 1,5 mlrd kub metrga yaqin gaz import qilinishi rejalashtirilgan, bu esa qish mavsumida taqchillikni qoplashga yordam beradi.
Shavkat Mirziyoyevga Maxtamquli nomidagi Turkmaniston davlat universitetining faxriy professori unvoni berildi. «O‘zbekistonda, Turkmanistonda bo‘lgani kabi, ta’lim-tarbiya tizimida tub islohotlar amalga oshirilmoqda», — deya ta’kidladi prezident oliygohga tashrifi davomidagi nutqida.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting