“Gazeta.uz” o‘rgangan Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil yakunlariga ko‘ra, Xitoy ikki yil o‘tib, yana O‘zbekistonning asosiy savdo sherigi sifatida Rossiya o‘rnini egalladi.

россия, savdo hamkorlari, turkманистон, хитой, қирғизистон, қозоғистонроссия, savdo hamkorlari, turkманистон, хитой, қирғизистон, қозоғистон

Xitoy bilan tovar ayirboshlash hajmi tezlik bilan 1,5 baravar oshdi — 9,06 milliard dollardan 13,7 milliard dollargacha. O‘zbekiston mahsulotlarining Xitoy bozoriga eksporti hajmi 6,4 foizga — 2,46 milliard dollargacha kamaygan, Xitoydan import esa 1,7 barobarga — 11,26 milliard dollargacha oshgan.

Rossiya savdo hamkorlari orasida ikkinchi o‘ringa tushib qoldi. Savdo aylanmasi 5,3 foizga o‘sdi (2022-yilda o‘sish 22,9 foizni tashkil etgandi) — 9,38 milliard dollardan 9,88 milliard dollargacha. Rossiya Federatsiyasiga eksport hajmi atigi 5 foizga (46,8 foiz edi) — 3,3 milliard dollarga, import esa 5,55 foizga (13,7 foiz) oshib, 6,58 milliard dollarga yetdi.

O‘zbekiston bilan eng ko‘p tovar aylanmasiga ega 10 ta davlat (2023, foiz)


Davlatlar / yillik ulushlar
2019
2020
2021
2022
2023
1
Xitoy
18.1
17.7
17.7
17.8
21.9
2
Rossiya
15.7
15.5
17.9
18.6
15.8
3
Qozog‘iston
8
8.3
9.3
9.2
7
4
Turkiya
6
5.8
8.1
6.4
5
5
Koreya Respublikasi
6.5
5.9
4.5
4.7
3.7
6
Qirg‘iziston
2
2.5
2.3
2.5
1.5
7
Germaniya
2.3
2.3
1.8
2.3
1.7
8
Turkmaniston
1.3
1.5
2.1
1.9
1.7
9
Afg‘oniston
1.5
2.1
1.5
1.5
1.4
10
Fransiya




1.6

Qozog‘iston bilan tovar ayirboshlash pandemiya bo‘lgan 2020-yildan beri birinchi marta qisqardi. O‘tgan yili savdo hajmi 5,4 foizga kamayib, 4,6 milliard dollardan 4,4 milliard dollarga tushdi. Import (3,03 milliard dollar) ham, eksport ham (1,37 milliard dollar) kamaydi. 2020-yilga kelib ko‘rsatkichni 5 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan edi. Yil boshida O‘zbekiston va Qozog‘iston savdo to‘siqlarini bartaraf etish bo‘yicha ishchi guruh tuzgani xabar qilingan edi.

Savdo ko‘rsatkichlarining yomonlashuvi boshqa bir qo‘shni mamlakat Qirg‘iziston bilan ham kuzatilmoqda. O‘tgan yilning so‘nggida hajm 24,5 foizga kamayib, 953,4 million dollarni tashkil etdi, bu 2021-yildagidan ham past, shu sababli mamlakat asosiy savdo hamkorlar ro‘yxatida 6-o‘rindan 9-o‘ringa tushib ketdi. Bunga asosan O‘zbekiston tovarlari eksportining kamayishi ta’sir ko‘rsatdi (minus 35,7 foiz) — 631,5 million dollar, Qirg‘izistondan import esa aksincha (+14,6 foiz) — 321,9 million dollarga oshgan. 2022-yilda mamlakatlar savdo hajmini 2 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirgan edi.

Turkiya bilan tovar ayirboshlash hajmi ketma-ket ikkinchi yil pasayishda davom etmoqda (2022-yilda — minus 0,8 foiz, 2023-yilda — minus 8,34 foiz) — 3,1 milliard dollargacha. Eksportning qisqarishi (minus 24 foiz) fonida turk tovarlari importi (+6 foiz) ortib bormoqda. Bunga Turkiyadan keladigan tovarlarni arzonlashtirgan liraning qadrsizlanishi sabab bo‘lishi mumkin.

Janubiy Koreya bilan savdo aylanmasi deyarli o‘zgarmadi — 2,34 milliard dollar (+0,03 foiz).

Tovar va xizmatlar eksportidagi oltita asosiy hamkor davlatlarning ulushi


Davlatlar / yillik ulushlar
2019
2020
2021
2022
2023
1
Rossiya
13.9
9.7
12.4
15.9
13.5
2
Xitoy
14.1
12.8
15.2
13
10.1
3
Turkiya
6.7
6.7
10.2
7.8
5.1
4
Qozog‘iston
8
6
7.1
7.1
5.6
5
Qirg‘iziston
3.8
5
4.8
5.1
2.6
6
Afg‘oniston
3.4
5.1
3.9
3.9
3.5

Boshqa davlatlar
48.2
56.2
43.5
44.5
57.1

Turkmaniston savdo hamkorlari orasida oltinchi o‘ringa ko‘tarilib, Germaniya (minus 9,9 foiz, 1,05 milliard dollar) va Qirg‘izistonni ortda qoldirdi. Bu mamlakat bilan tovar ayirboshlash hajmi 17,8 foizga oshib, 1,09 milliard dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, O‘zbekistondan tovar eksporti 171,2 million dollargacha kamaygan, import (asosan gaz) esa 923,2 million dollargacha oshgan.

2022-yil yakuni bo‘yicha asosiy savdo hamkorlari ro‘yxatida 20-o‘rinni egallagan Fransiya tovar ayirboshlash hajmining qariyb 3 baravarga — 344,3 million dollardan 984,7 million dollarga o‘sishi hisobiga 8-o‘ringa ko‘tarildi. Ushbu o‘sish uran va aviatexnikalar, shu jumladan, yo‘lovchi samolyotlar yetkazib berishning ko‘payishi hisobiga ta’minlandi.

O‘zbekistonning Rossiya va Xitoyga savdo qaramligi ortdi. Ularning tovar aylanmasidagi umumiy ulushi 36,4 foizdan 37,7 foizgacha oshdi (Xitoy hissasida deyarli 22 foiz). Ushbu mamlakatlarning importdagi ulushi 41,1 foizdan 46,8 foizga oshgan, eksportda esa 29,3 foizdan 23,6 foizga kamaygan. Shu tariqa O‘zbekiston Rossiya va Xitoy tovarlarini ko‘proq import qilmoqda va bu bozorlarga o‘z tovarlarini kamroq yetkazib bermoqda. Bundan tashqari, tashqi savdo taqchilligining 88 foizi yoki 13,7 milliard dollardan 12,1 milliard dollari Xitoy va Rossiya bilan savdodan tushgan.

Bu qaramlik 2024-yilda Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha shartnoma va Xitoy kompaniyalari bilan tuzilgan energetika loyihalari, shuningdek, jamoat transporti va boshqa avtomobillar importi hisobiga yana ortishi mumkin.

Qozog‘iston va Qirg‘iziston bilan savdo ko‘rsatkichlari yomonlashgani sababli Markaziy Osiyoning savdodagi ulushi 14,8 foizdan (7,5 milliard dollar) 11,5 foizgacha (7,2 milliard dollar) kamaydi. Turkmaniston va Tojikiston bilan tovar ayirboshlashning ijobiy dinamikasi bo‘lmaganida, bu ko‘rsatkich bundan ham pastroq bo‘lishi mumkin edi.

Afg‘oniston bilan savdo aylanmasi 13,2 foizga o‘sib, 867 million dollarni tashkil etdi.

Tovar va xizmatlar importidagi oltita asosiy hamkor davlatlarning ulushi


Davlatlar / yillik ulushlar
2019
2020
2021
2022
2023
1
Xitoy
21
21.3
19.3
20.9
29.5
2
Rossiya
17
19.7
21.4
20.2
17.2
3
Qozog‘iston
8
10
10.8
10.6
7.9
4
Koreya Respublikasi
11
9.9
7.2
7.5
6
5
Turkiya
5.4
5.1
6.7
5.6
4.9
6
Germaniya
3.8
3.6
2.7
3.5
2.6

Boshqa davlatlar
31.4
28.1
29.4
29.4
29.4

Shu bilan birga, O‘zbekiston savdo aloqalarini bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilib, Yevropa davlatlari — Litva (+22,5 foiz), Italiya (30,3 foiz), Polsha (13,9 foiz), shuningdek, BAA (20,7 foiz), Braziliya (18,4 foiz), Eron (15,4 foiz) va Belarus (14,7 foiz) bilan savdo hamjini izchil rivojlantirmoqda. Buning natijasida eksportdagi boshqa davlatlarning ulushi 44,5 foizdan 57,1 foizga o‘sdi, importda esa o‘zgarishsiz qoldi (29,4 foiz).

Rossiya meva va sabzavotlarning asosiy eksport bozori bo‘lib qolmoqda, biroq uning ulushi 42,5 foizdan 37 foizga kamaydi. Shu bilan birga, yetkazib berish hajmi 541,9 ming tonnadan 611,4 ming tonnaga oshgan, eksportdan tushgan tushum miqdori esa 486,7 million dollardan 437,4 million dollarga kamaygan.

Pokiston meva-sabzavot eksportining ikkinchi bozoriga aylandi (ulush o‘sishi — 8,8 foizdan 16,7 foizgacha), eksport tushumi 101,2 million dollardan 197,6 million dollargacha oshdi.

Xitoyga yetkazib berish ham o‘sdi — 144,9 million dollarga 185,1 ming tonnagacha (mos ravishda +45,5 foiz va 38,5 foiz), Qozog‘istonga eksport esa 1,3 marta — 486,3 ming tonnaga (121,2 million dollar) qisqardi, buning natijasida ulush 16,7 foizdan 10,3 foizga kamaygan.

Sanoat tovarlari importi 10 foizga oshib, 6,32 milliard dollarga yetdi. Importning umumiy hajmidagi ulushi 16,6 foizni (18,8 foiz) tashkil etdi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar asosan ushbu davlatlardan import qilinadi:

  • Rossiyadan — 34,3 foiz ulush bilan 2,17 milliard dollar (ilgari 2,44 milliard dollar, 42,3 foiz edi);
  • Xitoydan — 30,9 foiz ulushi bilan 1,95 milliard dollar (1,26 milliard dollar, 21,9 foiz);
  • Qozog‘istondan — 11,3 foiz ulush bilan 715,2 million dollar (721,5 million dollar, 12,5 foiz).

Avvalroq “Gazeta.uz” O‘zbekiston 2023-yilda nimalar bilan savdo qilgani haqida ma’lumot bergandi.