26-iyul kuni O‘zbekiston (Baxtiyor Saidov), Tojikiston (Sirojiddin Muhriddin) va Turkmaniston (Rashid Meredov) tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida videokonferensaloqa shaklida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston TIV xabariga ko‘ra, uchrashuvda avgust oyida Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tadigan uch mamlakat prezidentlarining sammitiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish masalalari muhokama qilindi. Vazirlar bo‘lajak yig‘ilishning dasturi loyihasi, kun tartibi, shuningdek, sammitning yakuniy hujjati loyihasini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev 19-iyul kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi yetakchilarining birinchi sammitida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashgan.

Davlat rahbari 2022-yilning 21−22-oktabr kunlarida Turkmanistonga rasmiy tashrif bilan borgandi.