O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston tomonining taklifiga binoan 4-avgust kuni amaliy tashrif bilan Ashxobod shahrida bo‘ladi. Bu haqda uning matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajada uchrashuvlar o‘tkazish hamda O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlarining uch tomonlama sammitida ishtirok etish rejalashtirilgan.

Tadbirlar davomida mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi, deyiladi xabarda.