Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi jahon chempionati saralash turnirining 2-bosqichi dastlabki o‘yinida Turkmanistonni mag‘lub etdi. 16-noyabr kuni Ashxobodda bo‘lib o‘tgan uchrashuv 1:3 hisobida yakunlandi.

Birinchi bo‘lim mezbonlar foydasiga hal bo‘ldi — 44-daqiqada himoyachi Meylis Durdiyev o‘yinda hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘limda yarim himoyachi Otabek Shukurov 57 va 77-daqiqalarda hujumchi Eldor Shomurodovning paslaridan so‘ng dubl qayd etdi. Qo‘shib berilgan vaqtda 90+1'da Shukurovning uzatmasini Shomurodov golga aylantirdi.

E’tiborlisi, o‘yin Ashxobod stadionining sun’iy maydonida bo‘lib o‘tdi. Avvalgi saralashlarning sun’iy maydonda bo‘lib o‘tgan dastlabki o‘yinlarida O‘zbekiston 2018-yilda Shimoliy Koreyaga (4:2), 2022-yilda Falastinga (2:0) mag‘lub bo‘lgandi.

“E” guruhining parallel o‘yinida Eron Gonkongni 4:0 hisobida mag‘lub etdi.

21-noyabr kuni soat 18:00da navbatdagi saralash o‘yinida O‘zbekiston “Bunyodkor” uy stadionida Eronga qarshi maydonga tushadi.

Video

Foto

жч-2026, saralash, туркманистон, футбол

жч-2026, saralash, туркманистон, футбол

жч-2026, saralash, туркманистон, футбол

жч-2026, saralash, туркманистон, футбол

жч-2026, saralash, туркманистон, футбол

жч-2026, saralash, туркманистон, футбол

жч-2026, saralash, туркманистон, футбол

жч-2026, saralash, туркманистон, футбол

жч-2026, saralash, туркманистон, футбол

жч-2026, saralash, туркманистон, футбол

жч-2026, saralash, туркманистон, футбол

жч-2026, saralash, туркманистон, футбол

жч-2026, saralash, туркманистон, футбол

жч-2026, saralash, туркманистон, футбол

жч-2026, saralash, туркманистон, футбол

жч-2026, saralash, туркманистон, футбол