«toshkent shahar hokimligi» tegli maqolalar


Kecha, 19:30

Toshkent shahar hokimligiga sovg‘a qilingan Mercedez-Benz bo‘yicha Antikorrupsiya agentligi tekshiruv o‘tkazmoqda

Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi Latipova Ziyoda Baxromovna tomonidan Toshkent shahar hokimligiga sovg‘a qilingan — qora rangdagi Mercedes Benz S500 Hybrid avtomobili bo‘yicha tekshiruv o‘tkazadi.

12 noyabr 2021, 15:58 1

Toshkentning uchta tumanida issiqlik va issiq suv uzilib qoldi

Yunusobod tumanidagi 4-Issiqlik markazining elektr energiyasi ta’minotida nosozlik ro‘y bergani sababli Yunusobod, Olmazor va Shaxontohur tumanlarida issiq suv va issiqlik ta’minotida uzilish kuzatilmoqda.

11 noyabr 2021, 10:13

Chilonzorda 10 noyabrgacha yopilgan yo‘l yana 5 kundan so‘ng ochiladi

Toshkent shahar hokimligi Chilonzor tumanidagi Mahmudjon G‘afurov ko‘chasida transport vositalarining harakatlanishi 10 noyabrgacha cheklangani haqida xabar bergandi. Hokimlikning ma’lum qilishicha, yo‘lda ta’mirlash ishlari yana 5 kun davom etadi.

7 noyabr 2021, 14:42

Toshkent shahridagi Ahmad Donish ko‘chasi 17 noyabrgacha yopildi

Ahmad Donish ko‘chasining Amir Temur shoh ko‘chasi bilan kesishmasidan Nurafshon ko‘chasigacha bo‘lgan oralig‘idagi ikki tomonlama yo‘lning bir tomoni 7 noyabrdan 17 noyabrgacha qisman yopiladi.

5 noyabr 2021, 15:09

Toshkentda 13 yil oldin davlat ehtiyoji uchun buzilgan uy-joyning zarari xanuz qoplanmagan

Toshkent shahrida davlat ehtiyoji uchun 13 yil oldin buzilgan uylar o‘rniga uy-joy yoki kompensatsiya pullari bugungi kunga qadar to‘lab berilmagan. Deputat Rasul Kusherbayevning ta’kidlashicha, «bu harakat davlatning o‘z fuqarosi oldida xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash majburiyatini bajarmayotganini ko‘rsatmoqda».

3 noyabr 2021, 11:56

Toshkentda Islom Karimov ko‘chasi bir kunga yopildi

Toshkentda 4 noyabr soat 11:00gacha olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari munosabati bilan Islom Karimov ko‘chasining Senat yangi binosi oldidagi qismi yopildi. Avtobus yo‘nalishlari aylanma yo‘nalishda tashkil etilgan.

8 oktabr 2021, 13:17

12 oktabrdan Toshkentda isitish mavsumi boshlanadi

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev 12 oktabrdan ijtimoiy soha obyektlarini isitilishi boshlanishi haqida qaror qabul qildi.

22 sentabr 2021, 09:39

Toshkentda «Tungi velosayr» festivali o‘tkaziladi

Toshkentda chorshanba kuni kechqurun tungi «Tungi velosayr» festivali bo‘lib o‘tadi. Sayr Mahtumquli va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari kesishmasidan boshlanib, «Yangi O‘zbekiston» bog‘igacha davom etadi. Barcha velosport ishqibozlari ishtirok etishi mumkin.

23 iyul 2021, 15:03

Poytaxt hokimligi aholidan zarurat bo‘lmaganda ko‘chaga chiqmaslikni so‘radi

Toshkent shahar hokimligi 24−26 iyul kunlari ob-havo haroratining keskin ko‘tarilishi sabab aholidan zarurat bo‘lmaganda ko‘chaga chiqmaslikni, ko‘proq suyuqlik iste’mol qilishni so‘radi. Avvalroq, O‘zgidromet dam olish kunlari va hafta boshida havo juda issiq bo‘lishini e’lon qilgan edi.

17 iyul 2021, 12:49

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida qatnashuvchi toshkentlik sportchilarga 100 mln so‘mdan berildi

Tokio-2020 yozgi Olimpiya hamda Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritgan jami 40 nafar toshkentlik sportchining har biri 100 mln so‘m mukofot puli bilan rag‘batlantirildi.

14 iyul 2021, 15:25

Toshkent hokimligi davlat organlari tomonidan yetkazilgan zararni qoplab beradi

Toshkent byudjetidan davlat organlari yoki ushbu organlar mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizliklari) natijasida fuqarolar yoki yuridik shaxslarga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplash xarajatlari uchun 5,72 mlrd so‘m ajratiladi. Hokimning qaroriga binoan yetkazilgan zarar sud qarorlari asosida qoplanadi.

8 iyul 2021, 17:55

Yunusobodda 1000 dan ortiq peshlavha va e’lonlar davlat tiliga tarjima qilindi

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida besh oy ichida 1000 dan ortiq peshlavha, reklama va e’lonlar davlat tiliga tarjima qilindi. Bu «Reklama to‘g‘risida"gi qonun talablarini buzishi mumkin.

15 iyun 2021, 14:30

Jahongir Ortiqxo‘jayev hokimiyat huzurida boshqaruv kompaniyasi tuzishni taklif qildi

Toshkent hokimligi huzurida davlat unitar korxonasi shaklidagi boshqaruv xizmati kompaniyasi paydo bo‘lishi mumkin. Ushbu taklifni prezidentga poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev kiritdi.

20 may 2021, 17:28

“Paxtakor"dan tashqari yana 12 ta futbol klubining ulushlari hokimliklar va davlat kompaniyalariga o‘tkazildi

“Paxtakor” dan tashqari yana 8 ta Superliga va 4 ta Pro liga jamoalarining aksiyalari hokimliklar va davlat kompaniyalari ma’muriyatiga ularni keyinchalik sotish sharti bilan topshirildi. Toshkent shahar hokimligi endi “Bunyodkor"ning egasi va bosh homiysiga aylandi.

18 may 2021, 14:34

Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari mahalla raisini haqoratlab, kuch ishlatdi — Mahalla vazirligi

Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi mahallalardan birining raisini haqorat qildi va jismoniy kuch ishlatdi, deb xabar berdi Mahalla vazirligi.

6 may 2021, 17:19

Toshkentda «O‘lmas polk» aksiyasi o‘tkazilmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda 9 may kuni Toshkent shahrida «O‘lmas polk» aksiyasini o‘tkazishga ruxsat berilgani haqidagi xabarlarga poytaxt ma’muriyati munosabat bildirdi. Hokimiyat bugungi pandemiya sharoitida «O‘lmas polk» aksiyasini o‘tkazishga ruxsat berilmaganligini ta’kidladi.

16 mart 2021, 17:30

Toshkent shahar hokimligi o‘z tizimida yig‘ilish va majlislar o‘tkazishni vaqtinchalik chekladi

Toshkent shahar hokimligi va uning tizimidagi barcha boshqarma va tashkilotlar, tuman hokimliklarida yig‘ilish va majlislar tashkil etish hamda o‘tkazish vaqtinchalik taqiqlandi.

16 fevral 2021, 17:14

Toshkent aholisining murojaatlarini qabul qiluvchi xizmat ishga tushirildi

Toshkent shahar hokimligi shahar infratuzilmasi, uy-joy kommunal xo‘jaligi va obodonlashtirish kabi bir qator muammolar bo‘yicha murojaatlarni qabul qiluvchi Xalq nazorati nomli xizmatni ishga tushirdi.

25 yanvar 2021, 17:12

Toshkentda deputatlarga ajratiladigan pullar qanday sarflanadi?

Toshkent shahri va tuman deputatlariga ajratiladigan pullar nimaga, qachon va qay tartibda sarflanadi? Uni kim nazorat qiladi? Manfaatlar to‘qnashuvi qanday bartaraf etiladi? Fuqarolar yoki jamoatchilik vakillari kimga taklif bilan murojaat qilishlari lozim? Ushbu savollarga javob berilgan anjumandan “Gazeta.uz” reportaji.

25 noyabr 2020, 13:54

Artel maktabi direktori Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i bo‘ldi

Kozimjon Hasanov Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi boshlig‘i — poytaxt hokimining ta’lim va tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Tayinlovdan avval u Artel Technical School xususiy maktabi direktori sifatida faoliyat yuritgan.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting