Toshkent shahrida 4 noyabr kuni soat 11:00 ga qadar olib borilayotgan ta’mirlash ishlari munosabati bilan Islom Karimov ko‘chasining Senatning yangi binosi (cobiq Tashqi ishlar vazirligi binosi) oldidagi Amir Temur va Sharof Rashidov ko‘chalari oralig‘idagi qismi transport harakati uchun yopildi.

Poytaxt hokimiyati haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qildi.

«Toshshahartransxizmat» AJ 1, 13, 19, 21, 22, 30, 37, 51, 67 va 85-sonli avtobuslar yo‘nalishida vaqtinchalik o‘zgarishlar bo‘lganini ma’lum qildi.