5 noyabr kuni poytaxt hokimligi Toshkentning Chilonzor tumanidagi Mahmudjon G‘afurov ko‘chasida transport vositalarining harakatlanishi 5 kunga cheklangani haqida xabar bergan edi.

Ushbu ko‘chada yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 6 noyabr kuni soat 07:00 dan 10 noyabr kuni soat 20:00 ga qadar transport vositalarining harakatlanishi cheklanishi aytilgan edi.

Hokimlikning 10 noyabr kuni ma’lum qilishicha, yo‘l qismida qo‘shimcha ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli, harakatlanishning cheklanishi 15 noyabr kuniga qadar davom etadi.

Avvalroq Ahmad Donish ko‘chasining Amir Temur shoh ko‘chasi bilan kesishmasidan Nurafshon ko‘chasigacha bo‘lgan oralig‘idagi ikki tomonlama yo‘lning bir tomoni 7 noyabrdan 17 noyabrgacha qisman yopilishi haqida xabar berilgan edi.