Toshkent shahrida ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli Ahmad Donish ko‘chasining Amir Temur shoh ko‘chasi bilan kesishmasidan Nurafshon ko‘chasigacha bo‘lgan oralig‘idagi ikki tomonlama yo‘lning bir tomoni 7 noyabrdan 17 noyabrgacha qisman yopiladi.

Poytaxt hokimligi haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qildi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Toshkentda Islom Karimov ko‘chasi bir кунгаёпилган edi.