Qishki ta’til kunlari uzaytirilishi munosabati bilan Toshkent-Termiz va Toshkent-Urgancha yo‘nalishida 21−22 yanvar kunlari qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.
TerDU akademik litseyi qozonxonasidagi portlash oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, yana bir kishi tan jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan edi. Qozonxonada sovuqlar boshlanganidan beri ketma-ket muammolar kuzatilgan. Hozirda litsey rahbariyati tergovga jalb etilgan. «Gazeta.uz» muxbiri voqeani o‘rgandi.
Termizda sobiq «Yubileyniy» bozorining 9 nafar ishchisi yangi joyga ko‘chirishga qarshilik qilganlari uchun jarimaga tortildi, 4 kishi esa 5 sutkaga ma’muriy qamoqqa olindi. Avvalroq IIB xodimlari ayol kishini avtobusga majburan olib ketayotgani aks etgan video tarqalgan edi.
Yangi yil bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarni tashishni tashkil qilish maqsadida 17−29 dekabr va 2−15 yanvar kunlari Toshkent — Termiz — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.
Tarmoqlarda Termizdagi harbiy qismlarning birida xizmat o‘tayotgan qarshilik yigit vafot etgani haqida xabar tarqaldi. Mudofaa vazirligi uning sog‘ligidagi shikoyat uchun klinik gospitalga yotqizilgani va operatsiyadan so‘ng yigitda biologik o‘lim qayd etilganini ma’lum qildi.
Termizning sobiq hokimi va uning o‘rinbosarlari davlat, jamiyat va tadbirkorlar manfaatlariga 35,6 mlrd so‘m zarar yetkazgani ma’lum qilindi. Bosh prokuratura tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida jami 11 nafar shaxsga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Qurilish vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan O‘ktam To‘rayev Termiz shahriga hokim etib tayinlandi.
Termiz davlat muzey-qo‘riqxonasida olib borilgan o‘rganishlar davomida 58 nomdagi ashyolar muzey fondida yo‘qligi, 24 tasi o‘lchami, ishlanish uslubi va yaratilgan davri bo‘yicha mos kelmasligi aniqlandi. Keltirilgan zarar qiymati esa qariyb 3,5 mlrd so‘mga baholandi.
«Gazeta.uz» muxbiri Amudaryo o‘rtasidagi Payg‘ambar orolida sodir bo‘lgan voqeada yaralangan 6 nafar afg‘onistonlik davolanayotgan Termiz shahridagi shoshilinch tibbiy yordam markazining filialiga bordi. Jabrlanuvchilardan biri oyog‘idan yaralangani, qolganlari esa yengil tan jarohatlari olgani ma’lum bo‘ldi.
Surxondaryoning Termiz tumanida fermer xo‘jaligiga tegishli 30 sotix yer maydonini 105 mln so‘mga sotishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi. Tekshiruv davomida gumonlanuvchi aybiga iqror bo‘lib, 15 mln so‘mni qaytargan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Termizning Alisher Navoiy ko‘chasida mast holatdagi haydovchi Damas mashinasida katta tezlikda harakatlanib, yo‘lni kesib o‘tayotgan 83 yoshli qariyani urib yubordi.
Madaniy meros agentligi Surxondaryo viloyatidagi «Xo‘jayikon» tuz g‘oridan Sherobod tuman tibbiyot birlashmasi hujjatlarsiz foydalanib kelayotganini ma’lum qildi. Tuz g‘ori 2019 yilda Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan.
Termizdagi «Alpomish» kurash majmuasi binosi tomining qariyb yarmi favqulodda vaziyat tufayli qulab tushdi. Qurilish vazirligi buzilgan tom qismi yaroqsiz holatga kelganini ma’lum qildi.
«Tolibon» matbuot kotibi o‘rinbosari Inomulla Samangoniy ISHIDning Xuroson bo‘limi jangchilari Afg‘oniston hududidan O‘zbekistonga raketalar uchirishga uringani, biroq snaryadlar o‘zbek chegarasigacha yetib bormaganini tasdiqladi. U Afg‘oniston hech kimga o‘z hududidan qo‘shni davlatlar xavfsizligiga tahdid qilishga yo‘l qo‘ymasligini bildirdi. Shunga qaramasdan, mamlakat muvaqqat hukumati TIV o‘qqa tutish holatini rad etdi.
Termizdagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida gumanitar, pedagogika va muhandislik sohalari bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Unda 345 nafar afg‘onistonlik bepul tahsil olishi mumkin bo‘ladi. Yevropa Ittifoqi mazkur tashabbus uchun 1 mln yevro ajratdi.
oktabr-noyabr oylarida Termizga yetkazilgan 40 tonnaga yaqin insonparvarlik yuki BMT Qochqinlar bo‘yicha agentligi tomonidan yuk mashinalarida Afg‘onistonga jo‘natildi.
Termizda sodir bo‘lgan YTHda shahar obodonlashtirish bo‘limida ishlaydigan ayol jarohatlandi. Ijtimoiy tarmoqlarda uni prezidentni kutib olish uchun tashkil etilgan kortejdagi avtomobil urib yuborgani haqida xabar tarqalgan. Biroq YHXBB ushbu ma’lumotni rad etdi. Jabrlanuvchining ahvoli og‘ir.
Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi umumta’lim maktabida yong‘in yuzaga keldi. Hodisa oqibatida bino 2-qavatining taxminan 120 kv.m maydoni ichki va tom qismi yonib zaralangan. Tan jaroxati olganlar yo‘q.
Termizda maktab o‘quvchisi bo‘lgan voyaga yetmagan qizning nomusiga tegish holati Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan nazoratga olindi. Senator Farhod Boqiyev shahar IIO FMB jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etgani va bir yildan ziyodroq vaqt mobaynida gumondorga chora ko‘rilmaganini ma’lum qildi.
Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikda uzunligi 21 km bo‘lgan Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lining ikkita uchastkasini rekonstruksiya qilish loyihasi amalga oshiriladi. Loyihaga 35,1 mln dollar miqdorida kredit ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting