22-iyun kuni Surxondaryo viloyati Termiz shahrida ob-havo sharoiti tufayli chang-g‘ubor hodisasi kuzatilmoqda, deb xabar berdi O‘zgidromet xizmati agentligi.

Havoning ifloslanishini avtomatik monitoring qilish stansiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, soat 09:00 da atmosfera havosidagi mayda dispersli PM10 zarrachalarining miqdori 7192 mkg/m3 ni tashkil etgan va ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan 14 baravar oshib ketgan. Shamol tezligi 5−7 m/s, ko‘rinish 500 metrni tashkil etgan.

Soat 10:00 da havodagi PM10 miqdori 6241 mkg/m3 yoki ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan 12 baravar yuqori bo‘lgan. Shamol tezligi 7−9 m/s, ko‘rinish 700 metrni tashkil etgan.

Soat 11:00 da PM10 indeksi 5739 mkg/m3 ga tushgan yoki normadan 12 baravar yuqori. Shamol tezligi 7−9 m/s, ko‘rinish 700 metrni tashkil etgan.

Soat 12:00 da bu ko‘rsatkich 4542 mkg/m3 ni tashkil etdi — me’yordan 9 baravar yuqori. Shamol tezligi — 5−9 m/s, ko‘rish — 1000 metr.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Shahar aholisiga ochiq havoda bo‘lmaslik, turar joydan chiqmaslik va derazalarni berkitish tavsiya etildi. Ochiq havoda bo‘lganda, niqob va ko‘zoynak taqish kerakligi bildirildi.