Termiz shahrida savdo sohasida faoliyat yurituvchi MCHJ rahbari chet el fuqarosidan unga O‘zbekistonda doimiy yashash guvohnomasini rasmiylashtirib berish evaziga 7000 dollar talab qilgani aytilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Jarayon davomida fuqaro so‘ralgan puldan 6000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.