«termiz» tegli maqolalar


Chegarada yaralangan Afg‘oniston fuqarolarining ahvoli yaxshi deb baholanmoqda
24 avgust 2022, 17:08

Chegarada yaralangan Afg‘oniston fuqarolarining ahvoli yaxshi deb baholanmoqda

«Gazeta.uz» muxbiri Amudaryo o‘rtasidagi Payg‘ambar orolida sodir bo‘lgan voqeada yaralangan 6 nafar afg‘onistonlik davolanayotgan Termiz shahridagi shoshilinch tibbiy yordam markazining filialiga bordi. Jabrlanuvchilardan biri oyog‘idan yaralangani, qolganlari esa yengil tan jarohatlari olgani ma’lum bo‘ldi.

Surxondaryoda 30 sotix yerni 105 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
18 avgust 2022, 11:12

Surxondaryoda 30 sotix yerni 105 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Surxondaryoning Termiz tumanida fermer xo‘jaligiga tegishli 30 sotix yer maydonini 105 mln so‘mga sotishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi. Tekshiruv davomida gumonlanuvchi aybiga iqror bo‘lib, 15 mln so‘mni qaytargan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Termizda mast haydovchi Damas mashinasida keksa piyodani urib yubordi
5 avgust 2022, 09:03

Termizda mast haydovchi Damas mashinasida keksa piyodani urib yubordi

Termizning Alisher Navoiy ko‘chasida mast holatdagi haydovchi Damas mashinasida katta tezlikda harakatlanib, yo‘lni kesib o‘tayotgan 83 yoshli qariyani urib yubordi.

Surxondaryodagi «Xo‘jayikon» tuz g‘oridan tuman tibbiyot birlashmasi noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi
20 iyul 2022, 12:50

Surxondaryodagi «Xo‘jayikon» tuz g‘oridan tuman tibbiyot birlashmasi noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi

Madaniy meros agentligi Surxondaryo viloyatidagi «Xo‘jayikon» tuz g‘oridan Sherobod tuman tibbiyot birlashmasi hujjatlarsiz foydalanib kelayotganini ma’lum qildi. Tuz g‘ori 2019 yilda Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan.

Surxondaryoda kurash majmuasi tomining yarmi qulab tushdi
7 may 2022, 23:27

Surxondaryoda kurash majmuasi tomining yarmi qulab tushdi

Termizdagi «Alpomish» kurash majmuasi binosi tomining qariyb yarmi favqulodda vaziyat tufayli qulab tushdi. Qurilish vazirligi buzilgan tom qismi yaroqsiz holatga kelganini ma’lum qildi.

ISHID raketalari O‘zbekistongacha yetib bormadi — «Tolibon»
20 aprel 2022, 18:08

ISHID raketalari O‘zbekistongacha yetib bormadi — «Tolibon»

«Tolibon» matbuot kotibi o‘rinbosari Inomulla Samangoniy ISHIDning Xuroson bo‘limi jangchilari Afg‘oniston hududidan O‘zbekistonga raketalar uchirishga uringani, biroq snaryadlar o‘zbek chegarasigacha yetib bormaganini tasdiqladi. U Afg‘oniston hech kimga o‘z hududidan qo‘shni davlatlar xavfsizligiga tahdid qilishga yo‘l qo‘ymasligini bildirdi. Shunga qaramasdan, mamlakat muvaqqat hukumati TIV o‘qqa tutish holatini rad etdi.

Surxondaryoda Afg‘oniston fuqarolari uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etiladi
8 aprel 2022, 11:46

Surxondaryoda Afg‘oniston fuqarolari uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etiladi

Termizdagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida gumanitar, pedagogika va muhandislik sohalari bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Unda 345 nafar afg‘onistonlik bepul tahsil olishi mumkin bo‘ladi. Yevropa Ittifoqi mazkur tashabbus uchun 1 mln yevro ajratdi.

Termizdagi gumanitar yordam yuk mashinalarda Afg‘onistonga jo‘natildi
15 dekabr 2021, 17:35

Termizdagi gumanitar yordam yuk mashinalarda Afg‘onistonga jo‘natildi

oktabr-noyabr oylarida Termizga yetkazilgan 40 tonnaga yaqin insonparvarlik yuki BMT Qochqinlar bo‘yicha agentligi tomonidan yuk mashinalarida Afg‘onistonga jo‘natildi.

YHXBB Termizdagi avariyaga prezident korteji aloqadorligini rad etdi
3 iyun 2021, 17:12

YHXBB Termizdagi avariyaga prezident korteji aloqadorligini rad etdi

Termizda sodir bo‘lgan YTHda shahar obodonlashtirish bo‘limida ishlaydigan ayol jarohatlandi. Ijtimoiy tarmoqlarda uni prezidentni kutib olish uchun tashkil etilgan kortejdagi avtomobil urib yuborgani haqida xabar tarqalgan. Biroq YHXBB ushbu ma’lumotni rad etdi. Jabrlanuvchining ahvoli og‘ir.

Termizdagi maktabda yong‘in sodir bo‘ldi
17 may 2021, 11:21

Termizdagi maktabda yong‘in sodir bo‘ldi

Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi umumta’lim maktabida yong‘in yuzaga keldi. Hodisa oqibatida bino 2-qavatining taxminan 120 kv.m maydoni ichki va tom qismi yonib zaralangan. Tan jaroxati olganlar yo‘q.

Termizda voyaga yetmagan qizni zo‘rlagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etilgan
9 aprel 2021, 20:13

Termizda voyaga yetmagan qizni zo‘rlagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etilgan

Termizda maktab o‘quvchisi bo‘lgan voyaga yetmagan qizning nomusiga tegish holati Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan nazoratga olindi. Senator Farhod Boqiyev shahar IIO FMB jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etgani va bir yildan ziyodroq vaqt mobaynida gumondorga chora ko‘rilmaganini ma’lum qildi.

Toshkent-Termiz avtomobil trassasi rekonstruksiyasiga 40 mln dollardan ortiq mablag‘ ajratiladi
5 yanvar 2021, 11:57

Toshkent-Termiz avtomobil trassasi rekonstruksiyasiga 40 mln dollardan ortiq mablag‘ ajratiladi

Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikda uzunligi 21 km bo‘lgan Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lining ikkita uchastkasini rekonstruksiya qilish loyihasi amalga oshiriladi. Loyihaga 35,1 mln dollar miqdorida kredit ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Surxondaryo prokuraturasi xodimlari avariyaga uchradi: ikki kishi vafot etdi
12 noyabr 2020, 15:50

Surxondaryo prokuraturasi xodimlari avariyaga uchradi: ikki kishi vafot etdi

Termiz tumanida temir yo‘l kesishmasida teplovoz va prokuratura xizmat avtomashinasi to‘qnashdi. Avtohalokat oqibatida ikki nafar prokuratura xodimi vafot etdi, viloyat prokurori o‘rinbosari jarohatlandi.

Yana bir nafar koronavirus bemori vafot etdi
10 iyul 2020, 16:35

Yana bir nafar koronavirus bemori vafot etdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan 67 yoshli termizlik bemor (erkak kishi) miokard infarkti, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 53 nafarga yetdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting