O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga ikkita birinchi o‘rinbosar va o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, Madaniyat vazirligida O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abduraxmanov hamda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda tashkiliy masala ko‘rilib, jamoaga madaniyat vazirining yangi tayinlangan o‘rinbosarlari tanishtirildi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2023-yil 27-sentabrdagi qaroriga muvofiq Bahodir Madjidovich Ahmedov madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U mazkur tayinlovga qadar madaniyat vazirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Baxodir AxmedovBaxodir Axmedov

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2023-yil 30-oktabrdagi qaroriga asosan Avazxon Baxadirovich Tadjixanov madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Adliya vazirligi “Konvension markaz majmuasi direksiyasi” DUK direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Avazxon Baxadirovich Tadjixanov. Foto: Madaniyat vazirligiAvazxon Baxadirovich Tadjixanov. Foto: Madaniyat vazirligi

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2023-yil 27-sentabrdagi qaroriga muvofiq Yusufjon Kamoldinovich Usmonov madaniyat vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Mazkur tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining Iqtisodiyot, davlat investitsiya dasturlari va jamoat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini audit qilish sho‘basi bosh inspektori lavozimida faoliyat yuritgan.

Yusufjon Kamoldinovich UsmonovYusufjon Kamoldinovich Usmonov