Azizov Abdulla Abdisalamovich Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlandi, deya xabar qildi O‘zA.

Tayinlovga qadar u “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisining Raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Ma’lumot uchun, Abdulla Azizov 2019-yilning sentabr oyida O‘zbekiston prezidentining qaroriga binoan Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Undan oldin u Daniya qirolligida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ishlagan.