«tadbirkorlar bilan muloqot» tegli maqolalar


23 avgust 2021, 12:17

Prezident tadbirkorlar bilan uchrashuvda e’lon qilgan eng muhim o‘zgarishlar

Shavkat Mirziyoyev 20 avgust kuni tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Unda kreditlar endi faqat so‘mda berilishi, mikromoliya tashkilotlari uchun yengilliklar, biznes uchun soliq yukini kamaytirish, yer sotish va xususiylashtirish, infratuzilma yaratish, eksportyorlarni qo‘llab-quvvatlash, transport-logistika tizimini rivojlantirish va tadbirkorlikka oid tartiblarni soddalashtirish yo‘nalishlarida qator yangiliklar e’lon qilindi. «Gazeta.uz» ushbu uchrashuvda ta’kidlangan barcha muhim o‘zgarishlarni taqdim etadi.

21 avgust 2021, 22:24

Hokimiyatlar tadbirkorlardan «snos» uchun 123 mlrd so‘m qarzdor

Bino va inshootlarning buzilishi munosabati bilan hokimiyatlar tadbirkorladan 123 mlrd so‘m qarzdor. Prezident hokimlarga 1 sentyabrga qadar kompensatsiyalarni to‘lab berish vazifasini topshirdi. «Bir so‘m ham qarzdorlik qolmasligi shart», — dedi u.

20 avgust 2021, 12:51

“Soliq idoralari qo‘llayotgan ayrim jarimalar soni ortgani meni xavotirga solmoqda” — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev soliq idoralari qo‘llayotgan ayrim jarimalar soni va miqdorining ortgani uni xavotirga solayotganini ta’kidladi. Soliq ma’murchiligini soddalashtirish, soliq idoralarining nazorat funksiyalarini takomillashtirish yuzasidan, jiddiy choralarni amalga oshirish zarurligi aytildi.

20 avgust 2021, 11:53

«Inflyatsiya darajasini joriy yilda 10 foizga, kelgusi ikki yilda 5 foizga tushirishni reja qilganmiz» — prezident

Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan muloqotda hamma arzon kredit olishni xohlashini, biroq foizni sun’iy pasaytirish bozordagi muvozanatga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi. «Lekin, kredit foiz stavkalarini sun’iy pasaytirsak, pul bozoridagi muvozanat buziladi. Shuning uchun, iqtisodiyotga arzon kredit beramiz deb, makroiqtisodiy barqarorlikni unutib qo‘ymasligimiz lozim», — dedi davlat rahbari.

20 avgust 2021, 11:41

Banklarga beriladigan kreditlar muddatini cheklash amaliyoti bekor qilinadi

Prezident tadbirkorlarga kreditni milliy valyuta — “so‘m"da va biznes vakillari uchun maqbul foizlarda berish tizimi yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi. 1 oktyabrdan ilgari 1 mln dollargacha xorijiy valyutada olingan 6 mingga yaqin tadbirkorning jami 1 mlrd dollarga yaqin kreditlari milliy valyutaga o‘tkazib berilishi aytildi.

20 avgust 2021, 11:34

2022 yili davlat va nodavlat banklarga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan $600 mln dollar ajratiladi

Ishbilarmonlar bilan muloqot davomida Shavkat Mirziyoyev ishbilarmonlardan kelib tushgan murojaatlarning 40 foizi biznesni moliyalashtirish va moliya-kredit masalalari bilan bog‘liq ekanligini ma’lum qildi. “Banklarning kapitalini oshirish bo‘yicha, qo‘shimcha imkoniyatlar ishga solinadi. Buning uchun kelgusi yilda banklarga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan bozor tamoyillari asosida, qo‘shimcha 600 million dollar ajratiladi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

20 avgust 2021, 11:05

«Iqtisodiyotimizni yanada yuksaltiramiz desak, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni yaratishimiz zarur» — prezident

Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan bo‘layotgan ochiq muloqotda tadbirkorlar iqtisodiyot va islohotlar tayanchi hamda lokomotiviga aylanganini ta’kidladi. So‘nggi 3−4 yilda tadbirkor uchun kredit va subsidiya olish, litsenziya, ko‘chmas mulk va resurslarga ega bo‘lish, eksport kabi masalalarda,ko‘plab yangi-yangi imkoniyat va sharoitlar yaratilgani aytildi.

20 avgust 2021, 10:46

“Hokim, bosh vazir bo‘lganimda tadbirkorlar muammolarini bilardim, ularga yechim topish armonim bor edi” — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston tadbirkorlari bilan ochiq muloqoti boshlandi. U tadbirkorlar bilan ishlamayotgan hokimlarni tanqid qildi. “Prezident vaqt topayapti, nega hokimlar vaqt topmaydi? Mana hozir viloyat, shahar, tumanlarni hokimlari o‘tiribdi, ular yaxshilab eshitib olishi kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

4 avgust 2021, 11:40

«Boshidan o‘tkazgan biladi». Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarning muammolari haqida

Prezident videoselektor yig‘ilishida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot uchun murojaatlarni qabul qilish muddati 10 avgustgacha uzaytirilganini ma’lum qildi. Shu bois, uchrashuv kelgusi hafta o‘tkazilishi aytildi. «Kim tizimdagi muammoni biladi? Boshidan o‘tkazgan biladi», — dedi u. Mutasaddilarga hech bir murojaatni o‘z holiga tashlab qo‘ymaslik bo‘yicha topshiriq berildi.

2 avgust 2021, 15:29

Prezident va tadbirkorlar uchrashuvi qoldirilganiga izoh berildi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov davlat rahbarining tadbirkorlar bilan kutilayotgan uchrashuvi nima sababdan qoldirilganiga izoh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirga qadar 10 mingga yaqin murojaat kelib tushgan va ularning 40 foizi hal etilgan. Murojaatlar dinamikasidan kelib chiqib, uchrashuv kuni qoldirilgan va takliflarni qabul qilish 5 avgustgacha davom etadi. Bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzoqov esa uchrashuvda ishbilarmonlarning qaysi qatlami ishtirok etishini ma’lum qildi.

20 iyul 2021, 22:16 1

Prezident tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazadi. Davlat rahbariga savollar, biznes muhitini yaxshilash bo‘yicha g‘oya va takliflarni 31 iyulga qadar yuborish mumkin.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting