Sariosiyo tumanida mahalla raisining xonadonida janjal ko‘targan fuqaro uyiga kelgan profilaktika inspektoriga bolta bilan hujum qildi. IIB xodimi shifoxonaga yetkazildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi qamoqqa olindi.
31-may kuni tongda Sho‘rchi tumanidagi 2 qavatli aralash mollar savdo do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi. Uning oqibatida binoning 2-qavati yonib zararlandi. Yong‘in sababi aniqlanmoqda.
Muzrabot tumanida mastligi aytilgan erkakni urib, unga kuch ishlatgan IIB xodimi “mansab vakolatidan chetga chiqqan” deb topildi va harakatlari yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovning borishini prokuratura nazoratga olgan.
Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan Surxondaryoning Sariosiyo tumanida 200 o‘rinli sanatoriy qurilmoqda. 7 qavatli binoning umumiy qiymati 110 mlrd so‘mga teng.
Uzun tumanida Gentra avtomashinasi jarlikka qulashi oqibatida ikki kishi vafot etdi. Holatga haydovchining tog‘li yo‘llarda xavfli burilishlarga e’tibor bermay harakatlangani sabab bo‘lgan.
Juma kuni tushdan so‘ng O‘zbekistonning janubiy qismi, xususan, Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida chang bo‘ronlari sodir bo‘ldi.
Surxondaryoning Vochax qishlog‘ida 30-aprel kuni referendum o‘tkazilmagani, qishloq ahliga byulleten ham berilmagani aytilgandi. MSK mazkur hudud uchun ko‘chma quti yuborilgani, biroq aksariyat fuqarolar chorva mollariga qarash uchun tog‘ga chiqib ketgani sababli yashash manzilida bo‘lmaganini ma’lum qildi.
Uzun tumanidagi 31-maktabda o‘qituvchilarni do‘pposlagan shaxs ushlandi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Vazir Hilola Umarova holatga munosabat bildirib, video e’lon qildi.
Uzun tumanidagi maktabda bir erkak o‘qituvchilarni do‘pposlayotgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holat ishchi guruh tomonidan o‘rganilayotgani, Bosh prokuratura esa o‘rganish natijalari qonun doirasida ko‘rib chiqilishini bildirdi.
Uzun tumanida YPX inspektori fuqarodan 800 dollar olayotganda ushlangani aytilmoqda. Xodim haydovchiga mashinasining oynalarini ruxsatnomasiz qoraytirib olgan uchun hujjat rasmiylashtirmaslikni va’da qilgan. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Uzun tumanidagi Bobotog‘ massivida yuk mashinasi jarlikka qulab, haydovchi voqea joyida halok bo‘ldi. Holatga uning harakatlanish uchun mo‘ljallanmagan yo‘ldan yurgani va boshqaruvni yo‘qotgani sabab bo‘lgan.
Tabiat resurslar vazirligi va BMT agentliklarining Surxondaryoda o‘rmon barpo etish loyihasida 200 ga yaqin o‘zbekistonlik va 413 nafar afg‘onistonlik ishtirok etdi. Loyiha doirasida Termiz shahri va viloyatning to‘rtta tumanidagi tashkil etilgan 100 gektar yashil hudud va istirohat bog‘lariga ko‘chatlar ekildi.
Anvar Oripov Surxondaryo viloyati hokimiga moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosar, Farhodjon Ismoilov esa qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosar etib tayinlandi.
Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga tashrifi vaqti aholining yo‘llar bo‘yicha e’tirozlari tasdig‘ini «o‘z ko‘zi bilan ko‘rish» maqsadida ta’mirtalab yo‘lda mashina haydadi. Prezident rulda o‘tirgan holda ommaga birinchi marta ko‘rinish berayotgani yo‘q.
O‘zbekiston prezidenti Surxondaryodagi Boysun-Denov yo‘nalishi bo‘ylab yo‘l sifati yuzasidan fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olib, sifatsiz yo‘lda Malibu haydadi. Shavkat Mirziyoyev bu yo‘llarda harakat qilib bo‘lmasligini ta’kidladi.
Prezident Surxondaryoga o‘tgan yig‘ilishda viloyatga ijtimoiy muammolarni hal qilishga davlat dasturlarida ko‘zda tutilgan 1,5 trln so‘mga qo‘shimcha ravishda 465 mlrd so‘m ajratilishini ma’lum qilindi. Shuningdek, agrar soha, ichimlik suvi va tadbirkorlik loyihalariga qo‘shimcha 328 mln dollar jalb qilinadi.
2022 yil dekabrdan beri Surxondaryo viloyatini vaqtincha boshqarib kelayotgan Ulug‘bek Qosimov viloyat hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Shavkat Mirziyoyev «katta davlatlar» O‘zbekistondan qaror qabul qilib, taraf tanlashni so‘rayotgani haqida gapirdi. Gap Rossiyaning Ukrainaga qarshi mojarosi haqida ketmoqda. «Bir tomonman. Millatim, xalqim, buyuk O‘zbekistonimning manfaati uchun o‘lishga ham tayyorman, deb javob beraman», — dedi prezident.
13 mart kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrif buyuradi. Davlat rahbari xalq deputatlari viloyat kengashi sessiyasida ishtirok etadi, sanoat va qishloq xo‘jaligi bilan tanishadi, harbiy maskanlarda ham bo‘ladi.
Surxon davlat qo‘riqxonasida «Qizil kitob»ga kiritilgan morxo‘r otib o‘ldirildi. Oqibatda yovvoyi hayvonot dunyosiga 180 mln so‘m zarar yetdi. Uni ovlaganlar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting