Surxondaryo viloyati Termiz shahrida 3-iyun kuni uchta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuzaga keldi, deb xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.

Alisher Navoiy va Termiz ko‘chalari kesishgan chorrahada Matiz, Nexia-3 va Cobalt mashinalari to‘qnashgan.

Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q.

To‘qnashuvda Nexia-3 mashinasida yong‘in kuzatilgan va u bartaraf etilgan.

IIB surishtiruv olib borilayotgani, YTH sabablari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qildi.