2022-yil aprel oyi oxirida O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov va Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov prezident Shavkat Mirziyoyevga Samarqand shahri va Samarqand aglomeratsiyasining 2031-yilgacha mo‘ljallangan transport bosh rejasini taqdim etgan. Loyiha vazirlik huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi hamda Samarqand hokimligi buyurtmasi asosida SIMETRA mutaxassislari tomonidan shu sohaga ixtisoslashgan tashkilotlar vakillaridan iborat maxsus ishchi guruh ishtirokida ishlab chiqilgan.

Transport bosh rejasiga ega yagona shahar

Loyiha saytida mln aholiga ega shaharga aylanishga intilayotgan Samarqand mintaqaning turistik poytaxti ekani va sayyohlarni tobora ko‘proq jalb etishi ta’kidlangan. Shaharda piyodalar va barcha transport turlarining harakatlanishi uchun xavfsiz va qulay sharoitlar yaratish, transport harakatini boshqarish samaradorligini oshirish va transportning atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish zarur. Shahar yo‘lovchi tashish transportini, jumladan, tramvaylarni rivojlantirish orqali har kuni shaxsiy avtomashinalarda harakatlanuvchi (loyiha ishlab chiqilayotgan vaqtda 592 ming kishi) va jamoat transportida (330 mingga yaqin) qatnovchi aholi soni o‘rtasidagi tafovutni yumshatish mumkin.

“Hayot tezlashdi, odamlarning harakatchanligi oshdi. Ammo jamoat transporti avvalgidek qolmoqda. Yo‘llarni kengaytirish bilan tirbandlik muammosini hal qilib bo‘lmaydi. Jamoat transportiga ustuvorlik berish kerak. Jahon tajribasiga qarang. „Aqlli“ svetoforlar o‘rnatish va yo‘l harakatini onlayn nazorat qilish orqali ko‘chalarning o‘tkazuvchanligini oshirish zarur. Kelgusida barcha shaharlarimizda buni amalga oshiramiz. Bunda Samarqand namuna bo‘lishi kerak”, — degandi O‘zbekiston prezidenti.

Samarqandliklar ishlarning borishini kuzatishi va loyiha ishchi guruhiga o‘z takliflarini bildirishi uchun ommaviy axborot resursi — samarkand-transport.uz sayti yaratildi. Mutaxassislar avtobus bekatlarida va jamoat transportida yo‘lovchilar oqimini keng ko‘lamda o‘rganib chiqdi va transport vositalari tezligi o‘lchovlarini to‘pladi.

Natijada matematik transport modeli ishlab chiqildi — u transport tizimining “raqamli egizagi” bo‘lib, u orqali transport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha har qanday gipotezalarni sinab ko‘rish mumkin.

Tramvay tarmog‘ini rivojlantirish avtobus qatnoviga nisbatan jiddiy afzalliklarga ega ekanini hisobga olib, bosh rejada tramvay infratuzilmasini bosqichma-bosqich rivojlantirish, yangi liniyalar qurish, deponi rekonstruksiya qilish va yangi vagonlar olish, shuningdek, aglomeratsion temiryo‘l yo‘nalishini ishga tushirish nazarda tutildi.

Aholiga yuqori sifatli jamoat transporti xizmatlarini ko‘rsatish uchun muhandislar ajratilgan yo‘laklar tarmog‘ini joriy etishni taklif qildi. Ko‘chalarning o‘ng qatorlarida yettita ajratilgan bo‘lak (40,4 km) va Gagarin ko‘chasida avtobuslar uchun ko‘cha o‘rtasidan o‘tuvchi alohida yo‘lak yaratish taklif etildi.

Shahar bo‘ylab transport-almashish joylari va o‘sha hududdagi parkovkalar hamda transport detektorlarini o‘rnatgan holda harakatni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish taklif qilindi.

Shaharning tarixiy qismida shaxsiy transport vositalari harakati taqiqlanadigan piyodalar ko‘chalarining qo‘shimcha uchastkalarini yaratish taklif etildi. Aholining individual harakatlanish vositalariga qiziqishi ortib borayotganini hisobga olib, muhandislar velosiped infratuzilmasini rivojlantirishni kechiktirmaslikni maslahat berdi.

Bundan tashqari, hujjatda ko‘cha-yo‘l tarmoqlarini rekonstruksiya qilish, shuningdek, yo‘l o‘tkazgichlar qurish bo‘yicha ham takliflar bor edi. Lekin ularni shaharning markaziy qismida qurish nazarda tutilmagandi.

Bosh rejadan og‘ish

2021-yil oxirida — Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti arafasida Samarqand shahridagi Rudakiy va Bo‘stonsaroy ko‘chalari kesishmasida birinchi tunnel foydalanishga topshirilgan. Rasmiylar bu bilan to‘xtab qolish niyatida emas.

александр девяткин, владимир vaлдин, yo‘l o‘tkazgich, мuрод абидов, самарқанд, transport bosh rejasi, tunnel

Prezidentga transport bosh rejasi taqdim etilganidan bir yil o‘tib, 2023-yil mart oyida Abu-Dabi taraqqiyot jamg‘armasining 17 yillik krediti hisobidan Gagarin ko‘chasi bo‘ylab ikkita tunnel qurish rejalari haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Bu loyihada shu ko‘cha bo‘ylab — temiryo‘l va Siyob kanali ustidan o‘tuvchi ikkita ko‘prik qurilishi ham ko‘zda tutilgan. Loyiha prezidentning 2022-yil sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan bo‘lib, shahar suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishni ham nazarda tutadi.

Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Akmal Shukurov mart oyida bo‘lib o‘tgan taqdimotda xalqaro tender natijalariga ko‘ra umumiy qiymati 84,2 mln dollar bo‘lgan ikkita tunnel va ikkita ko‘prik qurilishi loyihasini Samarqandning Me’mor Utkir Chovka korxonasi va Xitoyning Shaanxi Road and Bridge Group kompaniyasidan iborat konsorsium amalga oshirishini ma’lum qilgan.

Gagarin va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari kesishmasida tunnel qurilishi jarayoni.Gagarin va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari kesishmasida tunnel qurilishi jarayoni.

Gagarin va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari kesishmasidagi tunnelning boshlanish qismi.Gagarin va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari kesishmasidagi tunnelning boshlanish qismi.

Harakat qismi va turar joylar orasidagi masofa qisqardi. Daraxtlar olib tashlanishi aniq.Harakat qismi va turar joylar orasidagi masofa qisqardi. Daraxtlar olib tashlanishi aniq.

Gagarin va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari kesishmasidagi birinchi tunnelni qurish allaqachon boshlangan, ikkinchisini esa Gagarin va Rudakiy ko‘chalari kesishmasida qurish rejalashtirilgan.

Shahar uchun ishlab chiqilgan va O‘zbekistonning boshqa shaharlariga namuna bo‘lishi kerak bo‘lgan transport bosh rejasida Gagarin ko‘chasida tunnel qurilishi ko‘zda tutilmagandi.

Gagarin va Rudakiy ko‘chalari chorrahasi.Gagarin va Rudakiy ko‘chalari chorrahasi.

Tunnel qurilishi loyihalarini taqdim etarkan, viloyat hokimligi ularning ijobiy va salbiy tomonlari haqida ma’lumot berdi. Rasmiylar “svetoforsiz chorrahalar” sababli “transport vositalarining to‘xtovsiz harakatlanishi”, “transport oqimining ko‘payishi” va “piyodalar uchun xavfsiz yerosti o‘tish joylari” yaratilishini “plyus” (qo‘shtirnoq “Gazeta.uz”dan) sifatida sanadi. Loyihaning salbiy tomonlari sifatida daraxtlarni ko‘chirish, chapga qayrilish uchun avtobuslar va boshqa transport vositalarining yo‘nalishlarini yuzlab metr nariga ko‘chirish zarurati qayd etilgan.

Gagarin va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari kesishmasida qurilayotgan tunnel uchun qurilish materiallari.Gagarin va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari kesishmasida qurilayotgan tunnel uchun qurilish materiallari.
.

Hokimlik tomonidan loyihaning “ijobiy” deb topilgan sifatlari qatorida salbiy jihatlari ham keltirilgan bo‘lishiga qaramay, loyihani amalga oshirish to‘liq shaklda davom etmoqda. Birinchi chorrahada tunnelning va o‘ngga burilish qismining izlarini hozirning o‘zida ko‘rish mumkin. Ikkinchisida esa qurilish ishlari hali boshlanmagan, biroq yoz davomida bu yerga suv, gaz, kanalizatsiya va boshqa kommunikatsiyalar uchun yangi quvurlar yotqizilgan bo‘lib, ular ko‘cha markazidan o‘tadigan quvurlar o‘rnini bosishi kerak. Ba’zi nuqtalarda turar joy binolariga yaqin joyda xandaqlar qazilgan.

Gagarin ko‘chasining Rudakiy ko‘chasi bilan kesishgan qismiga yaqin hududda kommunikatsiyaning ko‘chirilish jarayoni.Gagarin ko‘chasining Rudakiy ko‘chasi bilan kesishgan qismiga yaqin hududda kommunikatsiyaning ko‘chirilish jarayoni.

Samarqand OAV aholini ushbu ko‘chada tunnel qurish “shunchaki zarur” ekaniga ishontirmoqda. Mirzo Ulug‘bek va Gagarin ko‘chalari kesishmasi “shahardagi eng gavjum chorraha hisoblanadi. Bu yerda tirbandlik va YTHlar kam kuzatiladi, deb bo‘lmaydi”, — deya xabar bergandi aprel oyida STV telekanali.

“Yangi yo‘l o‘tkazgich ishga tushgandan keyin uning o‘tkazish quvvati kuniga 45 mingtagacha avtomobilni tashkil etadi”, deya ta’kidlab o‘tgan telekanal buni afzallik sifatida ko‘rsatib. “Piyodalar uchun ham qulayliklar yaratilgan, ular uchun yerosti o‘tish yo‘laklari quriladi”, — deya qayd etadi kanal. Unda, shuningdek, tunnel qurilishini “Xitoy va Turkiyadan hamkorlar kuzatib borayotgani” haqida xabar berilgan.

Gagarin ko‘chasining bir qismida o‘rtada joylashgan, harakatni mo‘’tadillashtiruvchi va qo‘shimcha soya beruvchi yashil yo‘lak mavjud.Gagarin ko‘chasining bir qismida o‘rtada joylashgan, harakatni mo‘’tadillashtiruvchi va qo‘shimcha soya beruvchi yashil yo‘lak mavjud.

“Gazeta.uz”ga Gagarin ko‘chasidagi tunnel qurilishi rejalaridan norozi bo‘lgan, kelajakda yashash va biznes qilish uchun muhit yomonlashishidan xavotirda bo‘lgan aholi va tijorat obyektlari egalaridan murojaat kelib tushdi. Tahririyat odamlarning fikrini bilish uchun Samarqandga o‘z muxbirlarini jo‘natdi, shuningdek, transport mutaxassislariga ham murojaat qildi, ular ushbu ko‘chada tunnel qurishga ehtiyoj ko‘rmayapti. Aholi ham, mutaxassislar ham kelajakda xatolarni tuzatishga to‘g‘ri kelmasligi uchun loyihani qayta ko‘rib chiqishga hali kech emas, deb hisoblaydi.

“Mahalliy hokimiyat takliflarimizni eshitmadi”

Gagarin ko‘chasi bo‘ylab quriladigan tunnel loyihasining eskizi. Rudakiy ko‘chasi bo‘ylab o‘tuvchi tramvayni ham o‘z ichiga oladi.Gagarin ko‘chasi bo‘ylab quriladigan tunnel loyihasining eskizi. Rudakiy ko‘chasi bo‘ylab o‘tuvchi tramvayni ham o‘z ichiga oladi.

Transport vazirligining Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi direktori Murod Abidov Samarqand shahrining transport bosh rejasini ishlab chiqqan ishchi guruh tarkibiga kirgandi. “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida u Gagarin ko‘chasida tunnellar qurilishi nazarda tutilmaganini va bu yerda ular kerak emasligini tasdiqladi.

“Biz Gagarin/Mirzo Ulug‘bek va Gagarin/Rudakiy chorrahalarida tunnel qurish rejalari haqida xabar topganimizdayoq zudlik bilan ushbu loyiha qurilishini asoslovchi texnik-iqtisodiy asosni ko‘rsatishni so‘radik”, — dedi ekspert.

“Temiryo‘l va kanal orqali o‘tadigan ko‘priklar boshqa masala, bular yangi Qorasuv massivining shahar tarmog‘i bilan barqaror transport aloqasini yaratish uchun zarur obyektlardir”, — dedi u.

Gagarin ko‘chasidagi temiryo‘l orqali o‘tuvchi, kengaytirilishi rejalashtirilayotgan ko‘prik.Gagarin ko‘chasidagi temiryo‘l orqali o‘tuvchi, kengaytirilishi rejalashtirilayotgan ko‘prik.

“Amalda bitta yirik chorraha ko‘chalarni kesib o‘tuvchi piyodalar uchun svetofor fazalarini hisobga olgan holda kuniga 130 mingga yaqin transport vositasini o‘tkaza oladi. Toshkent shahridagi ana shunday chorrahaga misol sifatida Navoiy va Samarqand darvoza ko‘chalarining Chorsudagi kesishmasini keltirish mumkin, bu yerda transport harakati haqiqatan ham zich. Samarqand shahridagi Gagarin ko‘chasida joylashgan ikkita chorrahada bunday oqim yo‘qligi aniq. Hech kim bizga bu kesishmalarda tunnel qurish zarurligiga asos ko‘rsatmadi”, — deya ta’kidladi Murod Abidov.

U transport bosh rejasida jamoat transporti yo‘nalishlari, oqimlar ishlab chiqilganini va Gagarin ko‘chasining ayrim uchastkalarida svetofor bilan tartibga solish hamda avtobus yo‘laklarini nazarda tutuvchi koridor yechimini amalga oshirish taklif etilganini aytdi.

“Ushbu chorrahalar bo‘yicha takliflarimiz chorrahalar dizaynini ozgina o‘zgartirish, yo‘nalishlar bo‘yicha oqimlarni kanallashtirish va avtobuslar harakatiga ustuvorlik berish, bekatlar orasidagi masofani qisqartirish bo‘lib, bu bir transportdan boshqasiga o‘tishda qulaylik yaratadi”, — dedi Murod Abidov.

Afsuski, mahalliy hokimiyat bizning takliflarimizga quloq solmadi va loyiha hali ham davom etmoqda”, — deya qayd etdi mutaxassis.

Gagarin va Rudakiy ko‘chalari chorrahasi bo‘yicha Samarqandning transport bosh rejasini ishlab chiqqanlar taklifi.Gagarin va Rudakiy ko‘chalari chorrahasi bo‘yicha Samarqandning transport bosh rejasini ishlab chiqqanlar taklifi.

“Svetoforli chorraha transport oqimini ko‘tara olmaydi, miflar mutlaqo asossiz. Agar svetoforlar bilan to‘g‘ri taqsimlangan bo‘lsa, oqimlarni har doim boshqarish mumkin”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Gagarin va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari chorrahasi bo‘yicha Samarqandning transport bosh rejasini ishlab chiqqanlar taklifi. Bu yerda jamoat transporti uchun ajratilgan bo‘laklar ko‘chaning o‘rtasi bo‘ylab joylashtirilgan.Gagarin va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari chorrahasi bo‘yicha Samarqandning transport bosh rejasini ishlab chiqqanlar taklifi. Bu yerda jamoat transporti uchun ajratilgan bo‘laklar ko‘chaning o‘rtasi bo‘ylab joylashtirilgan.

“Gazeta.uz”ning bosh rejada ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, nima uchun tunnel qurish to‘g‘risida qaror qabul qilingani haqidagi savoliga Samarqand viloyati hokimligi bosh reja tavsiyaviy xarakterga ega, deb javob berdi.

SIMETRA kompaniyasining jamoat transporti sohasidagi yechimlar bo‘yicha direktori Vladimir Valdinning “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida aytishicha, Gagarindagi yangi yo‘l o‘tkazgichlar “Navoiy ko‘chasida joylashgan, boshqariladigan chorrahadagi tirbandlikni, albatta, oshiradi. Aniqrog‘i, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi bilan kesishmadagi yo‘l o‘tkazgich Amir Temur ko‘chasi bilan chorrahadagi tirbandlikni oshiradi. Chunki avtomobillar tunnellar orqali, albatta, tezroq harakatlanadi, lekin faqat keyingi chorrahaga qadar”.

“Bu transport harakati ochilgandan keyin juda tez sodir bo‘ladi. Bu — lahzalik effekt. Vaqt o‘tishi bilan yangi transport vositalari foydalanuvchilari jalb etilishi tufayli tirbandliklar ko‘payadi. Umuman olganda, Navoiy va Amir Temur ko‘chalari chorrahasidagi tirbandliklar obyekt foydalanishga topshirilgandan so‘ng darhol kuchayadi”, — dedi u.

Samarqandda tramvay ustuvorlikka ega emas, u yo‘lni avtomobillar bilan bo‘lishadi.Samarqandda tramvay ustuvorlikka ega emas, u yo‘lni avtomobillar bilan bo‘lishadi.

“Samarqanddagi jamoat transporti shundoq ham mukammal emas. Yo‘l o‘tkazgichlarning paydo bo‘lishi esa avtobus ustuvorligi nuqtai nazaridan shahar transportini boshqarishda manyovr erkinligini sezilarli darajada kamaytiradi. Ular ham hamma qatori tirbandlikda turib qoladi. Tirbandlikda turadigan avtobusning kimga keragi bor? Na tashuvchiga, na yo‘lovchilarga”, — dedi ekspert.

“Bundan tashqari, shahardagi tez harakatlanish mumkin bo‘lgan istalgan qism atrof-muhitni yanada xavfli qiladi, chunki har qanday ko‘prik va har qanday tunnel avtomobilchilarga „uchirib haydanglar!“, degan signal beradi. Bu psixologiya qonunlari, ularni chetlab o‘tish imkonsiz”, — deya ta’kidladi u.

Rudakiy/Bo‘stonsaroy tunneli katta hududni egallagan.Rudakiy/Bo‘stonsaroy tunneli katta hududni egallagan.

Rudakiy/Bo‘stonsaroyda qurilgan yo‘l o‘tkazgich uchun “hech bo‘lmaganda ramziy sabab bor edi”, dedi Vladimir Valdin. “Yo‘l o‘tkazgich SHHT sammiti uchun qurilgan va aeroportdan shahar markazidagi hukumat kvartaliga qadar parad trassasi yo‘nalishining bir qismini tashkil qilgan”.

Rasmiylar afzallik sifatida sanayotgan yerosti o‘tish yo‘li. Aholi ularning fikriga qo‘shilmayapti.Rasmiylar afzallik sifatida sanayotgan yerosti o‘tish yo‘li. Aholi ularning fikriga qo‘shilmayapti.

“Ayniqsa, obodonlashtirish tufayli u yanada chiroyli bo‘ldi, lekin bevosita shahar aholisi uchun qulaylikni oshirishi haqida gapirishga hojat yo‘q. Noqulay yerosti o‘tish joylari, jamoat transporti bekatlari o‘rtasida juda uzoq masofalar paydo bo‘ldi”, — dedi u.

Vladimir Valdin bilan to‘liq intervyuni tez kunda “Gazeta.uz”da o‘qish mumkin.

Chorraha uchun tunnelsiz alternativ dizayn varianti

Urbanist Arkadiy Gershman bilan Toshkent shahridagi Navoiy ko‘chasini rekonstruksiya qilish loyihasida ishtirok etgan va Samarqandga bir necha marta tashrif buyurgan transport muhandisi Aleksandr Devyatkin “Gazeta.uz”ning savoliga shunday javob berdi: “Men aniq ayta olamanki, hozirgi vaziyatda, hozirgi transport oqimlari bilan tunnel qurish vaziyatni yaxshilamaydi”.

“Masalan, mashinalar Gagarin ko‘chasidan to‘g‘riga ketish o‘rniga, ko‘proq chapga qayriladi. Tunnelning qurilishi, agar svetofor olib tashlansa, Rudakiy ko‘chasidagi yuklamaning sezilarli darajada ko‘payishiga yoki burilish uchun kutish vaqtining oshishiga olib keladi, chunki aynan svetofor oldida ko‘chaning o‘tkazuvchanligi tunnelga ikkita yo‘lak ajratilishi tufayli pasayadi”, — dedi u.

Gagarin va Rudakiy chorrahasida piyodalar uchun svetoforlar yetarli emas, qurilish ishlari olib borilayotgani sababli piyodalar ayrim joylarda yo‘l bo‘ylab yurishga majbur bo‘lmoqda. Yaqinda elektr uzatish liniyasi oldidagi katta daraxt kesildi.Gagarin va Rudakiy chorrahasida piyodalar uchun svetoforlar yetarli emas, qurilish ishlari olib borilayotgani sababli piyodalar ayrim joylarda yo‘l bo‘ylab yurishga majbur bo‘lmoqda. Yaqinda elektr uzatish liniyasi oldidagi katta daraxt kesildi.

“Tabiiyki, bunday o‘zgarish piyodalar va aholi uchun atrof-muhit sifatini yaxshilamaydi — agar svetoforlar saqlab qolinsa, chorraha ulkan asfalt maydoni bo‘lib qoladi va yerosti o‘tish joylari qurilgan taqdirda, muhit shaharliklar uchun hozirgidan ko‘ra yanada noqulayroq bo‘ladi”, — deb hisoblaydi ekspert.

Aleksandr Devyatkin bu chorraha uchun eng samarali yechim Samarqand transport bosh rejasida ko‘zda tutilganidek ko‘cha markazida jamoat transporti uchun ajratilgan yo‘laklarni yaratish va qo‘shimcha burilish yo‘laklarini tashkil etish orqali boshqariladigan chorrahani saqlab qolish deb hisoblaydi.

“Bu avtomobillar uchun chorrahadan o‘tish va piyodalar uchun yo‘lni kesib o‘tishni xavfsizroq qiladi, shuningdek, jamoat transportining chorrahadan o‘tishdagi ushlanib qolishlarini kamaytiradi”, — deydi u.

“Bundan tashqari, Rudakiy ko‘chasi haqida ham unutmaslik kerak — unda hozir tramvayga chiqish uch polosali yo‘ldan o‘tish orqali amalga oshirilmoqda. Bu holat „yo‘l harakati xavfsizligi“ atamasining qarama-qarshisi hisoblanadi. Hech bo‘lmaganda, tramvaylarga chiqish uchun platformalar tashkil etilishi, tramvay liniyasining o‘zi esa boshqa harakat yo‘laklaridan ajratilishi kerak”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Rudakiy ko‘chasidagi xavfli va himoyalanmagan tramvay bekatlari piyodalar uchun katta xavf tug‘dirmoqda. Ko‘pchilik tramvaydan tushib, ko‘chaning piyodalar o‘tish joyi bo‘lmagan qarama-qarshi tomoniga o‘tadi.Rudakiy ko‘chasidagi xavfli va himoyalanmagan tramvay bekatlari piyodalar uchun katta xavf tug‘dirmoqda. Ko‘pchilik tramvaydan tushib, ko‘chaning piyodalar o‘tish joyi bo‘lmagan qarama-qarshi tomoniga o‘tadi.

Svetoforsiz magistrallarni yaratish orqali shahar “uzoq muddatli istiqbolda avtomobillarda sayohat qilishni rivojlantirishga stavka qiladi, bu esa aholiga shahar bo‘ylab harakatlanish uchun avtomobilni tanlashga rag‘bat beradi”, — deb ta’kidladi Aleksandr Devyatkin.

“Ammo avtomobil infratuzilmasi, bir yo‘lovchi hisobidan olib qaralsa, qurilishi eng qimmat, texnik xizmat ko‘rsatish ham eng qimmat, eng ko‘p joy talab qiladigan hisoblanadi va shahardagi odamlarning barchasi avtomobillardan foydalanishning ko‘payishi oqibatlaridan aziyat chekadi”, — dedi u.

“Samarqand qimmat infratuzilmani qurishni o‘ziga ravo ko‘ra oladimi? Shunday deb faraz qilaylik. Bu qimmat infratuzilmadan foydalanish uchun shahardagi hamma mashina sotib ololadimi? Shanba kuni kechqurun Samarqandda gavjum avtobusda o‘tirgan inson sifatida aniq ayta olamanki, yo‘q”, — dedi ekspert.

Bunday infratuzilmani qurish va ta’mirlash uchun barcha pul to‘laydi, ko‘chalarda avtomobillar sonining ko‘payishi oqibatida tirbandlik yuzaga keladi va hamma, jumladan, avtobus yo‘lovchilari ham tirbandlikda turadi. Bunday infratuzilmadan faqat avtomobilga ega bo‘lgan va ushbu magistralning bir chetidan boshqasiga yetib borishi kerak bo‘lganlargina foyda ko‘radi”, — deydi u.

Chorrahalardagi tunnellar va yo‘l o‘tkazgichlar kabi yechimlar “shaharning butun ko‘cha tarmog‘i hisoblangan katta to‘rdagi muammoni faqat bir nuqtadagina hal qiladi”, — deydi Aleksandr Devyatkin.

“Tunnel qurilsa, har bir chorraha oldidan bir nechta kichik navbatlarga bo‘lingan oqim shunchaki o‘tib ketadi va keyingi oqim bilan birlashadi, ammo bu umumiy harakat vaqtini kamaytirmaydi”, — deya tushuntirdi u.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, Google xaritalarida (quyida) ish kunining tig‘iz vaqtida Rudakiy tunnelidagi avtomobillar navbati bir kilometrga yaqin cho‘zilishini va butun tunnelni, hatto tramvay yo‘llarini ham to‘ldirishini ko‘rish mumkin.

Kattalashtirish uchun ustiga bosing.Kattalashtirish uchun ustiga bosing.

“Ushbu loyiha nima qilmaslik kerakligining ajoyib namunasidir. Ha, chorrahadan tunnel orqali kutmasdan o‘tib ketish mumkin bo‘ladi, lekin orqaga qayrilish, o‘ngga va chapga burilishlar uchun faqat ikkita bo‘lak qoladi, hatto dam olish kunlarida ham ular orqali bir fazada o‘tib ketish imkonsiz. Ha, xavfsiz yerosti yo‘laklari bor, lekin mening oldimda olti kishi eng qisqa yo‘l bo‘ylab — yerosti o‘tish joyiga kiraverishda yo‘l ustidan yugurib o‘tishdi. Aftidan, bu tunnelni saqlashga shunchalik ko‘p pul sarflanganki, chorrahadan shundoq o‘tgandagi to‘xtash joyida qurilgan cho‘ntakda ikkita drenaj lyuklari panjara bilan yopilmagan va ularning yonidagi asfaltda avtobus yoki yuk mashinalarining qulashi alomatlari ko‘rinib turibdi”, — dedi Aleksandr Devyatkin.

Bekat oldidagi ochiq suv tushish joylari. Avtobus g‘ildiraklari izlarini ko‘rish mumkin.Bekat oldidagi ochiq suv tushish joylari. Avtobus g‘ildiraklari izlarini ko‘rish mumkin.

“Rahbariyatdan loyihani qayta ko‘rib chiqishni so‘raymiz” — aholi

“Gazeta.uz” Gagarin va Rudakiy ko‘chalari kesishmasi yaqinida joylashgan uylarda yashovchi aholi bilan suhbatlashdi. Ulardan ba’zilari chorrahada nima qurish rejalashtirilayotganidan bexabarligini aytdi. Bir necha kishi bu yer, hukumat va ommaviy axborot vositalari aytayotganidek, “qulay” va “chiroyli” bo‘lishi haqidagi gaplarni takrorladi. Qurilishga qarshi bo‘lganlarning ko‘pchiligi o‘z ismlarini aytishni yoki kamera oldida gapirishni xohlamadi.

Ochiq gapirishga rozi bo‘lganlar rejalashtirilgan qurilish haqida faqat qazish ishlari boshlanganda xabar topganini ta’kidladi.

александр девяткин, владимир vaлдин, yo‘l o‘tkazgich, мuрод абидов, самарқанд, transport bosh rejasi, tunnel

Tadbirkor Ma’ruf Komilov bu yerga tunnel kerak emas, chunki chorrahaning atrofida turar joy binolari bor, aholi zich joylashgan, deb hisoblaydi. Bundan tashqari, chorraha ostidan muhim kommunikatsiyalar o‘tadi.

“Supermarketimizga bu qurilish sezilarli ta’sir o‘tkazadi. Bu supermarketda 20−25 kishi ishlaydi. Tunnel qurilsa, biznesimiz zararga kirishi, xodimlarimiz ishsiz qolishi mumkin”, — deydi u.

“Bu yerda asosiy oqim tunnel qurilayotgan yo‘nalishda emas, Gagarin ko‘chasidan vokzal yo‘nalishida harakatlanadi. Tunnel qurilgandan keyin ko‘plab mashinalar chorrahadan 500−600 metr o‘tib, ortga qayrilib, keyin vokzalga qarab yurishiga to‘g‘ri keladi”, — deya ta’kidladi tadbirkor.

“Shuningdek, bu yerga ikkita yerosti o‘tish yo‘li qurilishi aytilmoqda. Men yerosti yo‘lini fuqarolar uchun qulay emas, deb o‘ylayman. Chunki aravachada bolasini olib yuradigan yoki yoshi qari insonlar bor. Ular uchun 8−10 metr chuqurlikka tushib, keyin qayta chiqish qiyinchilik tug‘diradi”, — deydi Ma’ruf Komilov.

александр девяткин, владимир vaлдин, yo‘l o‘tkazgich, мuрод абидов, самарқанд, transport bosh rejasi, tunnel

Zebiniso Xoliqova chorrahaning o‘zgartirilishi uning maktabga qatnaydigan bolalari, yoshi katta qaynotasiga qiyinchilik tug‘diradi, deb hisoblaydi.

Rudakiy/Bo‘stonsaroy tunnelining yerosti o‘tish yo‘li zinasi pastga tushish va yuqoriga chiqishda 45 tacha pog‘onadan iborat. Ko‘p odamlar yo‘lni yer ustidan kesib o‘tishni afzal ko‘radi.Rudakiy/Bo‘stonsaroy tunnelining yerosti o‘tish yo‘li zinasi pastga tushish va yuqoriga chiqishda 45 tacha pog‘onadan iborat. Ko‘p odamlar yo‘lni yer ustidan kesib o‘tishni afzal ko‘radi.

“Ko‘p joylardagi yerosti o‘tish yo‘llarini kuzatsangiz, odamlar baribir yo‘l ustidan harakatlanayotganini ko‘rasiz. Tunnel qurilsa, mashinalar katta tezlikda o‘tishni boshlaydi. Hozirgi ko‘rinishda haydovchilar ozgina bo‘lsa ham, o‘zini bosib harakatlanyapti”, — deydi Xurshid Po‘latov.

александр девяткин, владимир vaлдин, yo‘l o‘tkazgich, мuрод абидов, самарқанд, transport bosh rejasi, tunnel

Gagarin ko‘chasidagi 37-uyning uy boshqaruvchisi Shahzoda Rajabova tunnel qurilishi bo‘yicha hech kim ularni oldindan ogohlantirmaganini ta’kidladi.

“Biz faqat qurilish texnikalari bu yerga olib kelinib, qazish ishlari boshlangandagina xabar topdik. Bu yerni qazishni boshlagan yo‘lchilarning brigada rahbari oldiga kelib, nima bo‘layotgani, qanday ish amalga oshirilayotgani haqida so‘raganman. O‘shanda ular bu yerda tunnel qurilishini, hozircha trubalarni chetga o‘tkazish vazifasini bajarishayotganini aytishdi. Undan oldin hech kim kelib aytgani ham, ogohlantirgani ham yo‘q”, — deydi u.

Bolalar Gagarin ko‘chasida qazilgan xandaqda o‘ynamoqda.Bolalar Gagarin ko‘chasida qazilgan xandaqda o‘ynamoqda.

“Tunnel hali qurilmasdan oldin — shu trubalarni ko‘chirish chog‘idayoq uylarga „vibratsiya“ berdi. Oynalar shaqarlab, xuddi bir tank yoningizdan o‘tib ketayotgandek bo‘ldi, aholi vahimaga tushdi. Agar tunnelning o‘zini qurish boshlansa, yo‘lning ikki chetidagi uylar avariyaviy holatga kelib qoladi, degan fikrdamiz. Shuning uchun rahbarlardan bu tunnel masalasini yana bir bor ko‘rib chiqishni so‘raymiz”, — deya ta’kidladi Shahzoda Rajabova.

александр девяткин, владимир vaлдин, yo‘l o‘tkazgich, мuрод абидов, самарқанд, transport bosh rejasi, tunnel

“Ikki tomonda ham juda ko‘p odam yashaydi. Aholi yashaganidan keyin ularning transportdan foydalanish masalasi bor, tez yordamning bu yerga kelishi, bolalarning maktabga borishi, qariyalarni biron joyga olib borib kelish masalasi bor. Mana shu tomonlarini hisobga olsak, tunnel yoki most qurilsa, uy oldiga mashina kelib-ketishi qiyinlashadi, bolalar bekatgacha ancha masofa bosib o‘tishi kerak bo‘ladi”, — deya ta’kidladi u.

“Ko‘chaning yuqori qismida qurilgan tunnel tirbandliklarning oldini oldi deymiz. Lekin u yerda kasalxona bor. O‘sha yerga borguncha odamlar ancha piyoda yurishiga to‘g‘ri kelmoqda. Chunki mashina o‘sha tomongacha yurmaydi. Bizga ham xuddi shunday sharoit bo‘lib qoladi. Bizning turar joyimizda 80 nafardan ortiq bola yashaydi, ko‘chaning narigi tomonida ham bolalar, qariyalar yashaydi. Ular ham biron joyga borishi uchun uzoq masofa bosib o‘tib, bekatgacha yurishiga to‘g‘ri kelib qolishi mumkin. Mana shu tomonlarini ham hisobga olish kerak”, — deya qo‘shimcha qildi Shahzoda Rajabova.

Tadbirkor Said Hakimov bu yerga tunnel umuman kerak emas, deb hisoblamoqda.

“Bizda jonli misol bor. Sal teparoqda 2 yil davomida qurilgan tunnel mavjud. Biz hozir nima qilyapmiz? Biz o‘sha yerdagi mashinalar oqimini olib turib, shunchaki keyingi chorrahaga o‘tkazib yuboryapmiz. Endi xuddi o‘sha tirbandlik keyingi chorrahada yuzaga kelyapti. Men o‘sha tunneldan foydalanaman, ochig‘ini aytsam, qandaydir o‘zgarish bo‘lganini sezmadim, issig‘i ham, sovug‘i ham bo‘lmadi. Biz shunchaki muammoni bir joydan olib, boshqa joyga o‘tkazib yubordik, bo‘ldi. Bu yerda ham xuddi shunday bo‘ladi”, — deydi u.

Rudakiy va Dahbet ko‘chasi kesishmasidagi tunneldan sal nariroqda, dam olish kunidagi holat. Rudakiy va Dahbet ko‘chasi kesishmasidagi tunneldan sal nariroqda, dam olish kunidagi holat.

“Tunnel qurilishi kam vaqt oladigan jarayon emas. 2−3 yil chang va ifloslangan havoda yashash to‘g‘ri emas. Bu juda noto‘g‘ri. Ikkinchidan, shaxsan mening biznesimga bu juda yomon ta’sir qiladi. Bu yerda shunchaki to‘xtovsiz mashinalar oqimi bo‘ladi. Biz barcha mijozlarimizni, parkovkamizni yo‘qotamiz. Shunchaki bu yerda ishlolmay qolamiz va bu yerdan ketamiz”, — dedi tadbirkor.

александр девяткин, владимир vaлдин, yo‘l o‘tkazgich, мuрод абидов, самарқанд, transport bosh rejasi, tunnel

“Narigi tunnel qurilgan joy misolida nima bo‘lganini ko‘rsangiz bo‘ladi. U yerda hech qanaqa biznes yo‘q, u yer shunchaki trassaga aylangan. Chorraha shunchaki o‘z jozibasini yo‘qotadi. Bu yerda qanday infrastruktura borligini ko‘rib turibsiz. Magazin, restoran, bu tomonda ham magazinlar, kafelar bor. Chorraha bilan birga ularning barchasi o‘ladi, bo‘ldi”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Gagarin ko‘chasi Rudakiy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahaga yaqin hudud.Gagarin ko‘chasi Rudakiy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahaga yaqin hudud.

Eslatib o‘tamiz, sentabr oyida “Gazeta.uz” urbanist Iskandar Soliyev bilan intervyuni e’lon qilgandi. U Samarqand markazidagi tunnellarni “zararli va keraksiz” deb atagan.

Material ustida Azamat Atadjanov va Davlat Umarov ishladi.