«samarqand viloyati» tegli maqolalar


Samarqand viloyatida ikki maktab o‘quvchi qizlari mushtlashdi
28 aprel 2023, 23:46

Samarqand viloyatida ikki maktab o‘quvchi qizlari mushtlashdi

Bulung‘ur tumanida ikkita maktabning 8-sinf o‘quvchi qizlari stadionda mushtlashdi. Videoda ikki guruh qizlarning mushtlashuvi aks etgan, shuningdek yigitlarning kulgani va luqma tashlaganlari eshitilgan. Tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Samarqandda qaynonasi bilan urushib qolgan ayol uch bolasi bilan birga o‘zini suvga tashladi
18 noyabr 2022, 18:40

Samarqandda qaynonasi bilan urushib qolgan ayol uch bolasi bilan birga o‘zini suvga tashladi

Samarqand tumanida 26 yoshli ayol qaynonasiga «achchiq qilib», o‘zi va bolalarini suvga tashladi. Oqibatda bolalarning ikki nafari halok bo‘lgan. Voqeadan so‘ng viloyat IIB boshlig‘i ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda «mahalla mutasaddilarining faoliyati qoniqarsiz» deb baholangan.

Samarqandning ikki tumanida hokim almashdi
15 iyun 2022, 13:50

Samarqandning ikki tumanida hokim almashdi

Samarqand viloyatining Qo‘shrabot hamda Ishtixon tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi.

Samarqandda 19 kishi to‘yda ovqatdan zaharlandi
1 iyun 2022, 10:32

Samarqandda 19 kishi to‘yda ovqatdan zaharlandi

Jomboy tumanida 19 nafar fuqaro to‘yda ovqatdan zaharlanib, tibbiyot birlashmalariga murojaat qilgan. Ulardan 14 nafarining sog‘ligi qoniqarli, 5 nafari tibbiyot birlashmasida davolanmoqda. Samarqand viloyat IIB ijtimoiy tarmoqlarda to‘yda 200 kishi zaharlangani haqida tarqalgan xabarlarni rad etdi.

Samarqandda 5 sotix yerni $100 mingga sotishga uringanlikda gumon qilingan shaxs ushlandi
30 may 2022, 19:09

Samarqandda 5 sotix yerni $100 mingga sotishga uringanlikda gumon qilingan shaxs ushlandi

Samarqand tumanida fuqaro boshqa fuqaroga qarashli issiqxona qurish uchun ajratilgan 50 sotix yer maydonining 5 sotixini 100 ming dollarga sotishga uringanlikda ayblanmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘tkazgan tezkor tadbirda u 70 ming dollarni olgan vaqtida qo‘lga olindi.

Samarqandda ommaviy janjal uyushtirmoqchi bo‘lgan 16 nafar shaxs ushlandi
29 may 2022, 12:04

Samarqandda ommaviy janjal uyushtirmoqchi bo‘lgan 16 nafar shaxs ushlandi

Samarqand viloyati IIB xodimlari Paxtachi tumanida 2 guruh o‘rtasidagi ommaviy janjalning oldi olinganini ma’lum qildi. Tezkor tadbirda 16 nafar shaxs qo‘lga olinib, ularga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

O‘zbekistonda ikkinchi eng yirik quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi
24 may 2022, 15:47

O‘zbekistonda ikkinchi eng yirik quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi

Samarqand viloyatining Nurobod tumanida mamlakatdagi ikkinchi eng yirik (100 MVt) quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi va yagona tarmoqqa quvvat uzatishni boshladi. Bu bilan yiliga 78 mln kub metr tabiiy gaz tejaladi (mamlakat aholi xonadonlarining 10 kunlik iste’moli) va 80 mingdan ortiq xonadon elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.

«23:00 dan keyin yurish mumkin emas». Samarqandda turistlarga nisbatan elektroshoker qo‘llashdi
23 may 2022, 12:04

«23:00 dan keyin yurish mumkin emas». Samarqandda turistlarga nisbatan elektroshoker qo‘llashdi

Samarqand IIB xodimlari bir nafar qozog‘istonlik va ikki nafar mahalliy turistga nisbatan elektroshoker qo‘llagan holda majburan bo‘limga olib borishdi. Videolarda xodimlar shaharda «Xavfsiz tun» tadbiri olib borilayotgani va soat 23:00 dan keyin ko‘chada yurish mumkin emasligi hamda ularga «reja» qo‘yilganini ta’kidlashgan. IIV «xodimlar xizmat vazifasi va maxsus-texnik vositalarni qo‘llash vakolatini suiiste’mol qilganini» ma’lum qildi.

Samarqand va Namanganda ichki ishlar xodimlari fuqarolarni qasddan aybdor qilishga uringani aytilmoqda
23 may 2022, 10:14

Samarqand va Namanganda ichki ishlar xodimlari fuqarolarni qasddan aybdor qilishga uringani aytilmoqda

Samarqand va Namangan viloyatlarida ichki ishlar xodimlari fuqarolarni qasddan aybdor qilishga uringani aytilmoqda, buning isboti esa video lavhalarda aks etgan. Samarqandda ichki ishlar xodimi ayol kishini prokuratura binosidan chiqarishga urinayotganida o‘z qo‘li bilan xizmat kiyimidagi pogonini yulib tashlagan, buning uchun esa sud ayolni aybdor deb topgan. «Ezgulik» jamiyati tergov va sud ishi qonunga zid olib borilganini aytmoqda. Namangandagi holatda esa YPX xodimi haydovchi bilan tortishib, unga boshi bilan zarba bergan, inspektorga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi.

Samarqanddagi 60 o‘rinli maxsus qabulxonada 160 kishi saqlanayotgani aniqlandi
6 may 2022, 19:07

Samarqanddagi 60 o‘rinli maxsus qabulxonada 160 kishi saqlanayotgani aniqlandi

Samarqand viloyatidagi 60 o‘rinli ma’muriy tartibda hibsga olingan shaxslarni saqlash uchun maxsus qabulxonada 161 kishi saqlanayotgani aniqlandi. Ombudsmanning mintaqaviy vakili tomonidan saqlanuvchi shaxslarning yashash va mehnat sharoitlari o‘rganildi. Ularning bir kunlik daromadi o‘rtacha 40 500 so‘mni tashkil qiladi.

Samarqandda fuqaroni uchta davlat orqali AQShga jo‘natishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi
27 aprel 2022, 14:36

Samarqandda fuqaroni uchta davlat orqali AQShga jo‘natishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi

AQShda yashovchi sherigi bilan Samarqandda yashovchi fuqaroni 40 ming dollar evaziga Turkiya va Lotin Amerikasi davlatlari orqali AQShga yuborishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bunday holatlar hududda avval ham qayd etilgan edi.

Sel oqibatlari: 260 ta xo‘jalik talofat ko‘rdi, 6 ta maktab, 2 ta MTMga suv kirdi, 6 kishi qutqarildi
21 aprel 2022, 10:30

Sel oqibatlari: 260 ta xo‘jalik talofat ko‘rdi, 6 ta maktab, 2 ta MTMga suv kirdi, 6 kishi qutqarildi

20 aprel kuni Samarqand va Jizzax viloyatlarida 1,5 soatda bir oylik miqdorda yomg‘ir yog‘ishi oqibatida sel oqimlari va toshqin suvlari yuzaga keldi. Natijada har ikki viloyatda jami 364 ta uy-joy, 6 ta maktab va 2 ta MTMning yerto‘la va hovlilarigaga suv kirgan. 26 ta xo‘jalik turli darajada talofat ko‘rdi. 6 kishi qutqarildi, 100 dan ziyod aholi evakuatsiya qilindi.

Kattaqo‘rg‘onda elektrdan 57 mln so‘m qarzi bor tadbirkor elektr ta’minoti korxonasi rahbarini pichoqladi
14 aprel 2022, 10:30

Kattaqo‘rg‘onda elektrdan 57 mln so‘m qarzi bor tadbirkor elektr ta’minoti korxonasi rahbarini pichoqladi

Samarqand viloyatida elektr ta’minoti korxonasi rahbari elektrdan 57 mln so‘m qarzi bor MCHJ egasi tomonidan pichoqlandi. Jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan, ahvoli qoniqarli, gumondor esa qamoqqa olingan.

Kattaqo‘rg‘on shahar iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi xodimi pora bilan ushlandi
28 mart 2022, 11:35

Kattaqo‘rg‘on shahar iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi xodimi pora bilan ushlandi

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi katta mutaxassisi fuqaroga uy olish uchun subsidiya ajratib berish evaziga 1200 dollar pora olganlikda gumon qilinmoqda. Tezkor tadbir davomida uning yonidan «marixuanna» va uni iste’mol qilish uchun mo‘ljallangan moslama ham topilgani aytilmoqda.

Samarqand viloyatida 10 gektar yerni 250 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
27 mart 2022, 15:24

Samarqand viloyatida 10 gektar yerni 250 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Samarqand viloyati Nurobod tumanida MCHJ rahbari jamiyat tasarrufidagi 10 gektar lalmi yer maydonini 250 ming dollarga sotmoqchi bo‘lib, pulning 100 ming dollarini olayayotgan vaqtda ushlandi.

Samarqandda 1,2 gektar yer maydonini 87 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
15 mart 2022, 11:41

Samarqandda 1,2 gektar yer maydonini 87 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

DXX, IIB va Milliy gvardiya xodimlari Samarqand shahri, Ishtixon va Paxtachi tumanlarida yer maydonlarini noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan shaxslarni qo‘lga oldi.

Samarqandda «Hizb ut-Tahrir» tarafdorligida gumonlanayotgan bir guruh fuqarolar qo‘lga olindi
23 fevral 2022, 16:41

Samarqandda «Hizb ut-Tahrir» tarafdorligida gumonlanayotgan bir guruh fuqarolar qo‘lga olindi

Samarqand viloyatida «Hizb ut-Tahrir» terroristik tashkiloti g‘oyalari aks etgan materiallarni tarqatganlikda gumonlangan 9 nafar fuqaro ushlandi. Ular O‘zbekistonning konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilishda ayblanmoqda.

Samarqandda yetti kishi taksi haydovchilaridan pul undirib kelgani aniqlandi
21 fevral 2022, 09:36

Samarqandda yetti kishi taksi haydovchilaridan pul undirib kelgani aniqlandi

Samarqandda yetti nafar fuqaro taksi haydovchilaridan tamagirlik yo‘li bilan pul undirib kelishgani aniqlandi. So‘ralgan pullarni bermagan haydovchilar esa yollanma sportchilar tomonidan ta’qib qilinib, kaltaklangan. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Prezident Samarqandda tuman hokimlari, MB boshqarmasi rahbari va bir nechta amaldorni ishdan bo‘shatdi
10 fevral 2022, 19:27

Prezident Samarqandda tuman hokimlari, MB boshqarmasi rahbari va bir nechta amaldorni ishdan bo‘shatdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand tumani hokimi va IIB boshlig‘i, Nurobod tumani hokimi, Oqdaryo tumani prokurori va IIB boshlig‘i, Markaziy bank Samarqand viloyati Bosh boshqarmasi rahbari va viloyat elektr tarmoqlari korxonasi rahbari va boshqa amaldorlarni ishdan bo‘shatdi. Ularning ba’zilariga nisbatan korrupsiya holatlari bo‘yicha jinoiy ish ochilishi mumkin.

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga jo‘nab ketdi
10 fevral 2022, 11:02

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji bilan yaqindan tanishish maqsadida Samarqand viloyatiga jo‘nab ketdi. Tashrif doirasida yangi inshootlar qurilishi bilan tanishish rejalashtirilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting