«ruslanbek davletov» tegli maqolalar


17 sentabr 2021, 08:41

Ruslanbek Davletov — hukumatga ishonch va vaksinatsiya darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov jamiyatning hukumatga bo‘lgan ishonchi va vaksinatsiya darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlikka to‘xtaldi. «Qayerda, qaysi mamlakatda davlatga xalqning ishonchi yuqori bo‘lsa, vaksinatsiya darajasi shuncha yuqori bo‘lyapti», — dedi vazir. U «snos» masalasi xalqning davlat organlariga ishonchiga ta’sir ko‘rsatganini esga oldi.

31 iyul 2021, 17:59

Ish beruvchi emlashdan bosh tortganni ishdan chetlashtirishi mumkin, ishdan bo‘shatishi emas — adliya vaziri

«Agarda fuqaro vaksina olishni rad qiladigan bo‘lsa, hech kim uning qo‘l-oyog‘ini bog‘lab, tibbiy muassasaga olib borib vaksina qilmaydi», — dedi adliya vaziri Ruslanbek Davletov. Uning ta’kidlashicha, fuqaro rad qilsa, huquqiy oqibatlari bo‘yicha mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi kerak bo‘ladi. U ish beruvchi esa emlanishni xohlamagan xodimini ma’lum muddat ishdan chetlashtirish va o‘sha davr uchun ish haqi to‘lamasligi mumkinligini aytib o‘tdi.

11 iyul 2021, 12:52

Adliya vaziri jamoat joylarida «ibodat libosi» taqiqi bekor qilinganiga izoh berdi

«Bir necha yil oldin ishchi guruh «ibodat libosi» tushunchasini aniqlashga urindi, ammo guruh bu borada «boshi berk ko‘chaga kirib qoldi», dedi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu konsepsiyaning ta’rifi bilan bog‘liq muammolar tufayli, hatto oddiy vaziyatlarda ham odamlar javobgarlikka tortilgan, ammo «endi bu amaliyot to‘xtatildi».

9 iyul 2021, 17:58

Davlat xizmatchisining xorijda ko‘chmas mulki bo‘lsa, yanvargacha uni yo‘qotishi kerak — adliya vaziri

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov davlat xizmatchilarining xorijda mol-mulkka ega bo‘lishi 1 yanvardan taqiqlanishini eslatib, bunda ushbu davrgacha davlat xizmatida bo‘lgan paytda orttirilgan mulk ham inobatga olinishini ta’kidladi. «Agar bo‘lsa, yanvargacha yo‘qotish kerak unaqa mulkini. Meros bo‘lib qoladigan bo‘lsa ham, u merosni sotib yoki xadya bo‘ladigan bo‘lsa, uni ham o‘zidan begonalashtirishi kerak», — dedi u.

21 iyun 2021, 08:51

Adliya vazirligi Tadbirkorlik kodeksini ishlab chiqmoqda

Adliya vazirligi tadbirkorlar uchun yagona huquqiy manba — Tadbirkorlik kodeksini ishlab chiqmoqda. Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning so‘zlariga ko‘ra, hujjatning qabul qilinishi qonun hujjatlarini me’yorlashtirish va davlatning tadbirkorlik sohasiga aralashuvini qisqartirishga xizmat qiladi.

14 iyun 2021, 18:56

«Qoidabuzarlikni to‘xtatish uchun vijdonimni sotishga ham tayyorman». Adliya vaziri — YTHlarni suratga olish haqida

Adliya vaziri yo‘l harakati qoidalarini buzayotganlarni suratga olganlarni rag‘batlantirish tizimi haqida: «Agar jamoat joyida odam noqonuniy xatti-harakat bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsa, [qoidabuzarlikni to‘xtatish uchun] kerak bo‘lsa, vijdonimni sotishga ham tayyorman», — deya tushuntirdi. U huquqbuzarliklar haqida xabar berayotganlarni haroqat qilmaslikka chaqirdi va hozirgidek tinch zamonda yiliga minglab odamlar yo‘llarda o‘lib ketayotganini eslatib o‘tdi.

10 iyun 2021, 14:11

«Murod Nazarovning bildirgan fikrlari xaqiqiy holatga to‘g‘ri kelmaydi» — Tashkent city direksiyasi

Murod Nazarovning «Tashkent city» ishbilarmonlik markazidagi qurilishlar tasdiqdan o‘tmagani, hattoki Hilton mehmonxonasi hujjatlari ham endi tayyorlanayotganini aytgan edi. Bunga «Tashkent city» direksiyasi munosabat bildirib, «Murod Nazarovning fikrlari xaqiqiy holatga to‘g‘ri kelmasligi va asossiz"ligini aytdi. Mazkur holatga Adliya vaziri Ruslanbek Davletov ham izoh berdi.

9 iyun 2021, 18:41

Har xil o‘yin bo‘lib ketmasligi uchun yer bo‘yicha farmon jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilmadi — adliya vaziri

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov yer munosabatlarini tartibga solishga oid prezident farmoni nima sababdan jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilmaganini izohladi. «Har xil o‘yin bo‘lib ketmasligi, butun davlat miqyosida yerlar talon-toroj qilinmasligi uchun mana shunaqa yondoshuv qilindi», — dedi u. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, endi hokimlar yer ajratish bo‘yicha qaror qabul qila olmaydi. Faqat viloyat hokimlarida qishloq xo‘jaligi yerlarini ajratishga oid vakolat qolgan.

9 iyun 2021, 13:01

«Nimaga yer berilmasligi kerak?». Ruslanbek Davletov investorlarga yer maydonlari ijaraga berilishi haqida

Prezidentning yer munosabatlarini tartibga solishga oid farmoniga ko‘ra xorijiy investorlarga yer maydonlari ijaraga berilishi haqidagi muhokamalarga adliya vaziri Ruslanbek Davletov munosabat bildirdi. «Nimaga yer berilmasligi kerak?», — dedi u. Qolaversa, vazir chet elliklarga faqat noqishloq maydonlardan yer berilishi ko‘zda tutilganini qayd etdi. Biroq, u aytgan tartib farmonda mavjud emas.

19 aprel 2021, 15:40

Qonun ishlab chiqishda parlamentga resurs yetishmaydi — adliya vaziri

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov qonun loyihasini ishlab chiqish jarayonida ijro hokimiyatining faolligi tizimning resurlariga bog‘liqligini ta’kidladi. Vazirning aytishicha, deputatlarda bunday resurs yo‘qligi uchun ular qiynaladi. «Deputatlarda har doim ham soha bo‘yicha tahlil bo‘lmaydi. Deputatning yordamchisi ham yo‘q», — deydi u.

16 fevral 2021, 19:01

«Yangi yil bo‘lsa hamma sovg‘a tashishni boshlaydi. Qashqadaryodan tandir, Xorazmdan guruch keladi» — adliya vaziri

«Yangi yil bo‘lsa hamma sovg‘a tashishni boshlaydi. Qashqadaryodan tandir keladi, Xorazmdan guruch keladi», — dedi adliya vaziri Ruslanbek Davletov. Uning fikricha, buning oldini olish uchun «hukumat o‘z amaldorlarini to‘g‘ri tarbiyalay olishi kerak».

15 fevral 2021, 19:44

O‘zbekistonda mitinglar o‘tkazish SSSR qonunlari bilan tartibga solinmaydi — adliya vaziri

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov O‘zbekistonda yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari va namoyishlarni tashkil etish SSSR Oliy Kengashi Prezidiumi farmoni bilan tartibga solinishi haqidagi ma’lumotlarni rad etdi. Shunga qaramasdan u bu borada qonunbuzarlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik mavjud bo‘lsa-da, mitinglarni tashkil etish tartibi belgilanmaganini tan oldi.

27 noyabr 2020, 15:38

«Mashinani ishonchnoma orqali boshqarish kelajakda tarixga aylanishi kerak» — Adliya vaziri

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov onlayn muloqot o‘tkazib, fuqarolarning savollariga javob berdi. Onlayn muloqotda adliya vaziri ishonchnoma orqali avtomobil boshqarish kabi muammolar to‘g‘risida gapirayotib, «ishonchnoma kabi hujjatlar, o‘ylaymizki, kelajakda tarixga aylanadi» deya aytib o‘tdi. Ilk bora tashkil etilgan ushbu muloqotga fuqarolardan 1500 ga yaqin savol kelib tushgan.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting