Yakshanba, 16 avgust kuni O‘zbekistonga COVID-19 ga qarshi kurashda yordamlashish uchun Rossiyadan 40 nafar tibbi mutaxassisning kelishi kutilmoqda. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Barno Abdusamatova AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

Bir oy davomida ular o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlashadi, amaliy-uslubiy yordam berishadi.

Rossiyadan keladigan mutaxassislar guruhidan anesteziolog-reanimatologlar, infeksionistlar, epidemiologlar va terapevt-shifokorlar o‘rin olgan. Ularning barchasi COVID-19 tashhisi qo‘yilgan bemorlarni davolash bo‘yicha tajribaga ega.

Bungacha Rossiya o‘z tibbiy mutaxassislarini COVID-19 bilan kurashishda yordam berish uchun Qozog‘istonga yuborgan edi. Ular mamlakatda koronavirusga qarshi kurashni targ‘ib qilish bo‘yicha missiyani iyul oyining boshidan avgust oyining boshigacha amalga oshirdilar, shundan so‘ng ular Qozog‘istondagi eng yuqori mukofot — «Sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun» medali bilan taqdirlandilar.