28 avgustidan boshlab «O‘zbekiston temir yo‘llari» reyslari Yekaterinburg, Rostov-Don, Novosibirsk va Samara shaharlariga har hafta mobaynida tashkil etiladi, deya xabar qildi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

«Hozirda vatandoshlarimizning aynan bir hudud, jumladan, temir yo‘l stansiyalarida to‘planishni davom ettirayotgani ularni bosqichma-bosqich olib kelish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda», — deyiladi xabarda.

RIA Novosti ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda Samara viloyatining Kinel shahri yaqinidagi chodirlar lageriga 2000 nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarosi to‘plangan.