Abxaziyada qolib ketgan fuqarolarining 299 kishidan iborat ikkinchi guruhi Sochi shahridan Uzbekistan Airways charter reyslari bilan O‘zbekistonga qaytarildi, deya xabar berdi O‘zbekiston TIV Operativ shtabi axborot xizmati.

Avvalroq, 9 oktyabr kuni «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ maxsus poyezdida yordamga muhtoj (homilador ayollar, qariyalar, kasallar va bolali ayollar) 19 nafar fuqarodan iborat birinchi guruh vatanga qaytarilgan edi.

Ayni paytda O‘zbekiston diplomatlari ushbu chegaraoldi hududida bo‘lib, Abxaziyadagi o‘zbekistonliklar bilan bog‘liq vaziyatni nazorat qilmoqda, deya ta’kidladi TIV. Hozirgi vaqtda Rossiya tomoni bilan Rossiya hududi orqali Abxaziyada qolgan O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatga olib kelishni tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Shu munosabat bilan yaqin vaqt ichida Sochi shahridan navbatdagi charter reyslarni amalga oshirish kutilmoqda.

Sentyabr oyi oxirida Tashqi ishlar vazirligi Abxaziya hududida bo‘lgan 400 ga yaqin o‘zbekistonlik elchixonalarga o‘z uylariga qaytishiga yordam berish iltimosi bilan murojaat qilgani haqida ma’lumot bergan edi.