British Petrolium neftga bo‘lgan jahon talabining keskin pasayishini bashorat qildi

Britaniyaning BP energetika kompaniyasi neftga bo‘lgan talabning doimiy o‘sish davri tugaganligini va neft mahsulotlarining iste’moli yaqin 30 yil ichida qayta tiklanmasligini taxmin qilmoqda. Kompaniya yillik hisobotida neft bozori rivojlanishining uchta ssenariysi modellashtirilgan. Birinchi ssenariy bo‘yicha hozirgi tendensiyalar o‘zgarishsiz qoladi va 2050 yilga kelib neft iste’moli 10 foizga kamayadi. Ikkinchi ssenariyda, ishlab chiqaruvchilar uchun issiqxona chiqindilari narxini oshiradigan choralar ko‘riladi va 2050 yilga kelib neftga bo‘lgan talab 55 foizga pasayadi. Uchinchi ssenariy bo‘yicha, iqlim o‘zgarishiga bo‘lgan jahon siyosati kuchaytirilib neft iste’moli 30 yildan so‘ng 80 foizga kamayishi mumkin. Shu bilan birga, kelgusi bir necha yil ichida talabning tiklanishi BPning faqat birinchi ssenariysi bo‘yicha kutilmoqda. — British Petrolium

Isroilda koronavirus tufayli uch haftalik karantin joriy etiladi

Foto: middle-east-online.com

Isroil hukumati COVID-19 tarqalishining oldini olish uchun uch haftalik karantin choralarini joriy etishga qaror qildi. Maktablar 18 sentyabrdan boshlab yopiladi. Restoranlar, mehmonxonalar, sport zallari va suzish havzalari faoliyati to‘xtatiladi. Isroilliklar uydan 500 metr dan oshmaydigan masofada yurishga ruxsat etiladi. — Gazeta.uz

Saudiya Arabistoni xalqaro parvozlarga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilmoqda

Saudiya Arabistoni ichki ishlar vazirligi 15 sentyabr kunidan boshlab xalqaro parvozlar qisman tiklanishini e’lon qildi. Fors ko‘rfazi fuqarolari va Saudiya Arabistonida amaldagi yashash uchun ruxsatnomalari yoki vizalari bo‘lgan shaxslar, virusni yuqtirmagan bo‘lsa, qirollikka kirish huquqiga yega bo‘ladi, deyiladi vazirlikning rasmiy bayonotida. Saudiya Arabistoni hukumati va harbiy amaldorlari, elchixonalari, talabalari va davolanishga muhtoj bo‘lgan boshqa «istisno toifalar» dan odamlar ham kirish huquqiga yega bo‘ladilar — France 24

Chet ellik fukarolar Rossiyaga kirish uchun barmoq izlarini topshirishlari shart bo‘ladi

Rossiya ichki ishlar vazirligi migrantlar to‘g‘risidagi yangi qonun konsepsiyasini ishlab chiqdi, unda chet elliklarning mamlakatga kirishi uchun barmoq izlarini olish talab qilinadi. Qonunga ko‘ra, Rossiya hududiga kirishni istagan chet elliklar uchun daktiloskopiya (barmoq izlarini olish) va ularni rasmga tushirish ko‘zda tutilgan. Chet el fuqarolarini identifikatsiyalash terrostik tahdidning oldini olish va migratsiya nazoratini yanada puxta amalga oshirish uchun qilinmoqda, deyiladi bayonotda. Chet elliklarning barmoq izlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rossiyaning diplomatik vakolatxonalari va konsullik idoralarida olinadi. — RIA Novosti

Yosixida Suga Yaponiya yangi bosh vaziri bo‘lishi kutilmoqda

Foto: Eugene Hoshiko / Bloomberg

Yaponiyaning yaqinda iste’foga chiqqan bosh vaziri Sindzo Abening o‘rniga uning yaqin sheriklaridan biri, hukumat bosh kotibi Yosixide Suga ushbu lavozimni egallashi ma’lum bo‘ldi. Yosixide Suga mamlakatda hukmron Liberal-demokratik partiyasining rahbari etib saylandi. — Gazeta.uz

Armaniston hukumat vakili Ozarbayjon va Turkiyaning harbiy tayyorgarlik ko‘rayotganligini ta’kidlab o‘tdi

Foto: Armaniston tashqi ishlar vaziri Zograb Mnatsakanyan // mfa.am

Armaniston tashqi ishlar vaziri Zograb Mnatsakanyan Turkiya va Ozarbayjon davlatlari faol harbiy tayyorgarlik ko‘rayotganligini ta’kidladi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Anqara va Boku qurolli kuchlarni birlashtirmoqda, vazir ularning terrostik guruhlardan foydalanganliklari haqida ma’lumotlar borligini ham aytdi. Bunday harakatlarni Armaniston hukumati mintaqaviy barqarorlikka xavf tug‘diruvchi omillardan biri ekanligini ta’kidladi. — lenta.ru

Sony «PlayStation 5» taqdimot sanasini e’lon qildi

Foto: playstation.com

PlayStation 5 taqdimot marosimi 17 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da bo‘lib o‘tadi. Onlayn taqdimot 40 daqiqa davom etib, Sony ning Twitch va YouTube platformalarida namoyish etiladi. Sony vakillari ushbu marosimda mavjud bo‘lgan va kelajakda chiqariladigan o‘yinlarni yana bir bor namoyish qilmoqchi ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, PS5 ning ba’zi tafsilotlari oshkor etilishi aytilgan. — Playstation.com