Madrid qisman karantin joriy qildi

Madridning janubiy tumanlarida istiqomat qiluvchi millionga yaqin aholining harakati 21 sentyabrdan boshlab ikki haftagacha yana cheklandi.

Politsiya transport vositalarining kirishi va chiqishini nazorat qilishni boshladi. Uyni faqatgina ish yoki o‘qish, shifokorga yoki yordamga muhtoj qarindoshini ko‘rish uchun tark etish mumkin.

Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches Madrid avtonom hamjamiyatining bosh vaziri Izabel Dias Ayuso bilan uchrashuvda: «Bu o‘yin emas. Biz ikkinchi to‘lqin bilan duch kelmoqdamiz, bu birinchisidan bir qator xususiyatlari bilan farq qiladi. Men aytmoqchimanki kasallik u qadar ko‘p tarqalmasligi mumkin, ammo xavflilik darajasi yuqori», — deya ta’kidladi.

Buyuk Britaniya karantin choralarini e’lon qilishi mumkin, ammo bu safar karantin olti oygacha davom etishi ehtimolligi yuqori

Pandemiya holati yaxshilanmasa, yangi koronavirus cheklovlari olti oyga cho‘zilishi mumkin, dedi 22 sentyabr kuni Boris Jonson parlamentda.

«Ilm-fan bizga yordamga keladi», — deb izoh berdi Angliya bosh shifokori Kris Uitti. «Ammo keyingi olti oy ichida bizning yagona umidimiz xavfsizlik choralariga jiddiy jamoaviy munosabatdir».

22 sentabr kuni Boris Jonson 4 ta ingliz okrugi epidemiyaning rivojlanishini e’lon qilgan vaziyatda parlamentga harakatlar rejasini taqdim etishi kerak. Iyun oyidan beri birinchi marta mamlakat rasmiylari sanitariya xavfi darajasini uchinchi darajadan to‘rtinchi darajaga ko‘tarishga qaror qilishdi, ya’ni axoli orasida kassalanish holatlari ko‘payganligi tufayli ijtimoiy masofani saqlash qat’iy tartibga solinadi.

Rossiyada yangi karantin choralari qo‘llanilmaydi

Rossiyada koronavirus tarqalishining o‘sishi sababli yangi karantin cheklovlari talab qilinmaydi. Bu haqda bosh sanitariya shifokori, Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova xabar berdi. U mamlakatda epidemik vaziyatni «barqaror» deb ta’rifladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallikning ko‘payishi kuz-qish mavsumida ko‘p uchraydigan nafas olish yo‘llari infeksiyalari bog‘liq.

«Biz bu haqda ko‘p marta aytgan edik, sentyabrning ikkinchi o‘n kunligida biz muhim ko‘rsatkichlarni ko‘rishimiz mumkin. Bugungi kunda ro‘yxatga olingan har bir holat epidemiologik jihatdan aniq, bugungi vaziyatda tushunarsiz, noma’lum narsa yo‘q. Shu munosabat bilan hech qanday yangi cheklov choralarini kiritishga ehtiyoj yo‘q», — dedi u.

So‘nggi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, pandemiya boshlanganidan beri Rossiyada 20 mingga yaqin koronavirus bemorlari vafot etgan. So‘nggi kunlarda bemorlarning rasmiy soni ko‘payib bormoqda va taxminan 1 million 180 ming kishini tashkil qilmoqda.

Франциядаги vaziyat

Fransiyada so‘nggi 24 soat ichida 5 mingdan ortiq koronavirus yuqtirish holatlari aniqlandi. Buyuk Britaniya singari, Fransiyada ham eng katta tashvish kasalxonaga yotqizishga muhtoj bo‘lganlarning hammasini qabul qilish imkoniyati yo‘qligidan kelib chiqmoqda.

Rasmiylar hozircha to‘liq karantin joriy etilishini istisno qilmoqdalar. Ammo, Lionda bo‘lgani kabi, hamma joyda niqob kiyishni majburiy qilishmoqda. Shuningdek, qariyalar uylariga tashriflar soni kamaytirildi va 10 dan ortiq odam qatnashadigan oilaviy uchrashuvlar taqiqlandi.