Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojarolar nafaqat bu ikki mamlakatga, balki butun dunyoga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Shuning uchun ham kelishuvga erishish zarur va bu borada The Washington Post uch xil yondashuvni taklif qildi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Qoraqalpog‘istondagi voqealar O‘zbekistonning ichki ishi ekani, Kreml mamlakat rahbariyati faollik bilan muammolarni hal etishiga shubha qilmayotganini bildirdi.
Rossiya “yaxshi niyat qadami sifatida” Ukrainaning “Zmeiniy” orolidan o‘z garnizonini olib chiqdi, deb xabar berdi RF Mudofaa vazirligi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ushbu “strategik nuqtaning ozod qilinishi Qora dengizdagi vaziyatni sezilarli darajada o‘zgartirishini” ta’kidladi.
BMT Bosh kotibi o‘rinbosari va Ukraina prezidenti 27 iyun kuni Kremenchukdagi savdo markaziga uyushtirilgan aviahujum oqibatlari bo‘yicha tergov ochishga chaqirdi. Savdo markazda kamida 18 kishi halok bo‘ldi, 59 kishi esa jarohat oldi. Rossiya vakili savdo markaziga aviazarba berilmaganini ta’kidlamoqda.
Yevropa Ittifoqi Rossiyadan oltin import qilish bo‘yicha cheklovlarga qo‘shilish masalasini o‘rganmoqda. Avvalroq G7 davlatlari Rossiya oltinini yetkazib berishni taqiqlagandi.
O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya huquq-tartibot idoralari xodimlari 6 oy mobaynida maxsus operatsiya o‘tkazdi. Natijada 8 ta narkolaboratoriya va qariyb 30 kg sintetik narkotik modda musodara qilindi. Oyiga 200 kggacha narkotik ishlab chiqargan guruhning 20 dan ortiq a’zosi qo‘lga olindi.
Qozog‘iston Lugansk va Donetsk xalq respublikalaridan bo‘lgan «kvazi-davlat hududlari»ni tan olmaydi, dedi prezident Qasim-Jomart Toqayev. «Xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi amalga oshaversa, yer yuzida hozirgi 193 taning o‘rniga 500−600 dan ortiq davlat bo‘ladi. Bu tartibsizlik degani», — dedi u.
Urush boshlanganidan buyon birinchi marta Yevropa Ittifoqining to‘rtta davlati — Fransiya, Germaniya, Italiya va Ruminiya rahbarlari Ukrainaga tashrif buyurdi.
Rossiya Jahon turizm tashkiloti (YUNVTO) tarkibidan chiqdi. Aprelda tashkilot Bosh assambleyasi Ukrainaga bostirib kirish tinchlik va xalqaro do‘stlik qadriyatlariga mos kelmasligi sababli RF a’zoligini to‘xtatgan edi.
Moskvadagi qurilish maydonida ommaviy mushtlashgan yuzdan ortiq O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari Rossiyadan deportatsiya qilinadi. Bu bo‘yicha sud qarori qabul qilindi.
Rossiya Mehnat vazirligi xorijliklarni ishga joylashtirish bo‘yicha pilot loyihasi doirasida O‘zbekistondan Rossiyaga kelishi mumkin bo‘lgan migrantlar soniga cheklovni olib tashlashni taklif qilmoqda. Hozirda ushbu cheklovga ko‘ra, pilot loyiha doirasida 10 ming nafar o‘zbekistonlik Rossiyaga ishlash uchun bora oladi.
Ukraina 20 mln tonnadan ortiq donni sotishi mumkin edi, biroq urush boshlanganidan beri mamlakat dengiz portlari to‘sib qo‘yilgan, deya qayd etdi BMT. Tashkilotning bildirishicha, yetkazib berish qayta tiklanmasa, Janubiy Osiyo va Afrikada oziq-ovqat inqirozini yengish qiyinlashadi, oziq-ovqat narxlari ko‘tarilishda davom etadi.
Rossiyaliklarning telekanallarga bo‘lgan ishonchi oxirgi ikki oyda pasaygan, deyiladi GroupM xalqaro reklama guruhi o‘tkazgan so‘rovnoma natijalarida. Ushbu vaqt davomida Rossiya aholisining Telegram va boshqa ijtimoiy tarmoqlarga nisbatan ishonch ortdi.
BMT Bosh Assambleyasi aprel oyida Rossiya tomonidan bo‘shatilgan Inson huquqlari kengashidagi o‘ringa Chexiyani sayladi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Sputnik`ning mamlakat Rossiya va Belarusdan iborat Ittifoq davlatiga qo‘shilishi mumkinligi haqidagi xabariga javob berdi. Prezident Aleksandr Lukashenko sobiq SSSR respublikalari ittifoqqa qo‘shilishiga ishonch bildirgan.
Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov YeI kengashining unga nisbatan sanksiyalar qo‘llash haqidagi qarorini bekor qilishni talab qilib, Yevropa sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qildi.
Prezident Vladimir Putin O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyaga kirgandan so‘ng ro‘yxatdan o‘tish muddatini 7 kundan 15 kungacha uzaytirish bo‘yicha qarorni ratifikatsiya qildi. Xuddi shunday tartib O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi rossiyaliklar uchun ham nazarda tutilgan.
Kiyev va uning atrofida ishlagan 11 nafar o‘zbekistonlik mart oyi boshida bedarak yo‘qolgan edi. O‘shandan beri qarindoshlari ular bilan bog‘lana olmadi. Elchixona ularni qidirmoqda. «Gazeta.uz» bedarak yo‘qolganlardan birining ukasi bilan suhbatlashdi.
Dunyoning 12 davlatida kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan gepatit tarqalgani, Fransiya prezidentligiga saylovning ikkinchi bosqichi, urush boshlangandan beri Ukrainada 213 nafar bola halok bo‘lgani aytilgani, YeIning o‘nta davlati kompaniyalari embargoni aylanib o‘tib Rossiyaga qurol sotgani, BMT rahbarining Rossiya va Ukrainaga tashrifi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Rossiya prezidenti yordamchisi Vladimir Medinskiy 22 aprel kuni Ukraina tomoni bilan «bir nechta uzoq davom etgan muzokaralar» bo‘lib o‘tganini ma’lum qildi. Hozirda Ukrainaning neytrallik va yadrosizlik maqomi, xavfsizlik kafolatlari hamda «madaniyatlarga nisbatan o‘zaro hurmat» masalalari yuzasidan muhokamalar davom etmoqda. Ukrainaning urushdan keyingi chegaralari muzokaralarning asosiy masalasi bo‘lib qolmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting