Rossiya prezidenti Vladimir Putin RF bilan O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi gaz bo‘yicha hamkorlik masalasini yana bir bor ko‘tardi. U 9 dekabr kuni Bishkekda bo‘lib o‘tgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishi yakunida so‘zga chiqib, Qozog‘iston va O‘zbekiston iqtisodlarining gazga bo‘lgan talabi, ayniqsa, eksport majburiyatlarini hisobga olganda oshib borishini ta’kidladi.

RF, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘izistonni o‘z ichiga olgan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari iqtisodiyoti «hozir o‘sib bormoqda va kelajakda ham o‘sadi», bu esa energiya iste’molining oshishiga olib keladi, dedi Putin. O‘zbekiston 2020 yil dekabr oyidan YeOIIda kuzatuvchi maqomiga ega.

«Hozirdanoq yetishmayapti hamda energiya [ishlab chiqaruvchi] va gaz qazib oluvchi Qozog‘iston va O‘zbekiston kabi davlatlar, ular oldinga qarashmoqda va to‘g‘ri qilishmoqda — u yerda juda yaxshi iqtisodiy jamoalar shakllantirilgan, shunday barqaror siyosiy rahbariyat. Har ikki davlat prezidentlari oldinga qarashmoqda va kelgusi yillarda qancha [gaz] kerak bo‘lishini o‘ylashmoqda. Va ular, jumladan, o‘tgan yillarda yuzaga kelgan eksport majburiyatlarini hisobga olgan holda, qo‘shimcha hajmlar, qo‘shimcha resurslar kerak bo‘ladi, degan xulosaga kelishadi. Ularning eksport majburiyatlari bor», — dedi u.

RF prezidenti eksport majburiyatlari haqida bir necha bor ta’kidlab, ikki mamlakatda ichki iste’mol o‘sib borayotganini ta’kidladi.

«Bularning barchasi bizni soatlarimizni yana solishtirib olishni, barchasi qanday ishlashini va qo‘shimcha nima qilishimiz mumkinligini ko‘rib chiqishimizni taqozo etadi. Qila olamizmi yoki yo‘qmi? Ha, qila olamiz. Lekin ko‘plab masalalar bor. Misol uchun, Qozog‘iston shimoli gazni Orenburgdan oladi. Lekin gaz Orenburgga, bizning gazni qayta ishlash zavodimizga Karachaganakdan, Qozog‘istondagi kondan keladi. [Gaz] Qozog‘istonga Rossiyaning ichki narxlarida keladi», — dedi u.

O‘zbekistonga gaz yetkazib berish uchun Sovet Ittifoqi davrida yaratilgan gaz tashish tizimidan foydalanish zarur, — dedi Vladimir Putin.

«Uni ta’mirlash kerak, u yerda hamma joyida hushtak chalinyapti. U yerda ikkita tarmoq bor. Bittasidan mutlaqo foydalanilgani yo‘q, ikkinchisi esa Karachaganakdan Orenburgga gaz yetkazib berish uchun ishlatiladi. Aagar bu gaz O‘zbekistonga berilsa, invers rejimida ishlashi kerakmi yoki revers? Bu ham masala», — dedi Rossiya rahbari.

Bu holatda Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga alohida gaz uzatish tizimini qurish zarur. «Rossiyaning o‘zida ham Markaziy Osiyoga gaz yetkazib berish uchun ichki infratuzilmani qurish kerak bo‘ladi. Rossiyada, Rossiya Federatsiyasi hududida. Bu esa oz emas, ko‘p emas — 260 mlrd rubldan (taxminan 4,16 mlrd AQSh dollari) atrofida», — dedi u.

«O‘zaro kelishilgan va ehtimol, qayerdadir murosali yechimlarni ishlab chiqish va qabul qilishni talab qiladigan ko‘p masalalar borki, ularni aniq topish mumkin. Ya’ni, bu ma’noda qandaydir energetik alyans bo‘lishi mumkin», — deb tushuntirdi Vladimir Putin.

RF rahbari YeOII doirasida yagona gaz bozorini yaratishga tayyorgarlik ko‘rilganini eslatdi.

«Bizning YevrAzES (YeOIIning sobiq nomi — tahr.) mamlakatlari oldidagi majburiyatlarimiz ham bor. O‘zbekiston hamon kuzatuvchi maqomda. Lekin O‘zbekiston uchun, albatta, bu ham YevrAzES ishiga chuqurroq nazar tashlash va bu yerda, umuman, YevrAzES bilan manfaatli nuqtalarini topish uchun yaxshi imkoniyatdir. Bu yerda yengib bo‘lmaydigan to‘siqlar yo‘q. Ammo buning uchun ekspertlar darajasida juda tizimli ish va moliyaviy noto‘g‘ri hisob-kitoblar, har bir davlatning ushbu investitsiyalardagi ishtirokini muvofiqlashtirish kerak «, — deya qo‘shimcha qildi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi gaz sohasidagi hamkorlik yaxshi istiqbolga ega.

«Bu yaxshi, katta va juda istiqbolli ish. Va kelajak uchun yaxshi istiqbollar bilan. Biz ishlaymiz. Bu ish boshlandi», — dedi RF prezidenti.

Noyabr oyi oxirida Vladimir Putin Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekistonning «uch tomonlama gaz ittifoqi»ni tuzishni taklif qilgani ma’lum bo‘lgan edi.

Kuni kecha O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekiston gazni «qandaydir alyans yoki ittifoq» orqali emas, balki tijorat shartnomasi doirasida import qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazayotganini bildirdi.