Yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonga 395,11 mingdan ortiq Rossiya fuqarosi turizm maqsadida kelgan, bu o‘tgan yilning shu davriga (190,5 ming) nisbatan 2,1 barobar ko‘pdir. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi. Ketganlar haqida ma’lumotlar berilmagan.

Kelganlarning 55,9 foizi yoki 220,7 ming nafari erkaklar, 44,1 foizi yoki 174,4 ming nafari ayollardir.

Fevral oyidan buyon O‘zbekistonga kelayotgan Rossiya fuqarolari soni ortib bormoqda, biroq ularning aksariyati — 209,5 ming (53%) oxirgi uch oyda kelgan. Birgina sentabr oyida 78,3 ming rossiyalik chegarani kesib o‘tgan.

2022 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonga kelgan Rossiya fuqarolari soni

Oylar
Barcha kelganlar
erkaklar
ayollar
yanvar
16 604
10 381
6 223
fevral
14 173
9 170
5 003
mart
24 625
14 589
10 036
aprel
29 284
16 407
12 877
may
47 493
26 249
21 244
iyun
53 421
28 169
25 252
iyul
61 608
31 903
29 705
avgust
69 648
35 607
34 041
sentabr
78 254
48 213
30 041

Juma kuni O‘zA IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasiga tayanib, to‘qqiz oy ichida mamlakatga 318 156 nafar rossiyalik kelganini ma’lum qildi. Davlat statistika qo‘mitasining «Gazeta.uz»ga aniqlik kiritishicha, IIV statistik ma’lumotlarida O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan Rossiya fuqarolari nazarda tutilgan bo‘lsa, qo‘mita chegarani kesib o‘tgan barcha fuqarolarni hisobga oladi.

Mamlakatga kiruvchi rossiyaliklar kirgan kundan boshlab 15 kun ichida ro‘yxatdan o‘tish majburiyatidan ozod qilingan (iyungacha bu muddat 7 kun edi), so‘ngra ular ichki ishlar organlarida ro‘yxatdan o‘tishlari kerak. Migratsiya boshqarmasi 210 902 nafar erkak va 107 254 nafar ayolni ro‘yxatdan o‘tkazgan. Shunday qilib, Rossiya fuqarolarining 80,5 foizi O‘zbekistonda 15 kundan ortiq bo‘lgan yoki bo‘lishda davom etmoqda.

Yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda 128 981 nafar rossiyalik, ya’ni har oyda o‘rtacha 21,5 ming RF fuqarosi ro‘yxatga olingan. So‘nggi uch oy ichida esa o‘rtacha ko‘rsatkich 3 barobarga oshdi.

Xususan, 189 175 nafar Rossiya fuqarosi yoki deyarli 60 foizi faqat oxirgi uch oyda, ya’ni oyiga o‘rtacha 63,1 ming kishi ro‘yxatga olingan. Iyul-avgust oylarida 121 757 erkak va 67 688 ayol ro‘yxatdan o‘tgan.