10 oktabr tonggida Ukrinaning bir qator yirik shaharlari raketa hujumlari ostida qoldi.

«Havo signalizatsiyasi butun Ukraina bo‘ylab yangramoqda. Raketalar hujum qilishdi. Afsuski, qurbonlar va yaradorlar mavjud», — deya xabar berdi mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining Telegram kanalida.

Kiyevda bir nechta portlashlar yuz berdi va turli OAVlar ularning sonini ikkitadan to‘rttagacha deb xabar bermoqda, rasmiylar esa portlashlar sonini ochiqlamadi.

Poytayt meri Vitaliy Klichkoning xabar berishicha, portlashlar markaziy Shevchenko tumanida sodir bo‘lgan, shuningdek, muhim infratuzilmalarga ham zarar yetgan.

Shevchenko tumanidagi portlashlar oqibatida 8 kishi halok bo‘lgan, 24 tasi esa jarohat olgan. Bu haqda Ukraina Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Rostistav Smirnov o‘zining Facebook`dagi sahifasida xabar qoldirdi. Poytaxtda metro yo‘nalishlaridan birining faoliyati to‘xtagan, yerosti stansiyalar esa boshpana sifatida xizmat qilmoqda.


Kiyevdagi piyodalar ko‘prigiga berilgan zarba. Video skrinshoti

Raketalarning ommaviy hujumi 10 oktabr kuni erta tongda Dnepropetrovsk viloyatida ro‘y berdi, deya xabar qildi hudud adminstratsiyasi rahbari Valentin Reznichenko. Uningмаълuмотларига ko‘ra, halok bo‘lganlar va yaradorlar soni bo‘yicha aniq soni mavjud emas. Mahalliy OAVlar Dnepr shahrida erta tongdan 10 taga yaqin portlash ovozi eshitilgani haqida yozmoqda.

Xarkovda 3 ta raketa zarbasi sodir bo‘ldi, deb xabar berdi shahar meri Igor Terexov. Uning so‘zlaricha, zarba energetika infratuzilmalari ustidan berilgan. Ayrim tumanlarda chiroq o‘chgan, suv ta’minoti ham uzilgan.

Shuningdek, Jitomir, Xmelnitskiy va Lvov viloyatlaridagi barcha holatlarda energetika infratuzilmasi obyektlarida portlashlar sodir bo‘lgani haqida xabarlar bor. Elektr uzatishda muammolar kuzatilmoqda. Odessa viloyatida ham portlashlar ro‘y bergan, viloyat rahbari Maksim Marchenkoning so‘zlariga ko‘ra, havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan uchta raketa va beshta dron-kamikadze urib tushirilgan.

Zaporoje viloyatida esa otishmalar bir haftadan buyon davom etmoqda. 6 oktabr kuni ertalab chegara demarkatsiya chizig‘idagi shahar va qishloqlarga raketa zarbalari berildi, turar-joy binolariga zarar yetgani qayd etildi. Ushbu hujum natijasida 20 kishi halok bo‘ldi, dedi viloyat rahbari Aleksandr Starux. Bundan tashqari, 9 oktabr kuni mintaqadagi samolyotlardan 12 ta raketa uchirilgan. Ushbu hujumdan 12 kishi halok bo‘ldi, 87 kishi yaralandi.10 oktabr kuni ertalab Zaporojeda ham portlash yuz berdi, unda bir kishi halok bo‘ldi va besh kishi yaralandi.


Foto: t.me/starukhofficial

Biroz o‘tgach mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy yana Ukraina xalqiga murojaat qildi.

«Og‘ir tong. Bunda terroristlarning qo‘li bor. O‘nlab raketalar, Eronning «Shaxidlari» [Rossiya Erondan sotib olgan boshqaruvchisiz samolyotlar]. Ularda ikkita nishon. Birinchisi — mamlakatdagi barcha energomajmualar. Kiyev va Xmelnitskiy, Lvov va Dnepr, Vinnitsa, Frankovina, Zaporoje, Sumina, Xarkovina, Jitormirina, Kirovogradina, Janub. […] Ikkinchi nishon — odamlar. Ko‘proq zarar yetkazish uchun aynan shu vaqt va shunday maqsadlarni tanlashgan — deya ta’kidladi u. Davlat rahbari boshpanalarda jon saqlashga chaqirdi.

Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujnыy Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyning aytishicha, Rossiya Ukraina hududiga yirik raketa va havo zarbalari berib, hujumchi dronlardan foydalanmoqda. «Ertalab agressor tomonidan 75 ta raketa uchirildi, ulardan 41 tasi bizning havo mudofaamiz PVO (havo hujumidan mudofaa — protivovozdushnoy oboronoy —tahr.) tomonidan zararsizlantirildi. Qurolli Kuchlar fuqarolarni himoya qilish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. Biroq, dushman hujumi davom etmoqda. Men barchani boshpanalarda qolishga chaqiraman!» — deb yozdi.

Eslatib o‘tamiz, 8 noyabr kuni Qrim ko‘prigining avtomobillar yuradigan bo‘lagida yuk mashinasi portlashi oqibatida ko‘prikning bir qismi qulab tushgandi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu holatni Ukraina maxsus kuchlari uyushtirgan terakt deya atadi.