O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi vatandoshlarni ziddiyat hal bo‘lguniga qadar Ukrainaga bormaslikka yana bir bor chaqirdi. Murojaat diplomatik missiya saytida e’lon qilindi.

Bayonot Rossiya tomonidan Ukraina shaharlariga raketa hujumlari kuchayishi ortidan e’lon qilindi.

«Bundan tashqari, frontdagi vaziyatning keskinlashuvi hamda butun Ukraina bo‘ylab raketa va artilleriya zarbalarining davom etishi ehtimoli yuqoriligidan kelib chiqib, vatandoshlarimizdan shaxsiy xavfsizlik nuqtai nazaridan ushbu mamlakatni tark etishlarini so‘raymiz», — deyiladi bayonotda.