Rossiyaning Tambov viloyatida Moskva janubi-g‘arbida ayol kishini o‘ldirganlikda gumon qilingan 25 yoshli erkak qo‘lga olindi, deb xabar berdi Moskva prokuraturasi.

18 noyabr, juma kuni ertalab Sevastopolskiy prospektida «Zyuzino» metro bekati yaqinida politsiya xodimlari donetsklik 1993 yilda tug‘ilgan Yuliya Tkachevaning jasadini topdi, deb xabar bermoqda RF Tergov qo‘mitasining Moskva bo‘yicha Bosh tergov boshqarmasi. Mazkur holat yuzasidan «Qotillik» moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jabrlanuvchining uyi yonidan topilgan jasadda pichoq jarohatlari bor edi, deya xabar qildi RF IIV rasmiy vakili Irina Volk.

Rossiya Tergov qo‘mitasining «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, qo‘lga olingan Shohruxbek Karimov O‘zbekiston fuqarosi.

Tergovchilar voqea joyini va videokuzatuv kameralarini o‘rgandi.

Bir kun avval Tkacheva Biryulyovo Zapadnoye tumanidagi militsiya bo‘limiga uni yigit ta’qib qilayotgani va ko‘chaga chiqishga qo‘rqayotgani haqida murojaat qilgan.

Jinoyat tergovi Moskva prokuraturasi tomonidan nazorat qilinadi