Toshkentda advokat va yurist jazo muddatini o‘tayotgan shaxsning ayblovidan bir moddani olib tashlash evaziga 75 ming AQSh dollari talab qildi. Ular pulni olish vaqtida ushlandi va 14 yilga qamaldi. Advokat avval sudya bo‘lib ishlagani, yurist esa muqaddam sudlangani ma’lum bo‘ldi.
Jizzaxda tergov jarayonlarida gumondordan qo‘shib yozish holatlarini ko‘rsatmaslik hamda tanishlari orqali tergov jarayonlarida yengillik yaratib berish evaziga 400 mln so‘m talab qilgan shaxs ushlandi. Qashqadaryoda esa noqonuniy ravishda qum qazib olishga ko‘z yumish evaziga pul talab qilgan mansabdor qo‘lga olindi.
Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlari hamda Toshkent shahrida prokurorlar va FVB xodimi pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tegishli tartibda qamoqqa olindi.
Farg‘onada 1300 AQSh dollari evaziga o‘quv kurslariga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Shuningdek, Navoiy va Samarqandda ham shunday jinoyat bilan uch kishi qo‘lga olindi.
Toshkent metropoliteni xodimasi firibgarlikda gumonlanib ushlandi. U fuqaroni 2 mln so‘m evaziga ishga joylab qo‘yishni va’da qilgani aytilmoqda.
Kadastrlar palatasining Yangihayot tumani filiali boshlig‘i 25 ming dollar pora olgani aytilmoqda. Shuningdek, DXX Farg‘onada prokuror o‘rinbosari, Namanganda hokim o‘rinbosari, Toshkent viloyatida esa elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘ini qo‘lga oldi.
Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani prokurori o‘rinbosariga nisbatan firibgarlik va pora moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. U sud yurituvidagi ish yuzasidan aybdor shaxsga nisbatan jazoni yengillatib berish evaziga 2000 dollar olishda gumon qilinmoqda.
Nukusda fuqaroning ishonchiga kirib, 11 ming dollarga DXX organlariga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlangani aytilmoqda. Aniqlanishicha, u avval ham 4 kishini firibgarlik bilan DXXga ishga joylash evaziga 65 ming dollar olgan. Besh marta sudlangan fuqaroga yana firibgarlik bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.
Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi ish yurituvidagi jinoyat ishi bo‘yicha aybdor shaxsga nisbatan yengillik qilib berish evaziga 5 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.
Andijon viloyatida Ichki ishlar bo‘limi tergov bo‘linmasining sobiq xodimi, tuman prokurori o‘rinbosari va tuman o‘rinbosari pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi.
Jizzax viloyati Transport boshqarmasining bosh mutaxassisi 6,6 ming dollar, Chinoz tumani hokimligi xodimi 6 ming dollar pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi.
Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, deputat Odiljon Tojiyev pora bilan qo‘lga tushgan sud raisi va prokurorlarning ko‘rib chiqqan barcha materiallari ko‘tarilib, qayta ko‘rib chiqilishi shart ekanini ta’kidladi. So‘nggi vaqtlarda bunday shaxslar pora bilan qo‘lga olinayotgani xabar qilinmoqda.
DXX tomonidan Mingbuloq tuman sudi raisi va Namangan davlat universitetining 3-bosqich doktoranti fuqarolardan pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi. Ularga nisbatan firibgarlik va pora olish moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Samarqandda fuqarodan jinoyat ishini hal qilib berish uchun 1500 dollar olishda gumonlanayotgan Milliy gvardiya xodimi ushlandi. Shuningdek, 600 dollar evaziga qamoq jazosini bekor qilib bermoqchi bo‘lgan advokat qo‘lga olindi.
Bosh prokuratura O‘rmon xo‘jaligi agentligi huzuridagi “O‘rmonqurilish” DUK hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi mansabdor shaxslari hibsga olingani haqida xabar berdi. Ular pora olganlikda gumon qilinmoqda.
Samarqand viloyati Oqdaryo tumanining sobiq hokimi va yana 2 shaxs 11,1 gektar yerni rasmiylashtirib berish uchun fuqarodan 6 mln AQSh dollari talab qilgan. Ular pulning 200 ming dollarini olayotgan vaqtda ushlandi. Shuningdek, Toshkent, Andijon va Navoiy viloyatlarida yer sotish bilan bog‘liq holatlar aniqlandi.
Toshkent shahri, Toshkent, Sirdaryo, Farg‘ona viloyatlarida pora olishga gumonlangan shaxslar qo‘lga olindi. Gumonlanuvchilar ishga joylab qo‘yish, mahkumni boshqa jazoni ijro etish muassasasiga ko‘chirib berish va jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik uchun pora olayotganda ushlangan.
“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudda o‘zbekistonlik amaldorlar hindistonlik yana bir ishlab chiqaruvchining 11 ta dori vositasini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 88 ming dollar talab qilib, oldindan 50 ming dollar olgani ma’lum qilindi.
Qarshidagi jamoat salomatligi texnikumi va Farg‘onadagi TATU filialiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, fuqarolardan pul olishda gumonlanganlar qo‘lga olindi.
Farmatsevtika agentligining sobiq xodimi “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudda agentlik sobiq rahbari ikkita kompaniyaga tayinlangan inspeksion tekshiruvni bekor qilish bo‘yicha topshiriq berganini aytdi. Amaldor esa buni inkor qilib, hujjatga bilmasdan imzo qo‘yib yuborgan bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting