Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, fuqarolardan pul olgan shaxslar ushland, deya xabar qildi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar G. X. va M.R. fuqaro G.G‘.ni Qarshi shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yishlari evaziga 1300 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, departamentning Quva tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Z.O‘. fuqaro M.A.ning ishonchiga kirib, uning qo‘shni Qirg‘iziston universitetidagi o‘qishini Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg‘ona filialiga ko‘chirib berishi evaziga 700 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.