“Toshkent metropoliteni” DUK “Harakat” xizmati xodimasi X.N. firibgarlikda gumonlanib ushlandi, deya xabar qilmoqda metropoliten axborot xizmati.

Qayd etilishicha, u fuqaro D.M.ning ishonchiga kirib, uni 2 million so‘m evaziga ishga joylab qo‘yishga kelishgan va undan 1 million so‘m miqdorda pora olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

X.N. ga nisbatan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasining 3-qismi “b” bandi (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, o‘rnatilgan tartibda hibsga olingan.

Fuqarolardan korrupsiya holatlariga duch kelganda +998 71 239 8930, +998 93 700 0325 telefonlariga yoki metropoliten rasmiy sahifalari orqali murojaat qilishni so‘raldi.