«paxta» tegli maqolalar


O‘zbekiston mehnat va inson huquqlari borasida real ahvolni yaxshilamas ekan, orzular qog‘ozda qolaveradi — Cotton Campaign
13 aprel 2023, 10:57

O‘zbekiston mehnat va inson huquqlari borasida real ahvolni yaxshilamas ekan, orzular qog‘ozda qolaveradi — Cotton Campaign

Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi asoschilaridan biri Bennett Friman O‘zbekiston hukumatini “islohotlarga qaytib, o‘zi uchun yaratgan tarixiy imkoniyatni boy bermaslikka” chaqirdi. “Mehnat va inson huquqlari borasida real ahvolni yaxshilamas ekan, orzular qog‘ozda qolaveradi”, — dedi u.

Qashqadaryoda paxta ortilgan yuk mashinasi yonib ketdi
22 fevral 2023, 10:50

Qashqadaryoda paxta ortilgan yuk mashinasi yonib ketdi

Ko‘kdala tumanida paxta ortilgan yuk avtomobili yonib ketdi. Avtomashinadagi yukning bir qismi yong‘indan saqlab qolindi. Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jarohat olganlar yo‘q.

Toshkentda «Better Cotton Initiative» NNTning vakolatxonasi ochiladi
15 oktabr 2022, 15:49

Toshkentda «Better Cotton Initiative» NNTning vakolatxonasi ochiladi

Tanzila Narbayeva «Better Cotton Initiative» (BCI) nodavlat notijorat tashkiloti menejeri Reychel Bekket bilan uchrashdi. Unda BCI`ning Toshkentdagi vakolatxonasini tez kunlarda ta’sis etish yuzasidan kelishuvga erishildi.

AQSh paxtachilikdagi mehnat sharoitlarini yaxshilash uchun O‘zbekistonga $2 mln yo‘naltiradi
6 oktabr 2022, 15:39

AQSh paxtachilikdagi mehnat sharoitlarini yaxshilash uchun O‘zbekistonga $2 mln yo‘naltiradi

AQSh Mehnat vazirligi O‘zbekistondagi paxta korxonalari salohiyatini xalqaro mehnat standartlari va munosabatlariga moslashtirish maqsadida $2 mln grant ajratadi.

Paxta O‘zbekistonga Tojikistondan import qilinadigan birinchi raqamli tovarga aylandi
12 avgust 2022, 13:07

Paxta O‘zbekistonga Tojikistondan import qilinadigan birinchi raqamli tovarga aylandi

2022 yilning birinchi yarmida O‘zbekiston Tojikistondan umumiy qiymati 17,3 mln dollar bo‘lgan 6,6 ming tonna paxta import qildi. Paxta importi hajmi sement hamda elektr energiyasidan ham ortib ketdi.

O‘zbekistondagi 13 ta hududda paxta yetishtiruvchilarga vaqtincha subsidiya beriladi
6 iyul 2022, 09:35

O‘zbekistondagi 13 ta hududda paxta yetishtiruvchilarga vaqtincha subsidiya beriladi

Hukumat qarori bilan 2024 yilgacha 13 ta tumandagi paxta maydonlarida hosildorlikni oshirish bo‘yicha agrotexnik tadbirlar uchun subsidiya beriladi. Bunda har bir gektarga 1 mln so‘mdan mablag‘ ajratiladi. Talabgorlar 25 iyulgacha ariza bilan murojaat qilishi lozim.

O‘zbekiston paxtani qayta ishlashda yiliga $9 mlrd yo‘qotmoqda — prezident
28 iyun 2022, 19:11

O‘zbekiston paxtani qayta ishlashda yiliga $9 mlrd yo‘qotmoqda — prezident

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston ip-kalavani tayyor mahsulotgacha qayta ishlash darajasi pastligi oqibatida yiliga 9 mlrd dollar yo‘qotayotganini ma’lum qildi. Shuning uchun prezident mahsulot ishlab chiqarish rejasini har bir viloyat, tuman va shahar, qolaversa, klaster kesimida belgilashni joriy etdi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi laboratoriyasida rangli paxta bo‘yicha tajriba o‘tkazilmoqda
7 iyun 2022, 14:25

Qishloq xo‘jaligi vazirligi laboratoriyasida rangli paxta bo‘yicha tajriba o‘tkazilmoqda

Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining «G‘o‘za biotexnologiyasi» laboratoriyasi noodatiy rangda paxta yetishtirish bo‘yicha tajriba o‘tkazmoqda. Tabiiy rangli tola ishlab chiqarish paxtaning eksport salohiyatini oshiradi, deb hisoblaydi Qishloq xo‘jaligi vazirligi.

«O‘zbekiston paxtasiga boykot o‘z vaqtida olib tashlandi» — National Interest
27 may 2022, 12:00

«O‘zbekiston paxtasiga boykot o‘z vaqtida olib tashlandi» — National Interest

National Interest nashri Cotton Campaign koalitsiyasi O‘zbekiston paxtasiga boykotni to‘xtatganidan so‘ng Adidas, H&M, Gap, Zara va boshqa xalqaro brendlar mamlakat to‘qimachilik mahsulotlarini xarid qilishni qayta yo‘lga qo‘yishi mumkinligini ta’kidladi. O‘zbekiston paxtasining yirik importichisi Rossiyadagi moliyaviy sanksiyalar, inflyatsiyaning o‘sishi va iste’mol bozorining qisqarishi natijasida mamlakat yangi xaridorlarni izlashiga to‘g‘ri kelishi aytilgan.

O‘zbekiston Cotton Campaign boykotining bekor qilinganini olqishladi
11 mart 2022, 15:35

O‘zbekiston Cotton Campaign boykotining bekor qilinganini olqishladi

O‘zbekiston hukumati Cotton Campaign koalitsiyasining o‘zbek paxtasiga boykotni bekor qilish qarorini olqishladi. Prezident matbuot kotibi bu boradagi islohotlar ortga qaytmasligi va bundan buyon ham qat’iy davom etishini ta’kidladi, Senat raisi esa buni «tarixiy voqea» deb atadi.

2 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
2 mart 2022, 22:00

2 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Ukrainadagi vaziyat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tayyorlashni buyurgan Shavkat Mirziyoyev, Ukrainadan o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilinishi davom etayotgani, o‘zbek paxtasi bolalar mehnatidan holi bo‘lganini qayd etgan XMT, «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi qonunni ma’qullagan deputatlar, qayta tashkil etilgan Mahalla vazirligi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 2 martdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

O‘zbek paxtasi tizimli bolalar mehnati va majburiy mehnatdan holi bo‘ldi — XMT
2 mart 2022, 15:03

O‘zbek paxtasi tizimli bolalar mehnati va majburiy mehnatdan holi bo‘ldi — XMT

Xalqaro mehnat tashkiloti O‘zbekiston 2021 yilgi paxta yetishtirish hamda yig‘im-terim mavsumida bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berganini ma’lum qildi. Xususan, 2021 yilda terimchilarning 99 foizi ixtiyoriy, taxminan bir foizi esa bevosita yoki bilvosita majburlash orqali ushbu jarayonga jalb etilganini ma’lum qilgan. Terimchilarning uchdan ikki qismini xotin-qizlar tashkil etadi.

Paxta-to‘qimachilik klasterlari paxta yetishtirish va terish uchun imtiyozli kreditlar olishi mumkin
11 noyabr 2021, 12:07

Paxta-to‘qimachilik klasterlari paxta yetishtirish va terish uchun imtiyozli kreditlar olishi mumkin

2022 yil hosilidan paxta yetishtirish va yig‘im-terimini Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirishning yangi tartibi joriy etiladi. Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi paxta-to‘qimachilik klasterlari va elita urug‘chilik xo‘jaliklari imtiyozli kredit olishlari mumkin bo‘ladi.

Yaponiya O‘zbekistonda paxta va o‘g‘it ishlab chiqarish loyihalariga qariyb 2 mln dollar ajratadi
4 noyabr 2021, 10:23

Yaponiya O‘zbekistonda paxta va o‘g‘it ishlab chiqarish loyihalariga qariyb 2 mln dollar ajratadi

Yaponiya hukumati O‘zbekistonda paxtachilik va o‘g‘it sanoatini modernizatsiya qilish uchun qariyb 2 mln dollar ajratdi. “Umid qilamizki, ko‘proq xorijiy sarmoyani jalb qilib, shu jumladan, yapon kompaniyalari ishtirokida, ushbu sohalarda savdoni jonlantirish imkoniyati yaratiladi”, — dedi Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi janob Yoshinori Fujiyama.

Shavkat Mirziyoyev saylovdan keyingi ilk yig‘ilishni o‘tkazib, qishloq xo‘jaligidagi islohotlarni ma’lum qildi
27 oktabr 2021, 22:24

Shavkat Mirziyoyev saylovdan keyingi ilk yig‘ilishni o‘tkazib, qishloq xo‘jaligidagi islohotlarni ma’lum qildi

Shavkat Mirziyoyev saylovdan keyingi birinchi majlisda qishloq xo‘jaligidagi islohotlar va klasterlar faoliyatidagi muammolarni muhokama qildi. Paxta-to‘qimachilik klasterlari yanada ko‘proq imtiyozli kreditlar, davlat grantlari, mustaqillik va boshqalar beriladi.

Paxta chigitini boshqa viloyatlarga olib chiqishni taqiqlagan hokimliklarga nisbatan ish qo‘zg‘atildi
28 noyabr 2020, 15:13

Paxta chigitini boshqa viloyatlarga olib chiqishni taqiqlagan hokimliklarga nisbatan ish qo‘zg‘atildi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi paxta chigitini boshqa viloyatga olib chiqishni taqiqlash bo‘yicha og‘zaki topshiriq bergan Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyat hokimliklari hamda ushbu viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalariga nisbatan ish qo‘zg‘atdi.

1 kilogramm paxta birinchi terimda 1000 so‘m, ikkinchi terimda 1400 so‘m etib belgilandi
5 sentabr 2020, 13:39 1

1 kilogramm paxta birinchi terimda 1000 so‘m, ikkinchi terimda 1400 so‘m etib belgilandi

Bu yil 1 kilogramm paxta birinchi terimda 1000 so‘m, ikkinchi terimda 1400 so‘m bo‘ladi. Terimchilar ishchi shartnomasini tuzmasdan turib dalaga chiqarilmaydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting