«oltin» tegli maqolalar


Dehli aeroportida 16,5 kg oltinni olib o‘tayotgan ikki O‘zbekiston fuqarosi ushlandi
14 iyun 2023, 15:39

Dehli aeroportida 16,5 kg oltinni olib o‘tayotgan ikki O‘zbekiston fuqarosi ushlandi

Hindistonning Indira Gandi xalqaro aeroportida qiymati 125 ming dollardan ziyod bo‘lgan 16,5 kg oltinni olib o‘tayotgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

DXX 1 kilogramdan ortiq oltin va 838 gramli yoqut toshining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi
11 iyun 2023, 16:33

DXX 1 kilogramdan ortiq oltin va 838 gramli yoqut toshining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi

DXX xodimlari tomonidan 1 kilogramdan ziyodroq og‘irlikdagi 999 probali oltin bo‘laklari va 838 gramli yoqut toshining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Ularning umumiy narxi 1,27 mlrd so‘mdan oshadi.

O‘zbekiston oltin qazib olishni 1,5 barobarga oshirmoqchi
27 aprel 2023, 15:30

O‘zbekiston oltin qazib olishni 1,5 barobarga oshirmoqchi

O‘zbekiston oltin qazib olishni qariyb bir yarim barobarga, ya’ni 150 tonnagacha oshirishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekiston yanvarda 1,2 mlrd dollarga oltin eksport qildi. Bu umumiy eksport hajmining yarmidan ko‘pini tashkil etadi
22 fevral 2023, 19:34

O‘zbekiston yanvarda 1,2 mlrd dollarga oltin eksport qildi. Bu umumiy eksport hajmining yarmidan ko‘pini tashkil etadi

Yanvarda O‘zbekistonning tovar ayirboshlash hajmi 42 foizga oshib, 5 mlrd dollarga yetdi. Eksportning yarmidan ko‘pi oltindan iborat bo‘lib, 1,18 mlrd dollarga qimmatbaho metall sotilgan. To‘qimachilik mahsulotlari, gaz va o‘g‘it yetkazib berish hajmi kamaygan.

Samarqanddan Toshkentga 703,9 mln so‘mlik 10 dona oltin qotishmasini olib ketayotgan shaxs ushlandi
25 iyul 2022, 10:03

Samarqanddan Toshkentga 703,9 mln so‘mlik 10 dona oltin qotishmasini olib ketayotgan shaxs ushlandi

Samarqand viloyatidagi «Yuqori nuqta» YPX maskanida Hyundai Elantra haydovchisi yonida umumiy og‘irligi 1,1 kg bo‘lgan 10 dona oltin qotishmasi borligi aniqlandi. Bahosi 703,9 mln so‘mlik oltin Toshkentga olib ketilayotgani ma’lum bo‘ldi. Gumondorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

G7`dan keyin Yevropa Ittifoqi ham Rossiyadan oltin importini taqiqlashi mumkin
27 iyun 2022, 16:49

G7`dan keyin Yevropa Ittifoqi ham Rossiyadan oltin importini taqiqlashi mumkin

Yevropa Ittifoqi Rossiyadan oltin import qilish bo‘yicha cheklovlarga qo‘shilish masalasini o‘rganmoqda. Avvalroq G7 davlatlari Rossiya oltinini yetkazib berishni taqiqlagandi.

O‘zbekiston oltin bozorida Rossiya bilan raqobatlashmaydi — Shuhrat Vafoyev
28 aprel 2022, 22:47

O‘zbekiston oltin bozorida Rossiya bilan raqobatlashmaydi — Shuhrat Vafoyev

O‘zbekiston Rossiya oltinini tashqi bozorlarda almashtirishni rejalashtirmayapti, deya ta’kidladi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Shuhrat Vafoyev RBKga. 2021 yilda bu davlatlar qimmatbaho metallar eksporti bo‘yicha jahon yetakchilari qatoridan joy oldi.

Muruntov konida oltinga boy ma’danli yangi konlar topildi
9 aprel 2022, 18:19

Muruntov konida oltinga boy ma’danli yangi konlar topildi

Navoiy viloyatining Tomdi tumani hududidagi Muruntov konida 40 mln tonnadan ortiq oltinga boy ma’dan zaxirasiga ega «Balpantog‘» va «Tomdibuloq» konlari ochildi. Undan qariyb 15 yil davomida yiliga 3 mln tonnadan ortiq ruda qazib olish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekiston 2021 yil dekabr oyida 8,4 tonna oltin sotib oldi
11 fevral 2022, 10:25

O‘zbekiston 2021 yil dekabr oyida 8,4 tonna oltin sotib oldi

Butunjahon Oltin Kengashi O‘zbekiston 2021 yilning noyabr oyida 21,5 tonna oltin sotib, dekabr oyida 8,4 tonna oltin sotib olganini ma’lum qildi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda O‘zbekiston oltin zaxirasi miqdori 11,6 troy unsiyani, uning qiymati esa 20,94 mlrd dollarni tashkil etadi.

2021 yilda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 16%ga o‘sdi
21 yanvar 2022, 16:30

2021 yilda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 16%ga o‘sdi

2021 yilda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 2020 yilga nisbatan 16%ga o‘sib, $42,1 mlrdni tashkil etdi. Eksport hajmi 10%ga oshib, $16,6 mlrdga yetgan bo‘lsa, import 20,4%ga o‘sib, $25,46 mlrdni tashkil etdi. Sanoat tovarlari eksporti oltin eksportidan o‘zib ketdi.

O‘zbekiston noyabrda dunyoda eng ko‘p oltin sotgan davlat bo‘ldi
7 yanvar 2022, 19:17

O‘zbekiston noyabrda dunyoda eng ko‘p oltin sotgan davlat bo‘ldi

O‘zbekiston Markaziy banki noyabr oyida dunyoning boshqa mamlakatlariga qaraganda ko‘proq — 21,5 tonna oltin sotdi.

NKMK oltin rudalarini qazib olish va qayta ishlash kompleksini quradi
16 sentabr 2021, 17:24

NKMK oltin rudalarini qazib olish va qayta ishlash kompleksini quradi

«Pistali» konida umumiy qiymati 274 mln dollardan ziyod bo‘lgan, tarkibida oltin bo‘lgan ma’danlarni qazib olish va qayta ishlash kompleksini qurish loyihasi «Navoiy KMK» tomonidan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston oltin qazib olish bo‘yicha dunyodagi top-10 mamlakatlar qatoriga kirdi
24 iyun 2021, 13:23

O‘zbekiston oltin qazib olish bo‘yicha dunyodagi top-10 mamlakatlar qatoriga kirdi

O‘zbekistonda 2020 yilda 101,6 tonna oltin qazib olindi. Bu bilan O‘zbekiston oltin qazib olish bo‘yicha dunyoda 8-o‘rinni egalladi.

O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari yanvar oyidan buyon ilk bor o‘sdi
8 may 2021, 15:13

O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari yanvar oyidan buyon ilk bor o‘sdi

O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari bir oy ichida 1,5 mlrd dollarga oshib, 1 may holatiga ko‘ra 34,1 mlrd dollarni tashkil qildi.

Oltin yilning birinchi kvartalida rekord darajada arzonladi
2 aprel 2021, 17:29

Oltin yilning birinchi kvartalida rekord darajada arzonladi

Yilning birinchi kvartalida oltin narxi 10% ga, 2020 yil avgustidan buyon esa 19% ga arzonlab, pandemiyagacha bo‘lgan darajagacha tushdi. Bu 1982 yildan beri ushbu davr uchun rekord pasayish bo‘ldi.

«Muruntov» dunyodagi eng yirik oltin qazib olish koni deya tan olindi
9 mart 2021, 12:05

«Muruntov» dunyodagi eng yirik oltin qazib olish koni deya tan olindi

«Muruntov» oltin konida 2020 yilda 56,7 tonnaga yaqin oltin qazib olingan. Konning resurs-zaxiralari 4 ming tonna deya baholanmoqda.

Jizzaxda noqonuniy tarzda oltin qazigan 4 nafar fuqaroni tosh bosib qoldi. 2 kishi vafot etdi
29 yanvar 2021, 10:32

Jizzaxda noqonuniy tarzda oltin qazigan 4 nafar fuqaroni tosh bosib qoldi. 2 kishi vafot etdi

Jizzax viloyatida yashirin tarzda oltin qazib olmoqchi bo‘lgan 4 fuqaroni tosh ostida qoldi. 2 nafari chuqurdan chiqa olmay vafot etdi, qolgan ikki fuqaro og‘ir tan jarohatlari bilan jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

O‘zbekiston eksportining 43 foizini oltin tashkil qildi
23 noyabr 2020, 13:34

O‘zbekiston eksportining 43 foizini oltin tashkil qildi

Yanvar-oktyabr oylari davomida O‘zbekiston 5,8 mlrd dollarlik hajmda oltin eksport qilgan. Bu 10 oy davomida amalga oshirilgan tashqi savdo aylanmasining 43,5 foizini tashkil qiladi. So‘nggi ikki oy davomida O‘zbekiston oltin eksport qilmagan.

O‘zbekiston oltin sotish bo‘yicha yana yetakchiga aylandi
30 oktabr 2020, 14:19

O‘zbekiston oltin sotish bo‘yicha yana yetakchiga aylandi

O‘zbekiston iyul-sentyabr oylarida 35 tonna oltin sotib, bu borada dunyoda yetakchiga aylandi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinni Turkiya egallab turibdi.

Oltin-valyuta zaxiralari ikkinchi oy ketma-ket kamaydi
20 oktabr 2020, 17:05

Oltin-valyuta zaxiralari ikkinchi oy ketma-ket kamaydi

O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari ikkinchi oy ketma-ket kamayib, hozirda 33,4 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Agar avgust oyida zaxiradagi pasayish oltinni sotish bilan bog‘liq bo‘lsa, hozirda bu asosan valyutaga bog‘liq.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting