O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 1 may holatiga ko‘ra 34,1 mlrd dollarni tashkil qildi, deya ma’lumot bermoqda Markaziy bank. Bu aprel oyiga nisbatan 1,5 mlrd dollarga ko‘pdir.

Eslatib o‘tamiz, 1 aprel holatiga ko‘ra O‘zbekistonning sof xalqaro oltin-valyuta zaxiralari 32,6 mlrd dollarni tashkil etgan edi.

Zaxiralar yanvar oyidan beri birinchi marta o‘sishga erishdi. Bunga asosiy sabab oltin narxining tushishdan to‘xtagani bo‘ldi.

Zaxiradagi oltinlarning umumiy miqdori esa 9,5 tonnaga oshib, 11,2 mln unsiyadan — 11,7 millionga yetdi.

Ma’lumot uchun, zaxiralar mamlakat uchun «xavfsizlik yostig‘i» hisoblanadi va ular tashqi ta’sirlarga qarshi bufer vazifasini bajarib beradi. Amaldagi zaxiralar 20 oydan ortiq importni moliyalashtirish uchun yetarli bo‘lib, bu rivojlanayotgan mamlakatlar uchun xalqaro tashkilotlar tomonidan tavsiya etilgan ko‘rsatkichdan ancha yuqori.