O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2023 yil yanvar oyida 5,04 mlrd dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,5 mlrd dollarga yoki 42 foizga o‘sdi. Bu haqda prezident huzuridagi Statistika agentligi hisobotida aytiladi.

Eksport 45,1 foizga — 2,08 mlrd gacha, import — 2,96 mlrd ga (+39,8 foiz) o‘sdi. Tashqi savdo taqchilligi 876,9 mln dollardan oshdi, bu 2022 yil yanvariga nisbatan 49,7 foizga ko‘p (-585,6 mln dollar). Oltin eksport qilinmaganida, bundan ham ko‘proq bo‘lardi.

Xususan, yangi yilning birinchi oyida O‘zbekiston 1,18 mlrd dollarlik oltin sotdi, bu 2021 yilning yanvariga (586,6 mln dollar) nisbatan ikki barobar ko‘pdir. Ushbu qimmatbaho metall mamlakat jami eksportining yarmidan ko‘pini (56,8%) tashkil qildi.

Yetkazib berish 316,2 mln dollardan 273,3 mln dollargacha qisqarishi sharoitida sanoat mahsulotlarining eksportdagi ulushi 22 foizdan 13,1 foizga kamaydi.

Oltinni hisobga olmaganda, eksport bor-yo‘g‘i 6,2 foizga o‘sib, 900,8 mln dollarni tashkil etdi (2022 yil yanvarida o‘sish 22 foizni tashkil etdi). Sabzavot va meva sotish hajmi 62,6 mln dollar (+13,7 foiz), don mahsulotlari — 41,5 mln dollar (+65,5 foiz), neft va neft mahsulotlari — 11,3 mln dollar (2,7 baravar), noorganik kimyo mahsulotlari — 36,9 mln dollar (11 baravar), kiyim-kechak — 67 mln dollar (+18,3 foiz), kanselyariya mashinalari va ma’lumotlarni avtomatik qayta ishlash uskunalari (49,1 marta) savdosi oshdi.

Shu bilan birga, to‘qimachilik mahsulotlari yetkazib berish 10,5 foizga — 218,7 mln dollarga, gaz — 3,7 mln dollarga (-86,1 foiz), o‘g‘itlar yetkazib berish — 9,2 foizga (-44,2 foiz) kamaygan. Avvalroq, yanvar oyida anomal sovuq tufayli O‘zbekistonda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sezilarli darajada qisqargani haqida xabar bergan edik.

Importga kelsak, oziq-ovqat yetkazib berish yuqori darajada qolmoqda: don va undan tayyorlangan mahsulotlar — 115,5 mln dollar (+71,8 foiz), shakar, shakar mahsulotlari va asal — 52,1 mln dollar (+26,5 foiz), sabzavot va mevalar — 28,5 mln dollar (+15,9 foiz).

Neft va neft mahsulotlari importi ham — 135,1 mln dollar (+71,6 foiz), ko‘mir, koks va briketlar — 13,2 mln dollar (+65,7 foiz) oshdi.

Mamlakatga «boshqa transport uskunalari»ni yetkazib berish 352 baravarga oshgan — 634,1 mln dollargacha. Bu 633,1 mln dollarga 13 ta samolyot import qilingani bilan bog‘liq.

oltin, oltin сотуви, tashqi savdo aylanmasi, eksport-import

O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari qatorida Rossiyaga eksport hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20 foizga oshdi. Xitoyga eksport o‘tgan oylardagi kabi pasayishda davom etmoqda.

Germaniya yanvar oyida 421,7 mln dollarlik 6 ta samolyot importi hisobiga asosiy savdo sheriklari qatoriga kirdi.

Qozog‘iston va Turkiyaga eksport mos ravishda 8 va 11 foizga kamaydi. Qirg‘izistonga yetkazib berish ham 17,1 foizga kamaydi, Afg‘oniston va Tojikistonga eksport o‘sish sur’atlari pastligicha qolmoqda.