1 oktyabrga kelib O‘zbekistonning yalpi valyuta zaxiralari hajmi o‘tgan oyga nisbatan 1,15 mlrd dollarga kamayib, 33,4 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumot berdi.

Sof oltin-valyuta zaxiralari (yalpi zaxira va valyutada erkin konvertatsiya qilinadigan majburiyatlar o‘rtasidagi farq) ham 1,14 mlrd dollarga kamayib, 32,7 mlrd dollarga yetdi.

Aprel oyidan boshlab Markaziy bank chet el valyutasida ham, oltin ko‘rinishida ham zaxiralarni shakllantirmoqda, ammo avgust oyida oltin sotilishi sababli (oltin narxi o‘zining tarixiy rekordini yangilagan paytda) zaxiralar diversifikatsiyasi yuz berdi.

Agar o‘tgan oy oltin zaxiralari qariyb 2 mlrd dollarga kamaygan bo‘lsa, sentyabr oyida chet el valyutasidagi zaxiralar ko‘proq darajada, ya’ni 952,1 mln dollarga kamaydi. Oltin zaxiralari mutlaq ma’noda 201,8 mln dollarga kamayib, 18,6 mlrd dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, sof million troya unsiyasidagi hajm o‘tgan oyga nisbatan 9,6 dan 9,9 gacha o‘sdi.

Avvalroq xabar berilganidek, yil boshidan buyon O‘zbekiston oltin eksportini rekord darajadagi 5,8 milliard dollarga oshirdi, shundan 2,5 milliard dollar (43,1 foiz) faqat avgust oyiga to‘g‘ri keldi.

Eslatib o‘tamiz, 9 oy davomida so‘m 8,6 foizga qadrsizlandi, ammo Markaziy bank yil oxiriga qadar valyuta kursining keskin o‘zgarishi ehtimolini past deb hisoblaydi. Intervensiyalar uchun regulyator 300 million dollarlik valyuta zaxirasiga ega bo‘lib, uni chet el valyutasiga talab sezilarli darajada oshgan taqdirda ishlatishi mumkin.